• 3. Shaxsning irodaviy sifatlari rivojlanishi.
  • Reja: Shaxsning irodaviy sifatlari. Ularning klassifikatsiyasi. Irodaviy




    Download 19,34 Kb.
    Sana15.01.2024
    Hajmi19,34 Kb.
    #137455
    Bog'liq
    4.shaxsning irodaviy sifatlari


    MAVZU: SHAXSNING IRODAVIY SIFATLARI
    REJA:
    1. Shaxsning irodaviy sifatlari. Ularning klassifikatsiyasi. Irodaviy
    sifatlarning tuzilishi. Ixtiyoriy reaksiyalarning kelib chiqishi.
    2. Irodaviy xulq-atvorning ontogenetik xususiyatlari.
    3. Shaxsning irodaviy sifatlari rivojlanishi.

    MOTIVLAR KURASHI - qaror qabul qilish bilan bog‘liq irodaviy harakatlar bosqichi


    IRODAVIY ZO‘R BERISH - irodaviy xarakatlarning sub’ektiv komponenti bo‘lib,
    kuchli kechinmalarni kechinishi.
    IRODA - psixik aks ettirish jarayonlaridan bo‘lib, bu tashqi yoki ichki to‘siqlarni yengish
    bilan bog‘liq harakatlarni tanlash qobiliyatida namoyon bo‘ladi.
    IMPULSIV HARAKATLAR - ixtiyorsiz bajariladigan va ong bilan yetarli darajada
    nazorat qilinmaydigan ish harakatlar.
    QAROR QABUL QILISH - masalani hal qilish, yechish variantlaridan, usullaridan
    birini tanlash.
    IRODA KUCHI - maqsadga erishish irodaviy zo‘r berishning zaruriy darajasi (qatiylik,
    uddaburonlik va h.k.)
    Shaxsning irodaviy sifatlari.Ularning klassifikatsiyasi. Irodaviy sifatlarning
    tuzilishi. Ixtiyoriy reaksiyalarning kelib chiqishi.
    Kishining irodaviy sifatlari ya'ni iroda kuchi, mustaqilligi jihatidan ayrim
    hollarda turlicha namoyon bo’ladi. Irodaviy sifatlarning klassifikasiyasi sxema
    tarzida quyidagicha ifodalanadi.

    Har bir kishida irodaning ayrim sifatlari umr bo’yi mustahkamlanib, shu


    odamning xususiy sifatlari (ya'ni doimiy xislatlari) bo’lib qolishi mumkin.
    Shaxsning bu o’ziga xos xususiyatlari xarakter xislatlari deb ataladi. Har bir
    kishidagi biron bir irodaviy sifatlarning har qanday namoyon bo’lishi shu kishi
    xarakterining xislati bo’lavermaydi.
    Ayrim hollarda hatto tasodifiy ravishda kishi kuchli iroda ko’rsatishi mumkin,
    ayrim hollarda mazkur kishining irodasi, umuman kuchli iroda kuchi shu kishi
    xarakterining xislati ekanligidan dalolat beravermaydi. Bu kishining irodasi kuchli
    deb aytish uchun uning iroda kuchini bir marta emas, bir necha marotaba namoyon
    qilganini bilmoq kerak.
    Kishining xarakterini ta'riflaganimizda falon kishi dadillik qildi, rost gapirdi
    demasdan, balki bu odam dadil, rostgo’y, to’g’riso’z deb ataymiz. Buning ma'nosi
    shuki dadillik va rostgo’ylik, to’g’riso’zlik shu odamning xususiyatlaridir, xarakter
    xislatlaridir, tegishli sharoitda bu kishi dadillik, rostgo’ylik, to’g’riso’zlik
    xislatlariga ega ekanligini namoyon qildi deb aytamiz. Kishi xarakterini,
    xislatlarini bilib olgach, uning biron ish-harakatda qanday yo’l tutishini ancha aniq
    bilib olamiz, oldindan aytib bera olamiz.
    Intizomlilik
    Irodaviy sifatlar
    Maqsadga intiluvchanlik
    Tashabbuskorlik
    Dadillik
    Qat'iyatlik
    Printsipiallik
    Mustaqillik
    O'zini tuta bilish
    Matonatlilik
    Iroda kuchi va xarakter qat'iyati. Iroda ma'lum kuch bilan yuzaga chiqadi:
    ba'zi hollarda kishining irodasi kuchli sur'atda namoyon bo’lsa, boshqa hollarda
    kuchsiz namoyon bo’ladi.
    Iroda kuchi irodaning muhim sifatidir. Iroda kuchining turli darajasi
    irodaviy jarayonning hamma bosqichlarida ko’rinadi. Iroda kuchi avvalo
    ehtiyojlarni his qilishda va intilishda ko’rinadi, biz kuchli hamda kuchsiz
    intilishlarni, kuchli hamda kuchsiz hohishlarni farq qilamiz.
    Iroda kuchi ravshan va aniq maqsad qo’yishda, shuningdek mazkur maqsadga
    yetishishga yordam beradigan yo’l, vosita va usullarni ochiq tasavvur qilishda
    namoyon bo’ladi. Bu ochiq ravshanlik darajasi esa kishining turmush tajribasiga,
    bilimiga va umumiy saviyasiga bog’liq. Aniq maqsad qo’yishda inson tafakkuri va
    ayniqsa real xayollar (fantaziya)ning taraqqiy etishi xususiyatlari katta rol'
    o’ynaydi.
    Iroda kuchi tezlik bilan qarorga kela olishda va qarorni mustahkamligida,
    sabotlilikda ko’rinadi. Yuksak g’oyaviy tamoyillarga asoslangan oqilona qat'iyatlik
    va sabotlik kuchli iroda belgilaridandir. Qat'iyatsizlik ikkilanish, qabul qilingan
    qarorning bajarilishiga shubha bilan qarash va sabotsizlik kuchsiz iroda
    belgilaridandir.
    Iroda kuchi jasorat deb ataladigan dadillikda ayniqsa ravshan ko’rinadi.
    Jasorat kishining shunday holatiki, bunda kishi tez qarorga keladi va uni bajarishga
    ahd qiladi. Hatto salomatligini va hayotini xavf ostida qoldirishi mumkinligi
    hayoliga ham kelmaydi. Jasorat kishining boshqa kishilarga emas, balki o’ziga
    bergan amridir. Kishi axloqiy burchining talabiga ko’ra, buyuk maqsadga erishish
    uchun bir zumda hayot bilan o’limdan birini tanlab olsa, bunday jasorat iroda kuchi
    ekanligini ko’rsatadi.
    Jasorat shunday qarorki, u go’yo ish-harakatga aylanadi. Bu ish-harakat esa
    kuchli zo’r berishni talab qiladi. Xarakter xislati bo’lgan dadillikda odamning
    qanchalik puxta o’ylab ish ko’rishiga qarab, bu dadillik maxsus tusga kiradi.
    Puxta o’ylab ish ko’rishni o’zi yuksak g’oyaviylikka va kishining axloqiy
    tamoyillariga asoslangan taqdirda ijobiy xislat hisoblanadi. O’ylab, shoshmasdan
    bir qarorga keladigan kishilarni mulohazakor kishilar deb ataymiz.
    Odatda o’zgaruvchan ayrim hislar kayfiyatlar ta'sirida tez bir qarorga
    keladigan xarakterli, dadil kishilar ham mavjud. Bular hissiyotga beriladigan
    tasodifiy kayfiyatli kishilardir. Bunday kishilar odatda sabotsizligi, shoshmashosharligi va kalta o’ylashi bilan ajralib turadilar. Kishi uncha ikkilanmasdan
    o’ylab, e'tibor bilan to’g’ri bir qarorga kelsa va shu qarorni dadil amalga oshira
    bilsa, dadillik xarakterning ijobiy xislati bo’ladi.
    Download 19,34 Kb.




    Download 19,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Shaxsning irodaviy sifatlari. Ularning klassifikatsiyasi. Irodaviy

    Download 19,34 Kb.