|
Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari
|
bet | 2/6 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 182,41 Kb. | | #125080 |
Bog'liq Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralariYonginga qarshi himoya sistemasi - yongin o’chirish jihozlari va texnikalaridan, yonginning xavfli omillaridan himoya qiluvchi shaxsiy va jamoa himoya vositalaridan, yongin signalizatsiyasi va yongin o’chirish sistemasining avtomatik qurilmalaridan foydalanish, ob’ektning konstruksiyalari va materiallariga yongindan himoyalovchi tarkibli bo‘yoqlar bilan ishlov berish, tutunga qarshi himoya sistemalari, evakuatsiya yo’llari bo’lishini ta’minlash, binoning yongin mustahkamliligi darajasini to’g’ri tanlash kabi tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Yonginning tarqalishini oldini olish sistemasi yonginga qarshi to’siqlarni o’rnatish, qurilmalar va inshootlarda avariya holatida o’chirish va qo’shish jihozlaridan va yongindan to’suvchi vositalardan, yongin vaqtida yonuvchi suyuqliklarning to’kilishini oldini oluvchi vositalardan foydalanish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Tashkiliy-texnik tadbirlarga yongindan himoyalanish xizmatini tuzish, uni texnik jihozlar bilan ta’minlash, yongin xavfsizligi bo’yicha ob’ektdagi moddalar, materiallar, jihozlar, qurilmalar va texnologik jarayonlarni pasportlashtirish, yongin muhofazasi bo’yicha mutaxassislar tayyorlash va ularni o’qitish, yongin xavfsizligi bo’yicha yo’riqnomalar va aholi o’rtasida turli xil tadbirlar o’tkazish, yonginga qarshi ko’rsatmalar ishlab chiqish va boshqa shu kabi tadbirlar kiradi.
14.2 Yong’in va portlash sabablari
Yonginning kelib chiqishini oldini olish tadbirlaridan eng asosiysi, uning sabablarini puxta bilish va shunga mos holda yongin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishdan iboratdir.
Yonginning asosiy sabablariga quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: taqiqlangan joylarda chekish, ochiq alangalardan foydalanish; yongin xavfsizligi bo’yicha texnologik jarayonlarini buzish, ularga amal qilmaslik; materiallarni saqlash qoidalariga rioya qilmaslik (masalan, so’ndirilmagan ohak yoki xlorli ohakga suv aralashsa, harorat 8000 S gacha yetishi mumkin); statik elektr zaryadlariga qarshi texnik qurilmalardan foydalanmaslik; atmosferaning kuchli zaryadlaridan himoyalovchi qurilmalardan foydalanmaslik (yashin vaqtida 2V dan 8 mln V kuchlanish, 200000 A tok kuchi miqdorida elektr zaryadlari hosil bo’lishi mumkin); ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik; elektr jihozlari va qurilmalarini noto’g’ri o’rnatish yoki ularni zo’riqtirish; isitish sistemalaridan noto’g’ri foydalanish; bug’ qozonlari va issiqlik generatorlaridagi avtomatik qurilmalarning nosozligi yoki ularning noto’g’ri o’rnatilishi; ishlab chiqarish binolari havosi tarkibidagi gaz, bug’ va changlarni me’yorlashtirilmaganligi va boshqa shu kabilar.
Statik elektr zaryadlari. Tuzilishi va tarkibi jihatidan bir xil bo’lmagan ikki materialning o’zaro ishqalanishi natijasida va ayrim suyuqlik yoki gazlarning quvurlarda katta tezlikda harakatlanishi oqibatida statik elektr zaryalari hosil bo’ladi. Masalan, avtomobil beton yo’lda harakatlanayotganida, uning g’ildiraklari yo’l uzra sirpanishi natijasida yoki qum va tosh zarralarining avtomobilga urilishi natijasida- 3000V, benzinni po’lat quvurlarda katta tezlikda harakatlanishida - 3600V, tezligi 15 m/s bo’lgan tasmali uzatmalarda - 80000V, tasmali transportyorlarda -45000Vgacha statik elektr zaryadlari hosil bo’lishi mumkin. Statik elektr zaryadining miqdori materiallarning tarkibiga, ishqalanuvchi qismlarning yuzasiga, zichligiga, solishtirma elektr qarshiligiga, texnologik jarayonning intensivligiga va muhitning mikroiqlim holatiga bog’liq bo’ladi.
Statik elektr zaryadlari ta’sirida turli xil jarohatlanishlar, yong’inlar va portlashlar kelib chiqishi mumkin. Yuqori miqdorda statik elektr zaryadlari hosil bo’ladigan muhitda inson organizmining musku llari keskin qisqarishi, uzoq vaqt statik elektr zaryadlari ta’sirida ishlash oqibatida esa nerv faoliyatining buzilishi, tayyorlanadigan mahsulot sifatining pasayishi kuzatiladi.
Statik elektr zaryadlarining hosil bo’lishini va to’planishini turli xil yo’llar bilan oldini olish mumkin, jumladan ish joyi mikroiqlim holatini meyorlashtirish, yani xona xavosi nisbiy namligini 70% dan kam bo’lmasligiga erishish; asosiy materiallarga antistatik materiallar qo’shish; muhit havosini ionizatsiyalash; ishqalanuvchi yuzalarga teskari belgili zaryadlarni kiritish va b. Statik elektr zaryadlarining xavfli va zararli ta’siridan himoyalanishning asosiy yo’llaridan yana biri-jihozlar va sig’imlarning metall qismlarini yerga ulashdir. Yerga ulashda elektrod sifatida po’lat trubalardan, burchaksimon po’latlar va armaturalardan foydalanish mumkin. Statik elektr zaryadlari hosil bo’lish extimoli bor bo’lgan statsionar mexanizmlar va sig’imlarning yerga ulash qurilmalarini qarshiligi 100 Om dan, texnologik jarayonda ishtirok etayotgan uskuna, qurilma va jihozlar sistemalari uchun esa bu ko’rsatkich 10 Om dan kichik bo’lishi zarur.
|
| |