|
Amaliy ish. Kiberbullinga qarshi kurashish usullari
|
bet | 1/2 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 79,39 Kb. | | #241782 |
Bog'liq 1715515751 (1)
10-AMALIY ISH.
KIBERBULLINGA QARSHI KURASHISH USULLARI.
Ishdan maqsad: Kiberbulling - bu raqamli texnologiyalardan foydalangan holda shaxslarni qo‘rqitish jarayoni. Bu ijtimoiy tarmoqlarda, xabar almashish, o‘yin platformalarida va mobil telefonlarda sodir bo‘lishi mumkin. Kiberbulling foydalanuvchilarni qo‘rqitish, g‘azablantirish yoki sharmanda qilish uchun mo‘ljallangan takrorlanuvchi xatti-harakatlar majmuidir. Bunga quidagi misollar kiradi:
ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on ma’lumot yoki kimningdir sharmandali suratlari bo‘lgan postlarni tarqatish;
xabar almashish platformalari orqali zararli xabarlar yoki tahdidlarni yuborish;
kimgadir taqlid qilish va ularning nomidan yoki soxta akkauntlar orqali boshqalarga haqoratomuz xabarlar yuborish.
Ochiq zo‘ravonlik va kiberbulling ko‘pincha bir vaqtning o‘zida sodir bo‘lishi mumkin. Ammo kiberbullying raqamli iz qoldiradi - bu yozuv foydali bo‘lishi va qo‘rqitishni to‘xtatishga yordam beradigan dalillarni taqdim etishi mumkin.
Internetdagi tajovuzkor, salbiy, atayin gij-gijlash mazmunidagi sharhlar kiberbullingning ko‘rinishlaridir . Ehtimol, hozir ijtimoiy mediada u yoki bu tarzda trolling bilan to‘qnash kelmagan bironta odam bo‘lmasa kerak.
Kiberbulling – bu internetda ongni zaharlash. Odatda bu elektron pochta yoki onlayn suhbat shaklida surat va videokliplardan foydalangan holda matnli xabar jo‘natish, qo‘ng‘iroq qilish orqali sodir etiladi. Statistikaga ko‘ra, bunday hujum holatlarining aksariyati ijtimoiy tarmoqlarda sodir etiladi. Umuman olganda, kiberbulling tamoyili oflayn ta’sir o‘tkazish shakliga o‘xshaydi, ammo u psixologik jihatdan jabrlanuvchi ko‘proq azob chekishi tufayli yanada xavfli hisoblanadi.
Kiberbulling yuzasidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra:
so‘ralganlarning 70%i internet ma’lumotini hech qachon kimgadir ziyon yetkazish uchun ishlatmagan;
80%i hech qachon o‘z tanishlarining nojoiz fotosuratlarini e’lon qilmagan yoki tarqatmagan;
87% hech qachon tarmoqda boshqa odamlar haqida yolg‘on tarqatmagan;
61.5% hech qachon onlayn tarzda boshqa birovni xafa qilmagan.
Kiberbulling (kiberhujum) – bu Internet texnologiyalaridan foydalangan holda ta’qib qilishning bir shakli. Uning namoyon bo‘lish shakllari har xil – haqorat, shantaj, tahdidlar, tuhmat, ta’qib va hokazolar. Kiberbullingga sabab bo‘luvchi omillar zamirida ko‘pincha uning tashabbuskorining psixologik muammolari (qo‘rquvlar, voqea-hodisalar kompleksi, psixologik jarohat) yotadi. Kiberbulling jabrlanuvchisiga ta’sir o‘tkazish uchun buzg‘unchi ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta, messenjerlar va boshqa onlayn platformalardan foydalanadilar, chunki bu vositalar orqali har qanday ma’lumot yashin tezligida tarqaladi. Kompyuter yoki telefonning tugmasini bitta bossa bo‘ldi – haqoratomuz va badnom qiluvchi sharmandali fotosuratlar, video tasvirlar, masxaralovchi rasmlar, turli mish-mishlar juda katta auditoriyaga yetib boradi. Internet va mobil telefonlardan foydalangan holda, kiber tajovuzkorlar o‘z jabrdiydalarini tunu kun qo‘rquvda ushlab turib, ularga o‘z hayotlarini to‘liq nazorat qilish illyuziyasini yaratib berishlari mumkin. Ikkita asosiy xususiyat kiberbullingni aniqlash imkonini beradi.
Muddatli davom etish. Tizimli ravishda takrorlanadigan harakatlar.
Aniq belgilangan tomonlarning mavjudligi.
Kiberbulling jarayonida har doim tajovuzkor va jabrlanuvchi mavjud bo‘ladi. Virtual dunyoda tajovuzkorni aniqlash qiyin bo‘lishi mumkin. U o‘zini osongina yashirgan holda ko‘plab akkauntlarni yarata oladi. Bu kiberhujumchi kimligini tanib olishni qiyinlashtiradi. Shuningdek, tajovuzkorning ko‘pincha sheriklari ham bo‘ladi.
|
| |