|
Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari
|
bet | 6/6 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 182,41 Kb. | | #125080 |
Bog'liq Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari11-jadval
Shuningdek, G va D toifadagi sanoat korxonalari, ularning o'tga chidamlilik darajasi I va II bo'lsa va tomi yonmaydigan materiallar bilan yopilgan, shuningdek, tashqi devorlari yong'inga qarshi to'siq sifatida qurilgan bo'lsa, yong'inga qarshi oraliq belgilan- masligi mumkin.
14.13 Yong’inga qarshi to'siq
Sanoat korxonalarini loyihalash-qurish jarayonida yong'inga qarshi tashkiliy ishlar amalga oshiriladi. Bu tashkiliy ishlar qatoriga yong'inga qarshi to'siqlarni ko'rsatish mumkin. Bularga yong'inga qarshi devor, eshik darvoza, lyuk tambur-shlyuzlar va derazalar kiradi.
Yong'inga qarshi to'siq vositalari yonmaydigan materiallardan tayyorlangan bo'lishi va quyidagicha o'tga chidamlilik chegarasiga ega bo'lishi kerak (soatlarda).
Yong'inga qarshi asosiy devor-2,5 soat. Yong'inga qarshi devorlarda bo'lgan eshik, deraza va darvozalar-1,2 soat. Asosiy bo'lmagan devor-0,75 soat. Asosiy bo'lmagan devordagi eshik, derazalar, shuningdek, tambur, shlyuzlar 0,6 soat. Bu yerda shuni ta'kidlash kerakki, tosh va boshqa tabiiy minerallardan qilingan devorlar o'tga chidamlilik chegarasi bo'yicha qo'yilgan yuqoridagi talablarni bajaradi. Agar devorlar mabodo sinchli bo'lsa, uning asosiga ishlatilgan sinchning va orasiga urilgan devorlarning o'tga chidamlilik chegarasi hisobga olinadi.
14.14 Evakuatsiya yo'llari
Har bir sanoat korxonasi uchun mo'ljallangan bino loyihalanayotganda albatta yong'in vaqtida kishilarni u yerdan o'z vaqtida chiqarib yuborish imkoniyatini yaratadigan evakuatsiya yo'llari tashkil qilinadi. Evakuatsiya yo'llari har qanday sanoat korxonasi uchun albatta eng kamida 2 ta bo'lishi kerak. Yong'in bo'lgan taqdirda ishchilar sanoat korxonasi xonasidan eng qisqa yo'l orqali belginlangan ma'lum vaqt ichida
chiqib ketishlari zarur.
KMK 2.01.02-92 ga asosan sanoat korxonalaridan tashqariga chiqib ketish yo'llari, koridorlari va qavatlaridan tushish yo'llari hisoblab chiqiladi.
Evakuatsiya yo'llarining eni I m dan, eshiklarning eni 0,8, bo'yi 2 m dan kam bo'lmasligi kerak. Evakuatsiya yo'llari bo'lgan koridorlar, zinapoyalar odamlar soniga qarab hisoblanadi.
Sanoat korxonalarini loyihalashda odamlarni evakuatsiya qilishga mo'ljallangan zinapoyalar va ularni joylashtirish mo'ljallangan kataklar uchun ma'luni tartibda talablar qo'yiladi. Masalan, zinapoya o'rnatilgan kataklarda tutun to'planmaydigan bo'lishi, ya'ni tutunni chiqarib yuborish uchun tashqi tomoni ochiq yoki havoni chiqarib yuborishni ta'minlovchi texnik vositalarga ega bo'lishi kerak. Yoki zina kataklari ichkari tomonda yong'in bo'lishi mumkin bo'lgan binodan ajratilgan bo'lib, tashqi tomondan yoritiladigan bo'lishi mumkin. Butunlay katak bilan to'silmagan zinapoyalardan ham foydalanish imkoniyati bor, bu zinapoyalar tashqi ochiq tomonda bo'lsa, evakuatsiya imkoniyati yanada ortadi. Har xil balandlikdagi binolar uchun yong'inga qarshi narvonlar o'rnatilishi kerak.
Evakuatsiya yo'llarining hisobi, shu joydagi barcha ishchilarning chiqib ketishi uchun kerak bo'ladigan vaqtni belgilash bilan amalga oshiriladi.
14.15 Yong'in bolgan xonalardagi tutunni chiqanb yuborish vositalari
Ma'lumki, yong'in bo'lgan vaqtda undan hosil bo'lgan tutun nihoyatda katta hajmni tashkil qiladi. Shuni aytish kerakki, yong'inning inson uchun eng zararli omili ham mana shu tutun ta'siridan bukilish va zaharlanish, ayniqsa, ko'proq uchraydi. Tu-tunning tarqalish va bukuvchi ta'siri natijasida binodagi odamlarni evakuastiya qilish qiyinlashadi va alangalanayotgan yerga yetib borishning qiyinlashishi o'tni o'chirishda qiyinchiliklar tug'diradi. Tutun, ayniqsa, ko'p qavatli binolarda ko'p qiyinchilik tug'diradi.
Bu tutun va gazlarni eshik va derazalar orqali, shuningdek, aeratsiya fonarlari orqali, maxsus konstruksiyadagi tutun chiqarib yuborish oraliqlari ta'minlanadi), yengil qulaydigan devorlar (maxsus ishlangan) orqali ham chiqarib yuborilishi mumkin.
Tutun chiqarib yuborish oraliqlari hosil bo'lgan tutunni yonidagi xonalarga o'tkazmaslikni ta'minlashi, shuningdek, yong'inni tartibga keltirishi, ya'ni yong'inni kerakli yo'nalishga yo'naltirish imkoniyatini berishi kerak. Yerto'la xonalarda, fonarsiz sanoat binolarida va omborlarda tutun chiqarib yuborish teshiklari qo'llaniladi. Bu teshiklarning kesim maydonlari hisoblash yo'li bilan topiladi. Yengil qulaydigan devorlar konstruksiyalari oldindan hisoblab o'rnatilgan bo'ladi va yong'in natijasida hosil bo'lgan gazlar bosimi xavfli vaziyat vujudga keltirsa, bu konstmksiyalar qulab, binoning asosiy konstruksiyalariga zarar yetkazmaslikni ta'minlaydi. Yengil qiluvchi konstruksiyalar asosan binoning tash-qariga chiqib turgan devorlariga yoki to'siqlariga o'rnatilgan bo'ladi. Bular bosim ma'lum miqdordan oshib ketganda bu gazlarni chiqarib yuborish imkoniyatini beradi.
14.16 Elektr asboblari bilan ishlaganda yong'in xavfsiziigini ta'mimash.
Ma'lumki, mashinasozlik sanoat korxonalarida elektr energi-yasidan foydalanish keng yo'lga qo'yiigan. Bu texnologik jarayonlarda ishlatiladigan stanok va apparatlar, ko'tarish vositalari, qizdirish va eritish tizimlari va yoritish vositalarining hammasi elektr energiyasi yordamida amalga oshiriladi. Agar elektr vosita-Maridan to'g'ri foydalanilsa, unda yong'in xavfi deyarli bo'lmaydi. Ammo elektr qurilmalaridan hamma vaqt ham to'g'ri foydalanish imkoniyatlari mavjud deb bo'lmaydi. Bunday hollar elektr tizimidagi qisqa tutashish, elektr qurilmalari va simlarida kuchlanishning ko'payib ketishi va ularda katta qarshiliklar sababli vujudga keladi. Agar elektr simlari o'zaro ulanib qolsa yoki elektr qurilmalarining yerga ulangan korpuslari bilan ulanib qolsa, qisqa tutashish yuz beradi. Kuchlanishning ko'payib ketishidan uncha katta yuzaga ega bo'lmagan o'tkazgich orqali katta tok oqimi yuborilsa, elektr simi nihoyatda qizib ketadi. Elektr simlari bir-biri bilan yaxshi ulanmaganligi natijasida tok oqib o'tishiga qarshilik ko'rsatish nihoyatda ko'payib ketadi va elektr o'tkazgich qizib, cho'g'lanib ketishi mumkin.
Yuqorida sanab o'tilgan hollarda qizigan elektr o'tkazgichi muhofaza qobiqlarini yondirib yuborishi mumkin. Chunki muhofaza qobiqlari sifatida yonuvchi materiallardan foydalaniladi.
Agar oqib o'tayotgan tok kuchi hisoblangan kattalikdan ortib ketsa, unda o'tkazgichda issiqlik ajrala boshlaydi va bu o'z navbatida, muhofaza qobig'ining qizishiga olib keladi, buning natijasida muhofaza qobig'i o'zining muhofazalash qobiliyatini yo'qotishga olib keladi. Masalan, rezina muhofaza materiali uchun qizish temperaturasi 55 °C, paxta materiallari uchun 95 °C, asbest uchun 115 °C gacha ruxsat etiladi.
Elektr o'tkazgichlarda hosil bo’lgan issiqlik miqdorini quyidagicha aniqlash mumkin.
Q=0,24I2.R.t,
bunda, I—tok kuchi, A; R o — o'tkazgichning elektrga qarshiligi, Om; t — vaqt, s. Elektr tizimlarida yong'in xavfsizligini ta'minlash. uchun elektr o'tkazgichlar «Elektrdan fbydalanish qurilmalarini ishlatishdagi texnik qoidalar» asosida hisoblanadi va kerakli ko'ndalang kesimlarga ega bo'lgan simlardan, ularni muhofaza qilish vositalaridan foydalaniladi, shuningdek, tarmoqdagi elektr quwatini hisobga olgan holda, saqlovchi qurilmalar bilan jihozlanadi. Elektr jihozlarini o'rnatishda korxonaning va xonaning yong'inga xavflilik toifasini hisobga olish shart.
Agar elektr qurilmalari qoidaga muvofiq o'rnatilgan bo'lsa ham, uning tok o'tkazuvchi qismlari yengil alangalanuvchi yoki yonuvchi suyuqliklarga tegib tursa, uning yong'inga xavflilik darajasi kamaymaydi.
Elektr qurilmalari va elektr tizimlarini o'rnatganda qisqa tutashish sodir bo'lganda ularni o'chiradigan saqlovchi qurilmalarni tayyorlab qo'yish kerak. Elektrni o'chiruvchi tizimlarini berk qopqoqlar bilan ta'minlash kerak, bunda o'chirish yoki yoqish vaqtida chiqadigan uchqun tufayli bo'ladigan yong'in yoki portlashning oldini olish mumkin. qilingan xavfli aralashmalar bo'lmagan xonalarga o'rnatiladi.
Elektr yoritish tizimlari ham muhofaza qobig'larining qizishi va alangalanishi mumkinligi jihatidan yong'in xavfini tug'diradi. Shuning uchun ham yoritish tizimlarini qurishda ularning o'tkazgichiari yaxshi muhofaza qilinganligini tekshirib rezina yoki metall tmbalar orqali oikazish tavsiya etiladi. Elektr lampalari yonish vaqtida ularning yuzalari 200 va undan ko'proq haroratda qizishi mumkin. Bunday yuqori haroratda uning yuzasiga o'tirgan changlarning yonib ketish ehtimoli kuchayadi. Bunday xavflar elektr lampalari tuzilishini o'zgaitirish orqali yo'qotiladi.
14.17 Isitish va shamoliatish tizimlari
Sanoat korxonalari odatda, markaziy isitish tizimi orqali isitiladi. Shuning uchun bunday tizimlarning yong'in xavfi bo'lgan uchastkalarida isitish radiatorlarining murakkab turlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki changlar truba va radiator ustki qismlarida yig'ilib qolishi, isishi natijasida qizib yong'in chiqarish xavfini kuchaytiradi.
Xonalari markaziy usulda isitilgan sanoat korxonalarida, havo asosan, koloriferlarda isitilib, undan keyin korxona xonalariga yub-oriladi. Bunday hollarda isitilgan havoning harorati 60 °C dan oshmasligi kerak. Ammo bunday isitish tizimida havo kanallar orqali xonalarga tarqatilgani sababli yong'in bo'lgan taqdirda bu kanallar orqali alanga tarqalishi mumkin. Chunki alanga va tutun butun bino bo'ylab tarqalib ketishi tufayli yong'in xavfi kuchayadi.
Kolorifer tizimi bilan rnahalliy isitish usulini qollash mumkin. Bunda kolorifer isitiladigan xonaga o'rnatiladi. Sovuq havo ventilyator yordamida tashqaridan suriladi va kolorifer orqali o'tkazilib, isigan havo to'g'ridan-to'g'ri xonaga chiqariladi. Bu tizim yong'in xavfi jihatidan xavfsizroq hisoblanadi.
Tabiiy va sun'iy shamollatish tizimlarini sanoat korxonalarining asosiy va yordamchi xo'jaliklarida o'rnatilgan bo'ladi. Bunda shamollatish tizimlariga quyiladigan talabni bajarish muhim. Shuning uchun ham shamollatishni amalga osharadigan truboprovodlarning uzunliklari yotiq yo'nalishda cheklangan bo'ladi, ya'ni tabiiy shamollatishda 8 m dan, mexanik shamollatishda 30 m dan oshmasligi kerak. Bu esa yong'in bo'lgan taqdirda uning tarqalib ketish xavfini chegaralaydi.
Agar sanoat korxonasi binolarida yong'in va portlashga xavfli moddalar bo'lsa, ular mahalliy shamollatish usuli bilan chiqarib yuboriladi. Bunda truboprovodlarda chiqarib yuborilayotgan moddaning hajmi uning portlash miqdori quyi chegarasining 50 foizidan oshmasligiga e'tibor berish kerak. Bu esa ma'lum miqdordagi havo oqimini ta'minlash bilan amalga oshiriladi.
14.18 Issiqiik ajralavchi jihozlarda yong’inni oldini olish
Sanoatda ishlatiladigan pechlarda katta issiqlik ajralishi nati-jasida yong'in xavfi tug'iladi. Bu xavf asosan pech yonish zonasida, unga ishlatilgan qurilish materiallarining yemirilishi, pechdagi biror kamchiliklar natijasida uning qopqoqlari va tashqi qismlarining is-siq ta'siridan buzijib ketishi, tutun o'tkazuvchi qismlarining nobobligi natijasida paydo bo'ladi.
Shuning uchun ham texnologik jarayonni bajarish uchun zarur bo'lgan pechlarni yonmaydigan materiallardan qurilgan xonalarga o'rnatiladi.
Quritish tizimlarini ko'pincha sexlarga joylashtirishga to'g'ri keladi. Bunda quritilgan yonuvchi materiallning yonib ketmasligini ta'minlash kerak. Qurilish tizimidagi havo almashtirish jarayonini mahalliy va
umumiy shamollatish sistemalari yordamida amalga oshiriladi.
Metallarga issiqlik ishlov berishda, qizdirish (yoki sovutish) vannalaridan foydalaniladi. Bu vannalar mineral moylar va qizdirib suyultirilgan tuzlar bilan to'ldiriladi. Moyning harorati shu turdagi moy uchun ruxsat etiladigan issiqlikdan oshib ketmasligi kerak. Moydan ajralib chiqayotgan bug'lar mahalliy shamollatish vositasida chiqarib yuboriladi.
Tuz solingan vannalarni o’tga chidamli materiallardan qilingan to'siqlar bilan to'sib qo'yiladi. Suyultirilgan tuzli vannalarga soli-nayotgan narsalar albatta, quruq bo'lishi shart. Chunki bu vannaga, hattoki, juda oz miqdordagi namning tushishi poitlashga o'xshash keskin buklanishga olib keladi. Vannadan to'kilayotgan suyultirilgan tuzning yong'inga olib kelishining oldini olish zarur. Agar selitradan foydalanilayotgan bo'lsa, uning harorati 520 °C dan oshib ketmasligi kerak, chunki, selitra 500 °C da parchalanib, yong'inga olib kelishi mumkin.
14.19 Yashin qaytargichlar
Momaqaldiroq bo'lib, chaqmoq chaqqan vaqtda atmosferada hosil bo'ladigan elektr kuchlanishlari 1500000 V va tok kuchi 20000 A ra boradi. Bunday katta kuchlanish va tok kuchi ta'siridan yer yuzidagi ko'pgina qurilishlar yonib ketishi, buzilishi va shikast-lanishi mumkin. Qurilish binolarini muhofaza qilish, odamlar xavfsizligini ta'minlash maqsadida sanoat korxonalarida yashin qaytargichlar o'rnatiladi. Yashin qaytargichlar me'yoriy hujjat asosida amalga oshiriladi. Yashin qaytargichlar asosan yashin qaytargich o'rnatiladigan ustun, yashin tutish qurilmasi, tok o'tkazgich va yerga ulangan qismlardan iborat bo'ladi. Yashin qaytargichning ikki xil turidan: tayoqsimon va to'qilgan arqonsimon turlaridan foydalaniladi. Ular binodan ayrim o'rnatilgan yoki bino ichiga kiritilgan holda o'rnatilishi mumkin.
Yashin qaytargichning muhofazalash qobiliyati uning elektr tokini yaxshi o'tkazuvchanligi va yerga chuqur o'rnatilgan metall qismlar orqali yashinni yerga o'tkazib yuborishiga asoslangan. Bunda yashin qaytargich muhofazalanayotgan binoga nisbatan baland o'rnatilganligi va elektr tokining oqib o'tishiga qarshiligi kam bo'lganligi uchun yashin binoni shikastlamaydi va yerga o'tib ketadi. Yashin qaytargich muhofaza qilayotgan zonaning yashindan muhofaza qilish koeffitsiyenti 0,99 ga teng.
Tayoqsimon yashin qaytargichlar muhofazalanayotgan obyekt maydoniga qarab bitta yoki bir nechta bo'lishi mumkin. To'qilgan arqonsimon yashin qaytargichlar bino ustida bitta yoki bir necha tortilgan simlardan iborat bo'ladi. Har bir sim ikki tomonidan ustunlarga tortib qo'yiladi va bir tomonlama yerga ulab qo'yiladi. Po'latdan qilingan simlar, trubalar, ruxlangan po'latdan to'qilgan arqon va boshqalar yashin qabul qiluvchi sifatida ishlatilishi mumkin. Tok o'tkazgich sifatida po'latning ko'ndalang kesimi 36 mm dan kam bo'lmagan xohlagan xili va shaklidan foydalanish mumkin. Yashin qabul qilish qurilmasi va tok o'tkazgichlar kavsharlab yopishtiriladi.
Yerga ulash qurilmasi yuzaki bo'lishi mumkin: bunda shoxsi-mon holdagi yoki nursimon taitibda yer ostiga 1 m chuqurlikda 30 m dan kam bo'lmagan nurlardan tashkil topgan metall tayoqlar yotiq holatda ko'miladi. Chuqurlashtirilgan yerga ulash qurilmasi esa 2—3 m dan kam bo'lmagan metall trubalarni (yoki boshqa shakl-dagi metall tayoqlarni) yer yuzasidan 0,7—0,8 m chuqurlikkacha yerga tik holda qoqiladi. Bu tayoqchalar va yuqori usuldagi nurlar o'zaro metall tasmalar bilan tutashtirilib, kavsharlanadi.
Bunday yerga ulash qurilmasining elektr tokini o'tkazishga qarshiligi 10 Om dan oshmasligi kerak.
14.20 Yong’nga qarshi ishlatiladigan texnik qurilmalar
Sanoat korxonalari binolarini yong'indan muhofaza qilish uchun ishlatiladigan asosiy texnik qurilmalar QMQ 2.01.02 92: asosida aniqlanadi.
Signal vositalari. Yong'inga qarshi kurashning asosiy omillaridan biri uni o'z vaqtida aniqlash va yong'in kuchayib ketmasdan oldin unga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirishdir. Bunda aloqa vositalari va signalizatsiyalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Shuning uchun sanoat korxonalarida aloqaning eng ishonchli vositasi hisoblangan umumshahar telefon aloqasi to'g'ridan-to'g'ri o't o'chirish komandalari bilan bog'langan bo'ladi. Avtomat telefon stansiyalarida o't o'chirish komandasini 01 telefon nomerini terib chaqiriladi.
Sanoat korxonalarida yong'in bo'lganda odam ishtirokisiz, yong'in haqidagi xabarni dispetcher xizmatiga yoki to'g'ridan-to'g'ri o't o'chirish komandasiga yetkazish juda ma'quldir. Bunda yong'in haqidagi xabarda, yong'in bo'layotgan joy ko'rsatilganligidan o't o'chirish komandasi tez fursatda yetib boradi. Hozirgi vaqtda ishlatiladigan EPS yong'in signalizatori ishonchli hisoblanadi.
Bu tizimlarning ba'zi birlari avtomatik o't o'chirish vositalar bilan ta'minlangan, shuning uchun bunda yong'in haqida signal berish bilan birga muhofazalanayotgan binodagi yong'inni o't o'chirish komandasi kelguncha o'chirish ham mumkin.
EPS signal tizimi xabar beruvchi va xabar qabul qilish stansi-yasi (kommutator), energiya manbai, ovoz hamda yorug'lik signali- zasiyalaridan tashkil topgan.
Bu tizim ikki xil usulda o'rnatilishi mumkin. Nursimon usulda har bir xabar beruvchi tizim, qabul qilish stansiyasi bilan ayrim sim orqali to'g'ridan-to'g'ri ulangan. Har bir nur ikkita: borish va qaytish simlaridan tashkil topgan. Qabul qilish stansiyasi o'zining tuzilishi jihatidan telefon stansiyasiga o'xshaydi. Nursimon tizim puxta iva ishonchli bo'lib, bir vaqtni o'zida hamma nurlardan axborot qabul qila oladi. Yagona kamchiligi unga nihoyatda ko'p miqdorda sim sarflanadi.
Yuqorida keltirilgan yong'inga qarshi elektr signalining ahamiyatli tomoni shundaki, uning tarmoqlari orqali elektr toki muntazam o'tib turadi. Shuning uchun ham uning barcha qismlarining puxta ishlayot- ganligini doimo nazorat qilib turish mumkin. Bu esa, o'z navbatida, yong'in haqidagi xabarni o'z vaqtida yetib borishini ta'minlaydi.
Yong'in haqidagi ma'lumotni xabar beruvchi qurilma qabul qilib oladi va unda issiqlik energiyasi elektr energiyasiga aylantirilganligi sababli qabul qilish stansiyasiga simlar orqali ma'lumot yuboriladi. Ba'zi bir tizimlarda bu ma'lumotlarni uzatish bilan cheklanmasdan, balki o't o'chirish vositalarini ishga tushirish ham av-tomatik ravishda amalga oshiriladi. Xabar beruvchi qurilmalar ishlash prinsipiga qarab qo'l bilan harakatlantiriladigan va avtomatik ravishda ishlaydigan turlarga bo'linadi. Qo'l bilan harakatlantiriladigan xabar beruvchi qurilmalar sanoat korxonalari sexlarida maxsus o'rnatilgan knopkalarni bosish bilan bajariladi.
Avtomatik xabar berish qurilmalari (API) tashqi muhitning ba'zi bir parametrlarni, masalan, haroratning ko'tarilishi, tutun paydo bo'lishi va alanga ko'tarilishi natijasida hosil bo'ladigan o'zgarishlar asosida ma'lumotlarni qabul qiladi.
Avtomatik xabar berish qurilmalari qaysi omilga qarab ma'lurnot berishidan kelib chiqqan holda qo'llaniladi. Issiqlik orqali xabar berish qurilmalari yong'indan paydo bo'ladigan issiqlikni qabul qiladi, tutun xabarchisi-tutunga bog'langan bo'ladi, alangani yorug'lik xabarchisi qabul qiladi, aralashma xabarchilar tutun va alanga yoki tutun va issiqlik asosida qurilgan bo'lishi mumkin.
Avtomatik xabarchilar uning ishlash prinsipi nimaga asoslan-ganligi jihatidan bimetall, termoparalarga yoki yarim o'tkazgichlarga asoslangan bo'ladi. Issiqlik xabarchilari ishlash xossalariga qarab, maksimal, differensial va maksimal-differensial turlarga bo'linadi.
Maksimal tipdagi ATIM xabarchisi xonadagi belgilangan harorat chegara miqdoridan ortib ketganda ishga tushadi. Bu xabarchilar 60 va 80 °C haroratga moslangan bo'lishi mumkin, harorat shu nuqtaga chiqqandan keyin 2 minut davomida ishga tushadi. Muhofazalashi mumkin bo'lgan maydon 15 m2. Differensial tipdagi TEDS xabarchisi harorat keskin ortishi hisobiga ishlaydi. TEDS o'rnatilgan xona harorati 7 s ichida keskin ko'tarilib ketsa, u ishga tushadi. Sunday xabarchining muhofaza qilishmaydoni 30 m .
Maksimal differensial tipdagi xabarchilar tashqi muhit harorati ko'tarilishi hisobiga ishlaydi. Bunday xabarchilaming ishga tushish vaqti 50s, muhofaza maydoni 25 m atrofida. Issiqlik xabarchilari-ning ishlash uslublari va tuzilishlari har xil bo'lishi mumkin.
Issiqlik ta'sirida ishlaydigan xabarchilarning bitta umumiy kamchiligi bor. Ular alanga yoki issiqlik ajralgandan keyin 1—2 minut o'tgach ishga tushadi. Yong'in vaqtida mana shu 1—2 minut nihoyatda qimmatga tushishi mumkin.
Shuning uchun ham sanoat korxonalarida kam vaqt ichida ishga tushadigan xabarchilar o'rnatish maqsadga muvofiq. Bunday xabarchilar yong'in chiqishi bilan yoki birinchi chaqnash, tutun va uchqun chiqqan zahoti ishga tushishi kerak. Bunday asboblarni fotoelementlar ionizatsiya kameralari, yarim o'tkazgichlar va ter-moparalar yordamida amalga oshirish mumkin. Termoparaga asoslangan issiqlik xabarchilari issiqlikni elektr energiyasiga ayla-nishi asosida ishlaydi. Agar biz elektr zanjirni har xil elektr o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan turli materialdan tayyorlasak va ularning ulangan yerlariga har xil issiqlik bilan ta'sir ko'rsatsak, bu zanjirda ma'lum miqdorda elektr yurituvchi kuch (EYuK) hosil be'ladi. Bu elektr yurituvchi kuchning miqdori zanjirda ishtirok etayotgan yarim o'tkazgichning xossasiga va haroratlar farqiga bog'liq bo'ladi. Har xil yarim o'tkazgichlardan tashkil topgan elektr zanjiri termopara deb yuritiladi. Elektr yuritish kuchi miqdorini oshirish uchun EYuK ni tashkil qiluvchi termoparalar soni oshiriladi (batareya tuziladi).
T0L-10/100 stansiyasi sanoat obyektlaridan yong'in signalini qabul qilishga mo'ljallangan. Stansiya har biri 10 tadan nurga ega bo'lgan to'qqizta liniya blokini umuman Stansiya blokiga birlashtir-gan holda qabul qilish qurilmasiga ega. Stansiya har bir nurga cheklanmagan miqdorda xabarchilar ulash imkoniyatini berish bilan birga, xabar signalini qabul qiladi, yo'nalishlarning normal ish-layotganliginni tekshiradi va nosozliklarni aniqlaydi, xabar signalini yong'inni o'chirish bo'limiga uzatadi. va shuningdek, o't o'chirishning avtomatik tizimlarini ishga tushiradi.
RUOP-I radioizotop ustanovkasi yonib ketgan joylarni tutun bo'yicha aniqlab, yorug'lik va ovoz signalarini beradi, yong'inga qarshi avtomatik tizimlarni ishga tushiradi. Bulardan tashqari yana bir necha signal qabul qilish stansiyalaridan foydalaniladi
14.21 O’t o'chirish vositalari
Har qanday yong'inni o'chirishda yong'inning kuchayishiga olib kelayotgan omillarni va sharoitni aniqlash muhimdir. Bunda yonishning davom etishini to'xtatuvchi sharont yaratish katta rol o'ynaydi. Yong'inni o'chirish paytida qattiq jismlar yonganda yong'inning tezligi 4 m/min, suyuqliklar yuzasi bo'yi esa 30 m/min bo'lishini hisobga olish kerak.
Yonishdan hosil bo'lgan mahsulotlar asosan qattiq changsimon moddalar, bug'lar va gazlardan iborat bo'ladi. Ular tufayli hosil bo'ladigan harorat esa moddaning yonganda issiqlik ajratishi, yon-ish tezligi va alanganing tarqalishi, shuningdek, binoning hajmi va havo almashish sharoitlariga bog'liq bo'ladi.
Yuqori harorat ta'sirida qizigan tutun yonish mahsulotlarining tezlikda tarqalishga yordam beradi, shuningdek, xona tutunga to'ladi va bu o'z navbatida yong'inni o'chirishga xalaqit beradi.
Yong'in vaqtida ko'p miqdorda inert gazlar, yonuvchi gazlar va shuningdek, tutun ajralib chiqadi. Yonuvchi gazlarning asosiy qismi zaharli bo'lib, ularning zararli ta'siri yonayotgan materiallarining turi va yonishning jadalligiga bogliq.
Yong'inga qarshi muhofaza qatlamlari yonganda (brom birikj malari va xlor), yog'och materiallar (SO) polimer qurilish materiallari va boshi juda ko'p hollarda umuman zararli ta'siri bor, jumladan, zaharli gazlar ajralib chiqadi. To'la yonib bo'lmagan qoldiq mahsulotlar qizigandan keyin va sof alanga oqim ta'sirida qaytadan alanga olib ketishi mumkin.
Yong’in (o’t) o’chirish vositalari va usullari.O’t o’chirish usullari quyidagicha bo'lishi mumkin:
yonayotgan zonani ko'p miqdorda issiqlik yutuvchi materiallar yordamida sovutish;
yonayotgan, materiallarni atmosfera havosidan ajratib qo'yish;
yonayotgan zonaga kirayotgan havo tarkibidagi kislorod miqdorini kamaytirish;
maxsus kimyoviy vositalarini qo'llash. O't o'chirish vosita-lari sifatida, suv bug'lari, kimyoviy va mexanik ko'piklar, inert va yonmaydigan gazlar, qattiq kukunsimon materiallar, maxsus kimyoviy moddalar va aralashmalardan foydalaniladi.
Suv bilan o’chirish. Suv eng ko'p tarqalgan arzon va shuning bilan birga deyarli hamma yerda mavjud bolgan o't o'chirish vositasi bo'lib, har qanday masshtabdagi yong'inlarni o'chirish mumkin.
Suvning o’t o'chirishdagi asosiy xususiyati—uning ko'p miqdorda issiqlik yutishiga asoslangan. U yonayotgan o'choqning haroratini keskin kamaytirib, yonmaydigan holatga olib keladi. 1 litr suvni 1°C gacha isitish uchun 4,2 kJ issiqlik sarflanadi. Demak, 1 litr suvni havo harorati 20 °C dan qaynash haroratigacha chiqarish uchun 335 kJ issiqlik sarflanadi. Uning bunga aylanishi uchun esa 2260 kJ issiqlik ketadi. Bundan tashqari 1 litr suvning 1700 litr aylanishini hisobga olish kerak. Suv yonayotgan zonadan kislorodni siqib chiqarib alanganing uchishini ta'minlaydi.
Suv bilan reaksiyaga kirishishi mumkin bo’lgan moddalarni, rnasalan, ishqoriy yer metallar: kaliy, natriylarni suv bilan o'chirib bo'lmaydi. Chunki bu metallar hattoki 0 °C dan past haroratda ham suv bilan reaksiyaga kirishib, suv tarkibidan vodorodni siqib chiqaradi, uning havo bilan aralashmasi portlashga xavfli aralashma hosil qiladi. Shuningdek, kuchlanish ostida bo'lgan elektr qurilma-larini ham suv bilan o'chirib bo'lmaydi. Bunda o'chimvchi hayoti uchun xavfli vaziyat vujudga keladi. Chunki suv elektr tokini yaxshi o'tkazadi. Bundan tashqari yonayotgan kalsiy karbidni ham suv bilan o'chirib bo'lmaydi, natijada asetilen ajralib chiqib portlash xavfi vujudga keladi. Suvni kuchli oqim sifatida, purkash yo'li bilan mayda zarrachalar holida va shuningdek, ko'piklantirilgan holatlarda qo'llab, olovni o'chirish mumkin. Kuchli suv oqimi sifatida yonayotgan zonaga yo'naltirilgan suv, birinchidan, alangaga zarba beradi, ikkinchidan, yonayotgan yuzani sovutadi. Shu yol bilan alangalanayotgan yong'inlarni uzoqdan turib o'chirish murrkin.
Bunday yong'inlarda olov tafti kuchli bo'lganligidan yaqin kelish imkoniyati deyarli bo'lmaydi. Kuchli suv oqimi bunday yong'inga yo'naltirilganda asosan sovutish hisobiga shlanga susayadi va alanga tarmoqlari suv kuchi bilan uzib yuboriladi. Ammo kuchli suv oqimi bilan har qanday yong'inni ham o'chirish imkoniyati bo'lavermaydi. Masalan, bunday usuldan yengil alan-galanuvchi suyuqliklarni o'chirishda foydalanish, aksincha, yomon oqibatga olib keladi. Chunk yengil alangalanuvchi suyuqliklar kuchli suv oqimi ta'sirida katta maydonlarga tarqab ketishi, suvdan yengil bo'lganligi sababli suv yuzasida yonishini davom ettirishi va shuning natijasida yong'inning katta maydonlarga tarqab ketishiga sababchi bo'lishi mumkin.
Agar suv purkash yo'li bilan ishlatilsa, bunda suv zarralarining kattaligi 0,1 mm dan kichkina bo'lsa, unda suv zarralarining yonuvchi jismlar bilan tutashish yuzalari katta bo'lganligi sababli yonayotgan zonadan issiqlikni yutish kattalashadi, shuningdek, suv zarralari kichik hajmga ega bo'lganligi sababli, uning bug'lanishi kuchayadi. Bunda havo siqib chiqarilib, o'chirish o'z-o'zidan tezlashadi.
Binolarning ichidagi yong'inlarni suv purkash usulida o'chirish ham yaxshi natija beradi. Bu usul bilan xonadagi haroratni pasaytirish va tutunga qarshi kurashish mumkin. Bunda suvni binoning yuqori qismiga purkash kerak toki, purkalgan suv iloji boricha ko'proq yonish mahsulotlariga tegadigan bo'lsin. Purkalgan suv zarrachalari pastga qarab yo'naladi, ko'tarilayotgan issiqlik bilan to'qnashib bug'ga aylanadi va bu bug' yo'nalishini o'zgaitirib, yuqoriga qarab ketadi. Bug' xonaning yuqori tomonini egallab yonayotgan zonani bosadi. Yirikroq zarrachalar esa qizib, pastga qarab yunalish davrida yonishdan hosil bo'lgan mahsulotlar bilan birikib, pastroqdagi yonish o'chog'iga yo'naladi va bu yerda buklanib, yana havoning o'rnini egallaydi. Bu bilan ajralayotgan tutun bosimi xonani sovutadi, bosim oitishi hisobiga esa kislorodli havoning kirish yo'lini kamaytiradi. Bu esa yong'inni o'chirish imkoniyatini beradi. Suv purkash yo'li bilan 120 °C dan yuqori haroratlarda chaqnashi mumkin bo'lgan yonuvchi suyuqliklarni o'chirishda ham foydalanish mumkin.
Bug’ yordamida o’chirish. Ba'zi bir sanoat korxonalarida juda ko'p miqdorda bug' hosil bo'lishi mumkin. Bunday korxonalarda yong'in chiqqan taqdirda bug'dan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bug' bilan o'chirishning asosiy qonunyati shuki, xonalarga yuborilgan bug' kislorodga boy havoni siqib chiqarib, uning o'rnini egallaydi. Bug'ning o't o'chirish samaradorligi uning ma'lum bir xonaga yuborilgan miqdoriga bog'liq bo'ladi. Bug'da bug' yonayot-gan xonadagi asosiy bo'shliqlarning hammasini to'ldirib, kislorodli havoni butunlay siqib chiqarishi kerak. Bunda hosil bo'ladigan or-tiqcha namlik o't o'chirishning asosiy vositasi bo'la olmaydi.
Bug' bilan o't o'chirishning mazmunini quyidagicha tushuntirish mumkin. Yong'in bo'layotgan xonaga qisqa muddat (5—10 minut) ichida ko'p miqdorda, ya'ni u to'lguncha bug' yuboriladi va tirqishlar iloji boricha berkitiladi. Bug' xonani butunlay qoplab, u yerdagi kislorodli havoni qisman siqib chiqaradi, qolgan qismida, xonaning yong'in hisobiga va yuborilgan bug' hisobiga 85 °C dan ortiq isib ketganligi sababli kislorod miqdori 31 foizga qisqaradi va xonadagi kislorod miqdori 15—16 foizga kamayadi.
Bu esa yong'inning davom etishi imkoniyatini yuqotadi.
Yong’inga qarshi suv ta’minoti. Odatda o't o'chirish uchun ishlatiladigan suv katta bosim ostida kuchli oqim sifatida alangalanayotgan joyga yuboriladi. Buning uchun yetarli bo'lgan bosimni shahar sharoitida umumiy shahar vodoprovod tarmoqlari orqali hosil qilinadi. Yoki bo'lmasa ba'zi bir yerlarda maxsus tayy-orlangan hovuz va idishlardan foydalanish mumkin. Sanoat korxonalarida ko'pincha yong'in o'chirish uchun vodoprovod tizimlarini shahar sharoitlarida ham o'tkazish maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun sanoat maqsadlarida va o't o'chirishda ichimlik suvlari vodoprovodlaridan foydalaniladi.
Past bosimga mo'ljallangan vodoprovod tizimidagi suv bosimi ma'lum miqdordagi suvni yer yuzasidan kamida 10 m uzoqlikka o'tishi kerak.
Yuqori bosimga mo'ljallangan vodoprovod tizimida esa ma'lum miqdordagi suvni stvollar yordamida binoning eng yuqori nuqtasidan kamida 10 m uzoqlikka otib berishi kerak. Bunday vazifalar vodoprovod baklarini yetarli darajadagi balandlikka o'rnatish bilan yoki ayrim hollarda nasoslar yordamida bajariladi.
Sanoat korxonalarida o't o'chirish uchun kerak bo'ladigan suv miqdori sanoat korxonasining yong'in toifasi va bu binoning o'tga chidamlilik darajasiga va uning umumiy hajmiga qarab belgilandi.
Mashinasozlik sanoat korxonalarida yong'in o'chirish uchun suvning miqdori 10 1/s dan 40 1/s belgilanadi. Agar yong'inni o'chirish uchun vodoprovod tizimidan suv olishining texnik to-monidan mumkin bo'lmasa (masalan, ichimlik suvni ingichka vodoprovod quvurlari orqali keltirilayotgan bo'lsa), unda sanoat korxoalari hududida suv saqlovchi qurilmalar tashkil qilinadi. Bundan suv saqlovchi qurilmalardan yong'in vaqtida olinadigan suvning maksimal miqdori 3 soatga yetadigan bo'lishi kerak.
Yong'inga qarshi ko'rilgan vodoprovod tizimlari aylanma vodoprovod tizimiga ikkita suv quvuri bilan ulanadi. Yong'inga qarshi gidrantlar sanoat korxonasi maydonida bir-biridan 100 m dan ortiq bo'lmagan masofada joylashtiriladi, ular bino devoriga va ko'chalar kesishgan joylarga 5 m dan yaqin bo'lmasligi kerak.
Yong'inga qarshi vodoprovod har qanday sanoat korxonasida o'rnatilishi shart. Binolari I va P darajadagi ba'zi bir o'tga chidamli konstruksiyalardan qurilgan binolarda G va D toifadagi sanoat korxonalari bundan mustasno.
Yong'inga qarshi vodoprovodlar binolar ichida sanoat maqsad-larida qurilgan vodoprovodlar bilan birlashtirilishi mumkin.
Yong'inni ichkari tomonidan o'chirishga mo'ljallangan vodoprovodlardagi suv miqdori, ikki joydan kuchli oqim sifatida suv berilganda, har biri 2,5 1/s suv miqdorini ta'minlay olishi kerak.
Bunda suv bosimi suvni kamida bm masofaga yetkazib berishi kerak. Yong'in o'chirish yenglari yumshoq to'qima materiallardan ishlangan bo'ladi va diametri 51 va 66 mm qilib tayyorlanadi. Ularning uzunligi 10 va 20 m. Bino ichkarisida o'rnatilgan yong'inga qarshi gidrantlar oralig'i 10 yoki 20 metrli yenglar yordamida yong'inni o'chirish uchun kuchli suv oqimi binoning eng baland va eng uzoq nuqtasini ikkala gidrant orqali suv purkash imkoniyatini beradigan qilib o'rnatiladi. Ichkarida o'rnatilgan yong'in kranlari pol yuzasidan 1,35 m balandlikda o'rnatiladi.
Ko’pik bilan o’chirish. Ko'pik bu suyuqlikning maydalangan tizimi bo'lib, bunda havo bir-biridan suyuqlikning tarang sirtlari bilan ajratilgan bo'ladi. Ko'pik hosil qilishi uchun havo zarralarini suv qobig'i bilan o'rash, ya'ni havo zarralarini suvga singdirish kerak. 76-rasm Ishqorlar bilan kislotalar aralashmasining kimyoviy reaksiyasi, yoki suv bilan ko'pik hosil qiluvchi modda va havo aralashmasini mexanik aralashtirish asosida ko'pik hosil qilinadi.
Kimyoviy ko'pik 80 foiz karbonat angidrid gazi, suv va 0,3 foiz ko'pik hosil qiluvchi moddadan tashkil topadi. Mexanik ko'piklar esa 90 foiz havo, 9,6 foiz suv va 0,44 foiz ko'pik hosil qiluvchi
54-rasm.
Qattiq moddalar va asosan yengil alangalanuvchi suyuqliklar yonib ketganda ko'pik bilan o'chirish yaxshi natija beradi. Chunki yengil alangalanuvchi suyuqliklar solishtirma og'irligi suvdan yengil va ularni suv bilan o'chirib bo'lmaydi.
Ko'pik bilan o'chirishning asosiy xususiyiti shuki, u yengil alangalanuvchi suyuqlik yuzasini yoki qattiq jism yuzasini yupqa ko'pik qavati bilan ko'plab, yonayotgan modda bilan havodagi kis-lorod o'rtasida to'siq hosil qiladi. Bu to'siqning mustahkamligi ko'pikning turg'unlik xossasiga bog'liq bo'ladi. Ko'pik tez alangalanuvchi suyuqlikdan ancha yengil bo'lganligi sababli, uning yuzasida muhofaza qobig'i tashkil etadi, bu qobiq suyuqlik bug'lari hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi, shuningdek, kislorodni kiritmaydi. Agar ko'pikning turg'unligi kam bo'lsa, unda suyuqlik yuzasida uzilish hosil bo'lishi mumkin, ya'ni tarang tortilib turgan parda ochilib ketishi mumkin, bu esa, albatta, alangalanishning qaytadan boshlanishiga sharoit yaratadi. Bundan tashqari ko'pikning issiqlik o'tkazish xususiyati juda past bo'lganligidan, yonayotgan yuzadan issiqlikning suyuqlik yuzasiga ta'sir etishiga to'siqlik qiladi.
55-rasm.Ko'pik hosil qilish generator
Kimyoviy ko'piklar asosan qo'lda ishlatiladigan o't o'chirgichlarda keng qo'llaniladi (54-rasm). Ularning muhim o'rnatiladigan va zambilg'altakda olib yuriladigan turlari ham bor (55-rasm). Mexanik ko'piklar esa 4—6 ko'pik hosil qiluvchi poroshoklar yoki aralashmalarni
370
suv va havo bilan aralashtirilishi hisobiga ko'pik generatorlari, ko'pik hosil qilish stvollarida ko'pikka aylantirib foydalaniladi.
O'chirish uchun ishlatiladigan ko'piklarning tavsifli belgalari, ularning turg'unligi va ko'pik hosil qilish darajasidir. Ko'pik hosil qilish darajasi bu ko'pikni hosil qilish uchun sarflanadigan mod-dalarga nisbati hisoblanadi. Ko'pik hosil qilish darajasi kimyoviy ko'piklar uchun 5, mexanik ko'piklar uchun 8—12 bo'lishi mum-kin. Yuqori ko'piruvchi mexanik ko'piklarda bu miqdor 100 va un-dan katta bo'ladi. Ko'pikning turg'unligi esa uning katta haroratda so'nmasdan, ma'lum vaqtgacha chidash berishi hisoblanadi. Kimyoviy ko'piklar suyuqlik yuzasida bir soatgacha, PO-I yor-damida olingan mexanik ko'piklar 30 min, PO-6 yordamida hosil qilingan ko'piklar esa 40-45 minut turg'unlikka ega bo'lishi mumkin.
Sanoat korxonalaridagi o't o'chirish tizimlarining asosiy qis-mini suv va ko'piksimon moddalar tashkil qiladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, suv va ko'pik bilan hamma yerda va har qanday yong'inlarni o'chirish mumkin emas. Chunki ba'zi bir holatlarda kimyoviy reaksiyalar sanoat chiqindilari ta'sirida yetarli darajada unumdor ko'pik ajratmasdan, ulardan boshqa moddalar ajralib chiqishi yong'inning kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Ko'pikni xilma-xil qurilmalarda hosil qilish mumkin: bular doimiy o'rnatilgan, ko'chirib yurish mumkin bo'lgan yoki harakat-lanuvchi qurilmalar va qo'lda ishlatiladigan o't o'chirgichlardir.
Qo'lda ishlatiladigan ko'pikli o't o'chirgichlar juda keng tarqalgan. Bunga sabab o't o'chiruvchi moddani xohlagan vaqtda ishlatish mumkin. Uni bir odam bir necha sekund davomida ishga tayyorlashi va oson ishlatishi mumkin. Bundan tashqari, undan ajralib chiqadigan ko'piksimon modda oqim sifatida anchagina bosim yordamida (6-8) bir necha metr masofadagi yonayotgan zonaga (6-8 m) yo'naltirilishi mumkin. Yonayotgan xonaga kiritiladi. SO bilan o'chirganda uning zaharliligini hisobiga olish kerak, uning hattoki 10 foiz miqdorida nafas olish, o'limga olib keladi. Shuning uchun undan foydalanganda maxsus signal tizimlari bo'lishi kerak. Shuni aytib o'tish kerakki, 1 1 suyultirilgan karbonat kislotasi 506 1 gazga aylanadi.
14.22 Karbonat kislotaiar yordamida o’chirish.
Sanoat korxonalarida faqat qattiq yoki suyuq moddalargina emas, balki elektr qurilmalari, stanoklar va boshqalar ham yonib ketishi mumkin.
Ma'lumki, yuqorida aytib o'tilgan o't o'chirish vositaiarini qo'llash, ya'ni ko'pik yoki suv yordamida o'chirish, ular elektr tokini yaxshi olkazganligi tufayli ularni elektr qurilmalarini uchirishsa, mutlaqo ishlatib bo'lmaydi. Chunki bunda o't o'chiruvchining elektr toki ta'siriga tushib qolish xavfi bor. Shiming uchun bunday hollarda karbonat kislotalaridan foydalaniladi. Ma'lumki, karbonat kislotalari (ya'ni SO,) bilan o'chirishning ikki xil usuli qo'llaniladi. Birinchisida SO2 to'ldirilgan ballonlar yona-yotgan xonaga kiritiladi. SO2 bilan o'chirganda uning zaharliligini hisobga olish kerak, uning hattoki 10 foiz miqdorida nafas olish, o'limga olib keladi. Shuning uchun undan foydalanganda maxsus signal tizimlari bo'lishi kerak. Shuni aytib o'tish kerakki 1 1 suyultirilgan karbonat kislotasi 506 1 gazga aylanadi.
Ikkinchisi usulda SO2 o't o'chirgichlarga to'ldiriladi. Bunday o't o'chirgichlarning OU-2,
OU-5, OU-8 turlari (56-rasm) keng qo'llaniladi. Bu o't o'chirgichlarni ishlatishda uning yuqori qismiga o'rnatilgan ventil burab ochiladi. O't o'chirgichga to'ldirilgan su-yultlrilgan SO2 bosim ostida uning ichki tomonidan siqib chiqarila boshlaydi. Suyultirilgan SO2 nihoyatda tezlik bilan bug'lanishi hi-sobiga qorsimon massaga aylanadi. Nihoyatda sovuq bo'lganligi uchun elektr qurilmasiga yo'naltirilgan taqdirda uni o'rab sovutadi (uning sovuqligi-81 °C atrofida bo'ladi) va havo o'tkazmaganligi sababli o'chirishga erishiladi. Bu o't o'chirgichlarning son ko'rsatkichlari uning hajmini bildiradi.
56-rasm. 2, 5, 8 litr hajmga ega bo'lgan karbon kislotali o't o'chirgichlarning umumiy ko'rinishi.
Sanoatda karbonat kislotali, zambilg'altaklarga o'rnatilgan 25, 50 1 va undan katta hajmdagi turlari ham mavjud. Bundan tashqari tarkibiga galogenlar qo'shilgan o't o'chiigichlardan ham keng foydalaniladi. Asosiy xususiyati shuki, ular kimyoviy reaksiyani to'xtatishi mumkin..
14.23 Maxsus kimyoviy vositalar yordamida o'chirish
Yonuvchi metallarni o'chirish juda mushkul ish. Bunday yonuvchi metallar qatoriga kaliy, natriy, litiy, sirkoniy, magniy va boshqalarni kiritish mumkin. SC>2 magniyning yonishini tezlashtirib yuboradi. Yonayotgan metallga suv sepib o'chirmoqchi bo'lsangiz, unda portlash ro'y berib, metall parchalari ancha uzoq masofalarga tarqalib, yonish zonasini kengaytirib yuboradi. Hattoki, qumq qum ham yonayotgan metall ta'siriga tushib qolishi va qumning parcha-lanishi kuzatiladi. Bunda sof kremniy birikmalari hosil boladi. Kremniy namlikni o'ziga tortib, reaksiyaga kirishadi, natijada yonuvchi va zaharli kremniy oksidi hosil bo'ladi. Shuning uchun bunday metallarni o'chirishda maxsus kimyoviy kukunlardan foydalaniladi. Asosan kukunsimon grafit, Na2CO3,MgCO3, MgO2 va ulaming aralashmalari, shuningdek, suyultirilgan inert gazlardan foydalanish mumkin.
14.24 Avtomatik o’t o'chirish vositalari
Avtomatik o't o'chirish tizimiga sprinkler qurilmalari kiradi. Sprinklerlar asosan yong'in xavfi yuqori bo'lgan sanoat korxonalariga o'rnatiladi. Mashinasozlik korxonalari yong'inga uncha xavfli bolmaganligi sababli, unga sprinkler qurilmalari o'rnatilmaydi.
Sprinkler qurilmalari o'rnatiladigan xonalarga yoki sexlarga bosim ostida suv o'tkazuvchi quvurlar o'tkaziladi va bu quvurlarga sprinkler boshchalari o'rnatiladi. Mabodo yong'in sodir bo'lsa, issiqlik ta'sirida sprinkler ishga tushadi, ya'ni suv chiqish teshigi ochilib, suv sepa boshlaydi. Uning suv chiqarish teshigidan ma'lum masofada o'rnatilgan doira shaklidagi to'siq suvni keng ko'lamda sachrashini ta'minlaydi; Har bir sprinkler boshchasi 6-9 m maydonga suv sachratib, o't o'chirishni ta'minlaydi. Bunday qurilmalar o'rnatilgan korxonalarda sodir bo'lgan yong'inlarning 90 foizi shu qurilmalar o't o’chirish komandalari kelgunda qadar o'chirishga ulgurgani aniqlangan. Sprinkler qurilmasining asosiy ishchi qismi sprinkler boshchasi hisoblanadi. Uning bir tomoni rezbali qilib tayyorlangan. Shu tomonini suv o'tkazuvchi quvurga burab o'rnatib qo'yiladi. Uning ikkinchi tomoniga bronzadan qilingan halqa, halqa tutqichi oxiriga esa deflektor o'rnatilgan. U sprinkler bosh-chasi teshigidan chiqadigan suvga to'siq vazifasini bajaradi. Suv deflektorga urilib bar tornonga yoyilib sochiladi. Bronza halqa sprinkler boshchasiga yupqa metalldan qilingan diafragmani qisib turadi. Diafragma o'rtasida teshik qolib, u shisha klapan bilan berkitilgan. Bu klapanni yiipqa plastinka ushlab turadi. Plastinka asosi halqa bilan yengil eruvchan modda yordamida yopishtirib qo'yilgan. Yengil eruvchan moddaning eruvchanligi sharoitga moslab tanlanishi mumkin. Agar bino ichidagi havo harorati ko'tarilsa, unda yengil eruvchan modda erib ketadi va bu diafragma teshigini berkitib turgan shisha klapanning tushib ketishiga sababchi bo'ladi. Shundan keyin sprinkler boshchasi ma'lum maydon bo'ylab suv sepa boshlaydi.
Sprinkler tizimiga keltirilgan suv ma'lum qurilmalar orqali o'tganligi sababli, bu qurilmalar yong'in chiqqanini bildiruvchi sirena bilan signal beradi.
Sprinkler qurilmalari bilan bir qatorda drencher qurilmalaridan ham keng foydalaniladi. Drencher qurilmalarining sprinklerdan asosiy farqi shuki, unda yengil eruvchan qulfli qurilma o'rnatilmaydi. Ularni ishlatish asosan suv o'tkazish kranlarini ochish yo'li bilan amalga oshiriladi.
14.25 Yong'inga qarshi kurash xizmatini tashkil qilish
Sanoat korxonalarida yong'inga qarshi kurash ishlarini shu korxonalarning yong'inga xavflilik darajasiga qarab, korxona ma'muriyati belgilaydi. Agar sanoat korxonasi yong'inga xavfli bo'lsa, unda yong'inga qarshi kurash bo'limi tashkil qilinadi. Bunday bo'lim o'zining maxsus yong'inga qarshi kurash komandalarini tashkil qiladi.
Agar sanoat korxonasining yong'inga xavflilik darajasi past bo'lsa, unda yong'indan muhofaza qilish ishlarining asosiy yo'nalishi yong'in chiqib ketmasligini va chiqqan taqdirda ham kattalashib ketmasligini ta'minlashga qaratilgan ehtiyot chora-tadbirlari hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda davlat yong'inga qarshi qurash nazoratini ichki ishlar vazirligining yongindan muhofaza qilish boshqarmasi amalga oshiradi.
Uning asosiy vazifasi-sanoat korxonalarida yong'in va portlashga olib keladigan sabablarni yo'qotishga qaratilgan tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishdan iborat. Bu ishlarni yong'inga qarshi kurash inspektorlari bajaradi. Ular xohlangan vaqtda sanoat korxonalarini, omborlarni, bino va qurilmalarni ko'zdan kechirishi, xohlangan sanoat korxonasi yoki ayrim shaxslardan yong'in xavfsizligiga taalluqli hujjatlar va ma'lumotlarni talab qilishi, binolarda yong'in bo'lgan taqdirda uni tezda bartaraf qilish imkoniyatlarini beradigan yong'inga qarshi kurash birlamchi vositalarining tayyorligini va shuningdek, majburiy qarorlar, qoida va normalar qanday bajarilayotganligini tekshirishi mumkin.
Davlat yong'inga qarshi kurash nazorati organlari yong'in xavf sizligi qoida, norma va talablarini bajarmagan va shuningdek, yong'inga qarshi kurashning birlamchi vositalari hamda kerakli asbob-anjomlarni noto'g'ri saqlagani va boshqa maqsadlarda foydalangani uchun sanoat korxonasi rahbar xodimlariga, sex boshliqlari va boshqa javobgar shaxslarga jarima solish huquqiga ega.
Nazorat savollari:
1.Yong’in havfsizligi.
2.Yong’inni oldini olish sistemasi.
3.Yonginga qarshi himoya sistemasi.
4.Yong’in va portlash sabablari.
|
| |