• T g = N / v
  • Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari




    Download 182,41 Kb.
    bet1/6
    Sana20.12.2023
    Hajmi182,41 Kb.
    #125080
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari


    Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari.


    Yong’in - bu maxsus manbadan tashqarida sodir bo’ladigan va katta material zarar hamda talofatlar keltirib chiqaradigan nazoratsiz yonish jarayonidir.
    Ob’ektning yong’in xavfliligi deganda, ob’ektning yong’in sodir bo’lishi mumkin bo’lgan holati va yong’inning oqibatlari tushuniladi.
    Ob’ektning yong’in xavfsizligi deganda, belgilangan me’yorlar va talablar asosida ob’ektda yong’in sodir bo’lish xavfi hamda uning xavfli va zararli faktorlarini inson hayotiga ta’siri cheklangan, ob’ektdagi materiallar to’liq himoyalangan holati tushuniladi.
    Yong’in vaqtida sodir bo’ladigan turli xil xavfli va zararli omillar ta’sirida material boyliklar nobud bo’lishi va baxtsiz hodisalar ro‘y berishi mumkin. Yong’inning xavfli va zararli omillariga asosan quyidagilarni kiritishimiz mumkin: ochiq alanga, atrof-muhitning va yong’inda qolgan buyumlarning yuqori harorati, yonish vaqtida hosil bo’ladigan turli xil zaharli gaz va bug’lar, tutunlar, kislorodning kam kontsentratsiyada bo’lishi, qurilish konstruksiyalari va materiallarining qulab tushayotgan qismlari, yong’in vaqtida sodir bo’ladigan portlash, portlashdagi to’lqin zarbasi, portlash ta’sirida uchib ketgan materiallar va zararli moddalar va b.
    Yuqorida keltirilgan omillarning xavflilik darajasi birinchi navbatda yong’inning davomiylik vaqtiga bog’liq bo’ladi va u quyidagi ifoda orqali aniqlanadi;
    Tg = N / v
    bu yerda N - yonuvchi moddalar miqdori, kg/m
    V- moddalarning yonish tezligi, kg/m soat.
    Agar binoda turli xil qattiq va suyuq materiallar hamda moddalar mavjud bo’lsa, yong’inning davomiylik vaqtini quyidagicha aniqlash mumkin,
    S.n n m J
    6Sn
    bu yerda g1, g2 ... gm -turli xil yonuvchi mahsulotlarning miqdori, kg/m ;
    Sx - binoning yuzasi, m ;
    So - binodagi derazalarning yuzasi, m ;
    6 - bino yuzasining bino derazalari yuzasiga nisbati, Sx/So=4...10;
    n1,n2,...nm - modda va materiallarning yonish tezligini hisobga olish koeffitsienti, kg/m soat. Ushbu koeffitsient benzin uchun -15; rezina, orgsteklo uchun -35; avtomobil shinasi uchun- 40; yog’och materialar uchun - 65 ga teng deb qabul qilinadi.
    Ma’lumki yong’inni o’chirishga nisbatan uni oldini olish ham oson, ham foydalidir. Shu sababli, har bir mutaxassis, har bir xodim ishlab chiqarishdagi yong’in sabablarini bilishi, yong’in xavfsizligi qoidalariga to’liq rioya qilishi va yong’inni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi zarur. Shunga bog’liq holda ob’ektning yong’in xavfsizligi - yong’inni oldini olish sistemasi, yong’inga qarshi himoya sistemasi, yong’inning tarqalishini oldini olish sistemasi va tashkiliy-texnik tadbirlar orqali ta’minlanadi.
    14.1Yong’inni oldini olish sistemasi - yongin sodir bo’lish sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuidan iboratdir.
    Ushbu tadbirlar ishlab chiqarishda mumkin qadar ko’proq yonmaydigan va qiyin yonadigan materiallarni ishlatish, texnologik jarayonlarni to’liq mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yonginga xavfli qurilmalar o’rnatilgan xonalarni yonmaydigan materiallar bilan boshqalardan ajratish yoki ularni mumkin qadar tashqarida o’rnatish, yonuvchi moddalar uchun germetik idishlar va jihozlardan foydalanish, bino havosi tarkibidagi yonuvchi gaz, bug’ va changlar miqdorini ruxsat etilgan darajada saqlash, isitish jihozlaridan to’g’ri foydalanish va shu kabi boshqa tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
    Yonuvchi muhitda yonginga olib keluvchi manbaning hosil bo’lishini oldini olish esa, ishlab chiqarishda yongin manbasini hosil qilmaydigan mashinalar, mexanizmlar va jihozlardan foydalanish, mashina va mexanizmlardan foydalanish qoidalari va rejimlariga to’liq rioya etish, elektr statik zaryadlari va yashinga qarshi himoya vositalaridan foydalanish, materiallar va moddalarning issiqlik ta’sirida, ximiyaviy va mikrobiologik usulda o’z-o’zidan alangalanish sharoitlarini bartaraf etish, belgilangan yonginga qarshi tadbirlarni to’liq amalga oshirish, bino chegarasini davriy ravishda tozalab turish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.

    Download 182,41 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 182,41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari

    Download 182,41 Kb.