• Somatik buzilish.
  • Nazorat savollari
  • Amaliy ish. Kiberbullinga qarshi kurashish usullari




    Download 79,39 Kb.
    bet2/2
    Sana18.05.2024
    Hajmi79,39 Kb.
    #241782
    1   2
    Bog'liq
    1715515751 (1)

    Psixologik buzilish. Kiberbulling jabrlanuvchilari, ayniqsa, o‘smirlar haqida gap ketganida, ular ko‘pincha yakkalanib qolishadi, o‘zlariga nisbatan ishonchlari pasayadi, o‘zlarini namoyon qilish bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi, tashvishlanish va xavotirlanish kabi depressiv holatlar darajasi ortib ketadi va o‘z joniga qasd qilish fikrlari/urinishlari paydo bo‘ladi. Shaxs doimiy stressda, faqat salbiy his-tuyg‘ularni boshidan kechiradi va ba’zida jabrlanuvchi roliga juda odatlanib qoladi. Somatik buzilish. Salbiy his-tuyg‘ular va qo‘rquv iskanjasida surunkali uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, ishtaha yo‘qolishi kabi psixosomatik kasalliklar paydo bo‘lishi mumkin. Kiberbulling yosh xususiyatlariga ko‘ra, o‘smirlarga ko‘proq ta’sir qiladi, ammo bundan ko‘pincha kattalar jabr ko‘rishadi. Birinchi o‘rinda, yuzaga kelgan holatda hech qachon o‘zingizni ayblamang. Ta’qib hech qanday sababga muhtoj emas va bu ta’qib qiluvchilarning vijdoniga to‘la bog‘liqdir. Hech kim kiberbullingga loyiq emas, bu qilmishni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi.
    Ko‘pgina ijtimoiy tarmoqlarda ta’qiblardan himoyalanish funksiyalari mavjud. Misol uchun, facebookda bullingga qarshi butun bir bo‘lim (“abuse team” deb ataladi) doimiy shug‘ullanadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z akkauntlaringizning maxfiylik sozlamalarini kuzatib boring. Sizga xabar yozadigan shaxslar doirasini cheklab qo‘yishingiz mumkin. Agar sizdan provokatsion fotosuratlar so‘ralsa, ehtiyot bo‘ling. Keyinchalik, ular o‘zingizga qarshi ishlatilishi mumkin. Agar ta’qib boshlangan bo‘lsa, tajovuzkorga javob bermang, evaziga unga tahdid qilmang, uni adolatli bo‘lishga chaqirmang. Yodingizda tuting, nima desangiz ham, bari sizning zararingizga ishlaydi. Bu vaziyatda eng ma’quli – e’tiborsizlik. Tajovuzkor bilan aloqa qilmang, yaxshisi uni ijtimoiy tarmoqlarning qora ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ying. Sahifangizni yopiq qiling, sizga do‘stlik taklifi yuborganlarni diqqat bilan o‘rganing va fotoalbomingizni tozalab turing.
    Stress bilan kurashing. Bunda yengil jismoniy faollik sizga qo‘l keladi: yurish yoki yugurish mashqlari. Istisno tariqasida, telefoningizni uyda “unutib” qoldiring. Sport bilan yoki o‘zingiz yoqtirgan mashg‘ulot (xobbi) bilan shug‘ullaning. O‘z his-tuyg‘ularingizni inkor qilmang. Ta’qibga javoban g‘azab-nafrat, sarosima yoki xafagarchilik mutlaqo me’yoriy holdir.
    O‘z muammolaringizni o‘rtoqlashing. Jim yurmang, oilangiz va do‘stlaringiz bilan dardlashing, tajovuzkorning kiberhujumlari haqida ularga aytib bering. Psixologik yordam ko‘rsatuvchi har qanday “Ishonch telefoni”ga ham qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
    Ijtimoiy tarmoqlardan bir muddat chiqib ketishingiz mumkin. Agar buni ta’qib paytida qilsangiz, sizda yoqimli ishlaringiz bilan shug‘ullanishingiz uchun bo‘sh vaqt bo‘ladi va tajovuzkorlarning ham hafsalasi pir bo‘lib, tinchib ketishadi yoki boshqalarga o‘tishadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaringizda hech qachon ro‘yxatdan o‘tish manzilini ko‘rsatmang va geolokatsiyani qo‘ymang. Siz haqingizda ma’lumot qancha kam bo‘lsa, ta’qiblarning sabablari ham shuncha kamroq bo‘ladi.Onlayn xatti-harakatlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qiling. Shubhali havolalarga kirmang, notanish shaxslar bilan muloqot qilmang, ijtimoiy tarmoqlardagi har bir akkauntingiz uchun murakkab noyob parollarni o‘rnating, shubhali fayllarni yuklab olmang shunda o‘zingizni va yaqinlaringizni kiberbullingdan himoya qila olasiz.
    Topshiriq:

    1. Amaliy ishning ketma-ketligi bilan tanishing;

    2. Amaliy ish bo'yicha tahlil o‘tkazing va hisobot tayyorlang.

    3. Kiberbullingni aniqlash usullarining qiyosiy tahlilini o’tkazing .

    4. Kiberbulling jarayonlarini amalga oshirishning asosiy maqsadi tahlil qiling.

    Nazorat savollari:

    1. Kiberbulling nima?

    2. Kiberbullingni qanday aniqlash mumkin?

    3. Kiberbulling qanday xavflarni olib keladi?

    4. Agar siz internet-ta’qib jabrlanuvchisiga aylansangiz nima qilish kerak?

    Download 79,39 Kb.
    1   2




    Download 79,39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy ish. Kiberbullinga qarshi kurashish usullari

    Download 79,39 Kb.