• Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish.
  • O‘zbekiston akkreditatsiya markaziga berilgan huquqlar




    Download 22,12 Kb.
    bet3/4
    Sana11.12.2023
    Hajmi22,12 Kb.
    #115793
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Akkreditatsiya sohasini rivojlantirish taraqqiyoti omillari.

    O‘zbekiston akkreditatsiya markaziga berilgan huquqlar:

    • Akkreditatsiya sohasida idoralararo xususiyatga ega, shu jumladan, xorijda akkreditatsiya ishlari natijalari e’tirof etilishini ta’minlashga qaratilgan xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

    • ISO/IEC 17000 xalqaro standartlariga, shuningdek, Akkreditatsiya bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (ARAS), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilot (ILAC) va Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forum (IAF) talablari va tavsiyalariga muvofiq akkreditatsiya tartibotlari bo‘yicha qoidalar, yo‘riqnomalar va nizomlar ishlab chiqish va tasdiqlash;

    • Treninglar, seminarlar o‘tkazish va baholovchilar, texnik ekspertlar, shuningdek, muvofiqlikni baholash sohasida ishtirok etuvchi mutaxassislar malakasini baholash;

    • O‘z xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajaryotgan xodimlarga o‘z mablag‘lari hisobidan lavozim maoshining ikki baravari miqdorigacha bo‘lgan miqdorda har oylik ustamalar to‘lash;

    • Eng yaxshi amaliyotlarga muvofiq vazifalarni sifatli bajarish maqsadida mustaqil maslahatchilar va ekspertlarni, shu jumladan xorijiy maslahatchilar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish;

    • O‘zbekiston akkreditatsiya markazining tuzilmasini, xodimlarining shtatdagi soni va ish haqi miqdorlarini mustaqil tasdiqlash.


    Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish.
    Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
    Akkreditatsiya obyekti akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilsa;
    Yuridik shaxs (akkreditatsiya obyekti) tugatilsa;
    Akkreditatsiya obyekti tomonidan guvohnoma amal qilishining to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlar Markaz tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilmasa;
    Akkreditatsiya sohasi buzilsa;
    Guvohnoma soxta hujjatlar va ma’lumotlardan foydalangan holda olinganligi aniqlangan bo‘lsa.
    Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra Markaz tomonidan tugatiladi.
    Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay Markazning veb-saytida joylashtiriladi va akkreditatsiya obyektiga yozma ravishda xabar yuboriladi.
    Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomasining amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qabul qilgan qarori to‘g‘risida ma’lumot Markazning veb-saytida joylashtirilgan sanadan boshlab tugatiladi.
    55-bandning to‘rtinchi — oltinchi xatboshilariga muvofiq akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugutilgandan keyin akkreditatsiya uchun takroriy ariza kamida olti oydan keyin berilishi mumkin.
    Markaz tomonidan akkreditatsiya sohasidagi quyidagi xizmatlar uchun haq undiriladi:

    • hujjatlar ekspertizasi uchun;

    • akkreditatsiya obyektini baholash uchun;

    • tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq o‘tkazilgan akkreditatsiya obyektining inspeksiya nazorati uchun;

    • akkreditatsiya sohasini dolzarblashtirish uchun.

    Akkreditatsiya obyektlari tomonidan akkreditatsiya sohasidagi Markaz xizmatlariga haq to‘lash ularning natijalaridan qat’i nazar amalga oshiriladi.

    Download 22,12 Kb.
    1   2   3   4




    Download 22,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston akkreditatsiya markaziga berilgan huquqlar

    Download 22,12 Kb.