• ToshkenT 2024
  • Amaliy ish guruh: -bosqich 410-22 Topshirdi




    Download 0,72 Mb.
    Sana19.05.2024
    Hajmi0,72 Mb.
    #244191
    Bog'liq
    KT4Amaliy


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI



    Kafedra: Telekommunikatsiya Texnologiyalari
    Mutaxassislik: Telekommunikatsiya
    Fan: Kompyuterni tashkillashtirish

    Amaliy ish 4

    Guruh: 2 -bosqich 410-22
    Topshirdi: Murodilov Saidraxim
    Tekshirdi: Nuratdinova Qumarxan


    ToshkenT 2024



    BUYRUQLAR TIZIMINING ARXITEKTURASI. ASSEMBLER TILINING ASOSIY OPERATORLARI BILAN


    TANISHISH

    Nazariy ma’lumot


    Hozirgi paytda amaliyotda mantiqiy sxemalarni qurishda alohida-alohida ventillarni birlashtirgan modullardan iborat standart «qurilish» bloklaridan foydalaniladi. Ushbu qismda biz ana shunday standart bloklarni, ularni alohida-alohida ventillar yordamida qanday hosil qilishni va qanday qo‘llanilishini ko‘rib chiqamiz. Bunday qurilish bloklarining, ya’ni asosiy raqamli mantiqiy sxemalarning - kombinator va arifmetik sxemalar deb nomlanadigan xillari mavjud.
    1.Kombinator sxemalar yoki kombinatsion sxemalar:
    - multipleksorlar;
    - dekoderlar;
    - komparatorlar;
    - dasturlanadigan mantiqiy matritsalar.
    2.Arifmetik sxemalar:
    - siljitish sxemalari;
    - jamlagichlar;
    - arifmetik-mantiqiy qurilmalar.
    Asosiy mantiqiy sxemalar – integral sxemalar yoki mikrosxemalar
    degan umumiy nom bilan ham ataladilar. Integral sxema o‘lchamlari
    tahminan 5x5 mm (2x2 mm) ega kvadrat shaklidagi kremniy bo‘lagidan
    iborat bo‘ladi. Bunday bo‘laklarga kamida 1 tadan 10 tagacha ventillar
    joylashtirilishi mumkin bo‘ladi va ular kichik integral sxemalar deb ataladi.
    Kichik integral sxemalar odatda kengligi 5-15 mm, uzunligi esa 20-
    50 mm ga teng bo‘lgan to‘g‘ri burchakli plastik yoki keramik korpuslarga
    joylashtirilgan bo‘ladi. Bunday mikrosxemalarning uzun tomonlarida,
    orasidagi masofa 2 mm (1 mm) ga yaqin qilib ishlangan chiqish
    oyoqchalariga ega bo‘ladi. Ushbu oyoqchalar yordamida integral sxema
    raz’yomga yoki bosma plataga o‘rnatiladi. Har bir chiqish oyoqchalari
    qaysidir ventilning kirishi yoki chiqishiga, ta’minot manbaiga yoki «erga» ulangan bo‘ladi. Tashqi qismida ikki qatorli chiqish oyoqchalariga ega bo‘lgan integral sxemalar rasmiy tarzda chiqishlari ikki qator qilib
    joylashtirilgan korpus (Dual Inline Package, DIP) yoki mikrosxema deb
    ataladi. Ko‘pincha korpuslar 14, 16, 18, 22, 24, 28, 40, 64 yoki 68 ta chiqishlarga ega bo‘ladi. Katta mikrosxemalar uchun esa chiqishlari
    to‘rttala tomonida yoki tagida joylashgan korpuslardan foydalaniladi (1.24-rasm).

    Tarkibida bor bo‘lgan ventillar soni nuqtai nazaridan
    mikrosxemalarni, bir nechta sinflarga ajratish mumkin. Hozirda ham
    mikrosxemalarni shu tarzda sinflarga ajratib o‘rganish foydadan holi
    bo‘lmaydi va to‘g‘ri xisoblanadi. Negaki ular turli xil xususiyatlarga ega
    bo‘lib, turli xil maqsadlarda qo‘llanilishlari mumkin:
    1.Kichik integral sxemalar – tarkibida 1 tadan 10 tagacha ventillar
    bo‘lgan mikrosxemalar.
    2.O‘rta integral sxemalar – tarkibida 10 tadan 100 tagacha ventillar
    bo‘lgan mikrosxemalar.
    3.Katta integral sxemalar – tarkibida 100 tadan 100 000 tagacha ventillar
    bo‘lgan mikrosxemalar.
    4.O‘ta katta integral sxemalar – tarkibida 100 000 tadan ortiq ventillar
    bo‘lgan mikrosxemalar.
    Odatda kichik integral sxema ikkitadan oltitagacha, alohida-alohida
    foydalanilishi mumkin bo‘lgan, o‘zaro bog‘lanmagan ventillardan iborat
    bo‘ladi. 1.25-rasmda tarkibida to‘rtta ventil bo‘lgan kichik integral sxema
    keltirilgan.
    Ushbu mikrosxemaning 12-ta chiqish oyoqchalari, uning tarkibidagi
    ventillarning kirish va chiqish signallari uchun mo‘ljallangan.
    Mikrosxemaning 7-nchi chiqish oyoqchasi uni «erga» ulash uchun, 14-inchi chiqish oyoqchasi esa unga beriladigan kuchlanish manbai uchun
    ajratilgan. Rasmdagi mikrosxemaning chap tomonida ko‘rsatilgan botiqlik
    esa, undan o‘ng tomonda mikrosxemaning 1-inchi chiqish oyoqchasi
    joylashganligini anglatadi. Mikrosxemaning qolgan oyoqchalarining
    raqamlanishi, rasmda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshirilgan. O‘rta, katta
    va o‘ta katta mikrosxemalarda ham, ularning chiqish oyoqchalarining
    raqamlanishi ana shu tartibda amalga oshiriladi.

    Raqamli mantiqni qollashda, kop hollarda bir nechta kirish va bir
    nechta chiqishlarga ega bolgan, chiqishdagi signallarining qiymatlari,
    osha paytdagi ularning kirishlariga berilgan signallarning qiymatlari
    asosida aniqlanadigan sxemalardan foydalaniladi. Bunday sxemalar
    kombinator yoki kombinatsion sxemalar deb ataladi. 1.4 paragrafda 1.22-
    rasmda keltirilgan haqiqat jadvalini amalga oshiradigan sxema
    kombinator sxemaga misol bola oladi.
    Keyingi rasmlarda asosiy mantiqiy sxemalar hisoblangan –
    kombinator va arifmetik sxemalarga misollar keltirilgan. Ushbu misollarni keltirib o‘tishdan maqsad, ularni qanday qurilganliklarini ko‘rish bilan, kompyuter tarkibiga kirgan qurilmalar va umuman kompyuterning qay darajada murakkab ekanligini tushuntirishdir. Asosiy mantiqiy sxemalar - qanday ventillardan iborat ekanligi va ularni soni qancha ekanligini, ushbu ventillar tarkibida qanchadan tranzistorlar borligini tasavvur qilish bilan zamonaviy kompyuter qay darajada murakkab tuzilishga ega ekanligini tushunish mumkin.




    Amaliy qism


    Variant raqami

    13

    a = 0D b =D2

    a = 0D b =D2

    a = 0D b =D2

    a = 0D b =D2

    Beriqgan qiymatlar 16lik sanoq sistemasida berilgan. Avval uni 2lik sanoq tizimga o’tkazish kerak.



    2lik

    16lik

    0000

    0

    0001

    1

    0010

    2

    0011

    3

    0100

    4

    0101

    5

    0110

    6

    0111

    7

    1000

    8

    1001

    9

    1010

    A

    1011

    B

    1100

    C

    1101

    D

    1110

    E

    1111

    F

    a = 0D = 00001101


    b = D2 = 11010010

    Assamblerda bajariladigan matematik operatsiyalar




    Buyruq

    Harakat

    Operatsiya

    Nomlanishi

    ADD B

    «+»

    𝐴 + 𝐵

    Plyus

    SUB B

    «─»

    𝐴 − 𝐵

    Minus

    ANA B

    «𝗍»

    𝐴 𝗍 𝐵

    Mantiqiy VA

    ORA B

    «↓»

    𝐴 ↓ 𝐵

    Mantiqiy YOKI

    a+b = 00001101 + 11010010 = 11011111 = DF


    a – b = 00001101 – 11010010 = 0000000 = 00


    Amaliy ishni bajarish uchun na’munaviy dastur



    Manzil

    Mnemokod

    Kod

    Izoh

    0000

    MVI B

    06

    B←05

    0001

    DCR B

    05

    B Registrga Yuklangan qiymat

    0002

    MVI A, d8

    3E

    A←02

    0003

    STAX

    02

    А ga yuklangan qiymat

    0004

    SUB B

    90

    A ← A-B

    0005

    STA adr

    32

    0900 ← A

    0006

    NOP

    00

    Natijani yozishingiz kerak bo‘lgan STA manzilidan keyin keyingi 2
    baytga yozing

    0007

    09

    DAD B

    0008

    HLT

    76

    Dasturni to‘xtatish






    Download 0,72 Mb.




    Download 0,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy ish guruh: -bosqich 410-22 Topshirdi

    Download 0,72 Mb.