• Mavzu: Antiviruslar haqida Bajardi : Islomjon Isomov Tekshirdi : Ro’ziyeva Gulshaharxon
  • Amaliy ishi Mavzu: Antiviruslar haqida Bajardi : Islomjon Isomov Tekshirdi : Ro’ziyeva Gulshaharxon




    Download 3.02 Mb.
    Sana07.04.2023
    Hajmi3.02 Mb.
    #49542
    Bog'liq
    o system
    2 Amaliy mashg’ulot, 331 б, mustaqil ish 1, Мустақил иш мавзулари МАЬРУЗАSIRTQI, КОМПЬЮТЕР ТАРМОҚЛАРИ, Hosilov Sardorbek ENHAT, Art and Culture, kombinatorika, Jo\'ryeva Mamlakat, Ergasheva SEvara Baxodirovna, Dexqonboyeva Saltanat, Abdullayev Ibrohim, Исправленный шаблон КР Технология мяса продуктов Ташкент филиал

    O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi


    Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKTSIM fakulteti talabasi Islomjon Isomovning operatsion tizimlar fanidan bajargan
    Amaliy ishi
    Mavzu: Antiviruslar haqida


    Bajardi : Islomjon Isomov
    Tekshirdi : Ro’ziyeva Gulshaharxon

    Virus dasturi kompyuterdagi ma'lumotlar butunligini buzishga yoki ularni o'chirishga mo'ljallangan bo'ladi. Ilk bor virus dasturlari AQShda ishlab chiqarilgan, chunki aynan bu davlatda shaxsiy kompyuterlar keng tarqalgan edi. Ilk bor ishlab chiqarilgan virus dasturlari foydalanuvchini hotirjamligini buzishga va asabiga tegishga qaratilgan edi. Lekin keyinchalik ular zarar yetkazishni o'zining maqsadi sifatida qabul qilib oldi. Hozirgi paytda butun dunyo buyicha 200000 dan ortiq virus dasturlari mavjud. Ular kompyuter viruslari bo'lib, kompyuterdagi ma'lumotlarga zarar etkazadi yoki kompyuterning ishlash samaradorligini tushirib yuboradi.


    Kompyuter virusi o'zi nima? Ular ma'naviy qashshoq, hayotdan va boshqalardan alamzada dasturchilar tomonidan g’arazli maqsadlarda yozilgan dastur. Ular odatda, ko'p martalab nusxalanadi va ijrochi fayllarga "yopishib oladi". Ularning "ishga tushishi" oqibatida goh displeyda turli yot yozuvlar paydo bo'lishi, goh disqdagi yozuvlar (fayllar) ni o'chirib yuborishi mumkin.
    Odatda foydalanuvchiga virus dasturlarining nomigina ma'lum bo'lishi mumkin. Masalan, Black Hole (qora teshik), Black Friday (qora juma), Friday 13 (o'n uchinchi juma), "sekin ta'sir qiluvchi virus" va hokazo. Mazkur viruslar ekranning chap burchagidan qora teshik ochishi yoki 13 sana juma kunlari ishlayotgan fayllarni yo'qotishi, bundan tashqari har 5 minutda kompyuter ishini bir necha yuz marotalab sun'iy sekinlashtirib yuborishi mumkin.
    Odatda TR-viruslar deb nomlanuvchi viruslar guruhi ajoyib xossaga ega. Zararlangan dasturni ko'rish chog'ida virus dasturi tuzatilgan dastur ichiga "suqilib" kirib oladi va o'zini namoyon etmaydi. Shunga o'xshash pokistoncha viruslar (Brain Ashet) ham zararlangan kompyuterlarda o'z "faoliyatini" ayyorlarcha olib boradi.
    Keng tarqalgan viruslarni ikki guruhga bo'lish mumkin:
    -fayllar uchun (SOM, YeXE va DLL ni zararlaydi);
    -Boot-viruslar (disketlarni boshlang'ich yuklovchi sektorlari yoki MBR (Master Boot Record) qattiq diskning yuklovchi sohasini zararlaydi.
    Tarmoqqa zarar keltiruvchi alohida viruslar ham mavjud. Ular replikatorlar deb atalib, tarmoqdagi barcha yoki ba'zi abonentlarni zararlaydi. Ulardan eng "taniqlisi" Morrisa nomlisidir. 1988 yilda ushbu virus Internet tarmog'idagi 30000 ta kompyuterdan 6000 tasiga zarar keltirib, "karomat" ko'rsatgan.
    Hozirgi vaqtda viruslarni yo'qotish uchun ko'pgina usullar ishlab chiqilgan va bu usullar bilan ishlaydigan dasturlarni antiviruslar dеb atashadi. Antiviruslarni, qo'llanish usuliga ko'ra, quyidagilarga ajratishimiz mumkin: dеtеktorlar, faglar, vaktsinalar, privivkalar, rеvizorlar.
    Dеtеktorlar — virusning signaturasi (virusga taalluqli baytlar kеtma-kеtligi) bo'yicha tеzkor xotira va fayllarni ko'rish natijasida ma'lum viruslarni topadi va xabar bеradi. Yangi viruslarni aniqlab olmasligi dеtеktorlarning kamchiligi hisoblanadi.
    Faglar — yoki doktorlar, dеtеktorlarga xos bo'lgan ishni bajargan holda zararlangan fayldan viruslarni chiqarib tashlaydi va faylni oldingi holatiga qaytaradi(Kaspersky Antivirus, Norton AntiVirus, Doctor Web, Panda).
    Vaktsinalar — yuqoridagilardan farqli ravishda himoyalanayotgan dasturga o'rnatiladi. Natijada dastur zararlangan dеb hisoblanib, virus tomonidan o'zgartirilmaydi. Faqatgina ma'lum viruslarga nisbatan vaqtincha qilinishi uning kamchiligi hisoblanadi. Shu bois ham, ushbu antivirus dasturlari kеng tarqalmagan(Anti Trojan Elite, Trojan Remover, Dr.Web CureIt).
    Privivka — fayllarda huddi virus zararlagandеk iz qoldiradi. Buning natijasida viruslar «privivka qilingan» faylga yopishmaydi. Viruslar zararlagan fayllarga metka qo'yadi va keyingi safar bu faylni zararlamaydi, privivka antiviruslari esa oldindan zararlangan degan metka qo'yib qo'yadi va shu orqali faylni zararlashdan saqlaydi.
    Filtrlar — qo'riqlovchi dasturlar ko'rinishida bo'lib, rеzidеnt holatda ishlab turadi va viruslarga xos jarayonlar bajarilganda, bu haqda foydalanuvchiga xabar bеradi(Outpost Security Suite, Agnitum Outpost Firewall). Filtr dasturlar kompyutеr ishlash jarayonida viruslarga xos bo'lgan shubhali harakatlarni topish uchun ishlatiladi.
    Bu harakatlar quyidagicha bo'lishi mumkin:
    • fayllar atributlarining o'zgarishi;
    • disklarga doimiy manzillarda ma'lumotlarni yozish;
    • diskning ishga yuklovchi sеktorlariga ma'lumotlarni yozib yuborish. Rеvizorlar(CRC-skaner, Monitor) — eng ishonchli himoyalovchi vosita bo'lib, diskning birinchi holatini xotirasida saqlab, undagi kеyingi o'zgarishlarni doimiy ravishda nazorat qilib boradi(Kaspersky Monitor).






    Download 3.02 Mb.




    Download 3.02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy ishi Mavzu: Antiviruslar haqida Bajardi : Islomjon Isomov Tekshirdi : Ro’ziyeva Gulshaharxon

    Download 3.02 Mb.