• O’zbekiston akkreditatsiya markazining ustuvor vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari
  • Akkreditatsiya talablari va shartlari




    Download 22,12 Kb.
    bet2/4
    Sana11.12.2023
    Hajmi22,12 Kb.
    #115793
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Akkreditatsiya sohasini rivojlantirish taraqqiyoti omillari.

    Akkreditatsiya talablari va shartlari.
    Quyidagilar akkreditatsiyaning umumiy talablari va shartlari hisoblanadi:
    Akkreditatsiya uchun ariza beruvchilarning vakolati va baholashga qo‘yilgan talablarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarga majburiy rioya qilish;
    Akkreditatsiya obyektlarining normal va samarali faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida (shu jumladan, ijara huquqlari asosida) taalluqli bo‘lgan bino va inshootlar, texnik-texnologik hamda apparat-dasturiy vositalar mavjudligi;
    Joriy etilgan va amaldagi sifat menejmenti tizimi mavjudligi hamda akkreditatsiya obyekti faoliyatida uning talablariga rioya etish;
    Malakasi akkreditatsiya jarayonida Markaz tomonidan baholanadigan va akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasida malakali xodimlarning mavjudligi, ularning o‘zaro almashinuvchanligini ta’minlash;
    Akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasiga muvofiq texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarning mavjudligi;
    Akkreditatsiya obyektlari tomonidan ushbu Nizomning ko‘rsatilgan majburiyatlarga o‘z vaqtida rioya qilish.
    Akkreditatsiya ixtiyoriy yoki hukumat tomonidan berilishi mumkin. Bu xalqaro va/yoki milliy belgilangan standartlarga mos kelishini ko'rsatish uchun sifatni yaxshilash jarayonidir.

    O’zbekiston akkreditatsiya markazining ustuvor vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari:

    • Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishda akkreditatsiya jarayonining betarafligi va xolisligini ta’minlagan holda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik;

    • Akkreditatsiya bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligiga (ARAS), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilotga (ILAC) va Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forumga (IAF) to‘laqonli a’zo sifatida kirish;

    • Akkreditatsiya milliy tizimini xalqaro normalar va mezonlarga muvofiq doimiy ravishda rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablariga rioya qilish;

    • Akkreditatsiya tartib-taomillariga taalluqli zarur axborotni, shu jumladan, o‘zining rasmiy veb-sayt orqali erkin olish imkoniyatini yaratish;

    • O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida akkreditatsiya bo‘yicha ishlar natijalarining xorijiy mamlakatlar tomonidan e’tirof etilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rish;

    • Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tashkilotlar va ularning akkreditatsiya sohasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi va dolzarb holatda saqlanishini, shuningdek, tegishli axborotning maxfiyligiga rioya qilgan holda jamoatchiliknining ulardan foydalanishini ta’minlash.


    Download 22,12 Kb.
    1   2   3   4




    Download 22,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Akkreditatsiya talablari va shartlari

    Download 22,12 Kb.