• 1- variant yuklanishida
  • Amaliy ish Mavzu: Ko‘prik qurilmalarga taʼsir qiluvchi muvaqqat va doimiy yuklarni aniqlash




    Download 59.09 Kb.
    bet1/3
    Sana13.02.2023
    Hajmi59.09 Kb.
    #42029
      1   2   3
    Bog'liq
    13.Plitali oraliq qurilmalariga ta’sir etuvchi yuklarni yig‘ish va kesim mustaxkamligini tekshirish
    Bobojonov Rasul Tohir og’li (1), Dars jadvali, bunyod, 10-sinf Informatika BSB-2
    1. Amaliy ish Mavzu: Ko‘prik qurilmalarga taʼsir qiluvchi muvaqqat va doimiy yuklarni aniqlash


    Kurs loyihasida, uning hajmiga bo‘lgan talabni eʼtiborga olgan holda, ko‘prik elementlari uchun namunaviy loyiha konstruksiyalaridan foydalanilgani uchun va mutaxassilikni eʼtiborga olib, oraliq qoziqli yoki ustunli tayanchni faqat vertikal yuklar taʼsiridan gruntning yuk ko‘tarish qobiliyati bo‘yicha hisoblash taklif etiladi.


    Qoziqli oraliq tayanchning hisobiy sxemalari AK muvaqqat yuklar bilan 8a va 8b rasmda keltirilgan.
    Rasmda ko‘rsatilmagan xususiy va piyodalar og‘irligidan hosil bo‘lgan yuklar oraliq uzunligi bo‘yicha teng taqsimlangan yuk sifatida qabul qilingan. Agar oraliq qurilmalarining kesimlar har hil bo‘lganda, xususiy og‘irligidan hosil bo‘lgan yuklar intesivligi qiymatlari ham har hil qabul qilinadi. 8a rasmda ko‘rsatilgan muvaqqat yuk AK tayanchga nisbatan eng noqulay vaziyatda o‘rnatilgan, yaʼni, telejkaning bir o‘qi taʼsir chizig‘ining eng yuqori nuqtasida, boshqasi katta oraliq zonasida.
    Qoziqga(yoki ustunga) tushuvchi eng katta yukni aniqlash uchun, ko‘prikning ko‘ndalang kesimida harakatlanuvchi transport vositalari taʼsiridan hosil bo‘lgan muvaqqat yukni eng noqulay vaziyatga qo‘yiladi. Buning uchun qoziqga tushuvchi bosim taʼsir chizig‘i quriladi (qoziqdagi zo‘riqish taʼsir chizig‘i).
    III – V toifali yo‘llardagi kichik va o‘rtacha ko‘priklarda qoziqlardagi zo‘riqishlarni zarur bo‘lgan aniqlikda hisoblash uchun nomarkaziy siqilish usulidan foydalaniladi. Bunda rigel mutlaq bikr deb olinadi va eng katta yuklangan qoziq chetki qoziq bo‘ladi.
    Chetki qoziqqa tushuvchi ( ikki qatorli qoziq bo‘lganda chetki juflikga tushuvchi) bosimning taʼsir chizig‘i quyidagi nomarkaziy siqilish formulasi asosida quriladi.
    (28)
    bunda taʼsir chizig‘ining chetki qoziqdagi ordinatasi;
    qatordagi qoziqlar soni;
    ko‘prik o‘qidan simmetrik joylashgan qoziqlar orasidagi masofa (8b-rasm - ).
    birlik kuchning ko‘prik o‘qiga nisbatan holatining kordinatalari
    (8b-rasmda qabul qilingan koordinata tizimining ishoralarini eʼtiborga olganda).
    ning taʼsir chizig‘ini qurish uchun (28) formula bo‘yicha ning ikkita qiymati, yaʼni kordinatalar bo‘yicha hisoblansa yetarli bo‘ladi. Keyin topilgan ning qiymatlari asosida to‘g‘ri chiziq o‘tkazamiz (ko‘prik ko‘ndalang kesimi chegarasigacha). Bu chiziq bo‘yicha barcha harakat tasmalaridan hosil bo‘lgan muvaqqat yuklarning qoziqdagi hisobiy zo‘riqishga taʼsirini etiborga oluvchi ko‘ndalang o‘rnatish koeffitsiyenti quyidagi formula yordamida hisoblaniladi
    (29)
    Bu yerda to‘plangan kuch lar ostidagi taʼsirchizig‘i ordinatalari;
    Piyodalar og‘irligidan hosil bo‘lgan yuklar uchun sifatida yo‘lak o‘rtasidagi taʼsir chizig‘i ordinatasi qabul qilinadi. 8b-rasmdan ko‘rinib turibdiki, avtomobil yuki AK ikkala qatnov tasmasida ham eng noqulay vaziyatda, yaʼni chap tomonga (chetki qoziq tomonga) siljitilgan. [1] meʼyorlarida AK yuki ikki variantda qabul qilinadi. 1- variant yuklanishida rasmda ko‘rsatilganidek transport vositalari bilan birgalikda piyodalar taʼsirini ham eʼtiborga olinadi. Bu variantda chap tasma o‘qi xavfsizlik tasmasi chegarasiga 1.5 metrdan kam bo‘lmagan masofada yaqinlashishi zarur.

    Download 59.09 Kb.
      1   2   3




    Download 59.09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy ish Mavzu: Ko‘prik qurilmalarga taʼsir qiluvchi muvaqqat va doimiy yuklarni aniqlash

    Download 59.09 Kb.