Akkreditatsiya sohasini rivojlantirish taraqqiyoti omillari




Download 22,12 Kb.
bet1/4
Sana11.12.2023
Hajmi22,12 Kb.
#115793
  1   2   3   4
Bog'liq
Akkreditatsiya sohasini rivojlantirish taraqqiyoti omillari.


Akkreditatsiya sohasini rivojlantirish taraqqiyoti omillari.
Akkreditatsiya- muvofiqlikni tasdiqlash organiga rasmiy hujjat shaklida berilgan va muvofiqlikni baholash boʻyicha aniq vazifalarni bajarish vakolatini rasmiy tan olish uchun xizmat qiladigan uchinchi, mustaqil tomon tomonidan muvofiqlikni tasdiqlashni anglatadi.Akkreditatsiya - bu davlat tomonidan vakolatli organ mamlakat ichida va xalqaro miqyosda tashkilot muvofiqlikni baholashda muayyan vazifalarni bajarish uchun qobiliyat va manbalarga ega ekanligi rasmiy tan olinishini taʻminlaydigan jarayon. Akkreditatsiya 50 yildan ortiq vaqt davomida tashkilotlarni baholashning aniq vositasi sifatida ishlatilgan va hozirda dunyoning barcha yirik iqtisodiyotlari va ko'plab rivojlanayotgan iqtisodiyotlari tomonidan qo'llaniladi.Muvofiqlikni baholash deganda muvofiqlikni baholash organlarining tehnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash boʻyicha faoliyat tushuniladi.Ushbu talablar ISO (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti) kabi tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro standartlarda keltirilgan.Muvofiqlikni baholash bilan shugʻullanadigan tashkilotlar muvofiqlikni baholash organlari deb nomlanadi.Muvofiqlikni baholash boʻyicha muvaffaqiyatli faoliyat faqat muvofiqlikni baholashda ishtirok etuvchilarning yuqori malakasi va ularning bir-biriga boʻlgan ishonchlari bilan amalga oshiriladi.Bunday ishonch akkreditatsiya orqali taʻminlanishi kerak!
Buning uchun akkreditatsiya paytida asosiy qoidalarga rioya qilish kerak:

Akkreditatsiya obyektining joyida baholanishi yakunlanganidan so‘ng akkreditatsiya obyekti Markazga akkreditatsiya sohasi loyihasining yakuniy tahririning elektron versiyasini (Word format) jo‘natadi. Ushbu akkreditatsiya sohasining qog‘oz varianti baholash guruhi a’zolari va akkreditatsiya obyekti vakili tomonidan har bir betning teskari tomoniga imzolar qo‘yish bilan va akkreditatsiya obyekti muhri bilan uning hujjatlari to‘plamida saqlab qolinishi maqsadida tasdiqlanadi va bu hujjatlar to‘plami Markazda saqlanadi. Markaz akkreditatsiya komissiyasining mos qaroriga binoan akkreditatsiya sohasining elektron versiyasi arizachilar bilan ishlash bo‘limining javobgar shaxsi (zaruriyat bo‘lganida ushbu akkreditatsiya obyektining akkreditatsiya jarayoni uchun javobgar shaxsi ishtirokida) tomonidan Markazning veb-saytiga joylashtiriladi va bir vaqtning o‘zida davlat reyestriga kiritiladi. Markazning akkreditatsiya komissiyasi akkreditatsiya sohasini qisqartirish orqali obyektni akkreditatiyalash qarorini qabul qilsa, Markazning arizachilar bilan ishlash bo‘limining javobgar shaxsi akkreditatsiya obyekti tomonidan taqdim etilgan akkreditatsiya sohasi loyihasiga akkreditatsiya komissiyasining ushbu qarorini hisobga oluvchi mos o’zgartirishlar kiritadi va ushbu akkreditatsiya sohasining yakuniy elektron versiyasini Markaz vebsaytiga joylashtiradi. Akkreditatsiya sohasining elektron versiyasi akkreditatsiya guvohnomasining ajralmas qismi bo’lib, u Markazning elektron bazasida saqlanadi. Akkreditatsiya obyekti Markazga o‘z akkreditatsiya sohasining qog‘oz versiyasini berilishini so‘rab yozma murojaat qilgan taqdirida Markazning arizachilar bilan ishlash bo‘limining javobgar shaxsi akkreditatsiya sohasini rangli formatda chop etadi. Markazning arizachilar bilan ishlash Bo‘limining javobgar shaxsi ushbu akkreditatsiya sohasining har bir varog‘ining teskari tomoniga “Nusha haqqoniy” degan yozuvni qo’yib chiqadi va Markazning “Hujjatlar uchun” muhrini bosadi.

Download 22,12 Kb.
  1   2   3   4




Download 22,12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Akkreditatsiya sohasini rivojlantirish taraqqiyoti omillari

Download 22,12 Kb.