Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari




Download 182,41 Kb.
bet4/6
Sana20.12.2023
Hajmi182,41 Kb.
#125080
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari

daraja yonginga chidamlilikdagi binolarga barcha konstruksiyalari yonmaydigan, yuqori yonginga chidamlilik chegarasiga (0,5-2,5 soat) ega bo’lgan binolar kiradi;

  • daraja yonginga chidamlilikdagi binolarga konstruktiv elementlari yonmaydigan, yuqori chidamlilik chegarasiga (0,25-2,0 soat) ega binolar kiradi.

  • daraja yonginga chidamlilikdagi bino va inshootlar yonmaydigan va qiyin yonuvchi materiallardan tayyorlanadi;

  • daraja yonginga chidamlilikdagi binolarga barcha konstruksiyalari qiyin yonuvchi materiallardan tashkil topgan binolar kiradi;

  • darajadagi binolarga esa barcha konstruksiyalari yonuvchi materiallardan tashkil topgan binolar kiradi.

    Talab etilgan yonginga chidamlilik darajasi bino va inshootlarning konstruksiyasi, vazifasi, necha qavatliligi, texnologik jarayonlarni yonginga xavfliligi va yonginni avtomatik o’chirish vositalarini mavjudligiga bog’liq holda belgilanadi.
    Yog’och va boshqa yonuvchi materiallarning yonginga chidamlilik darajasi bir necha yo’llar orqali oshirilishi mumkin, jumladan: 1m yuzadagi yog’och konstruksiyaga 75 kg quruq tuzning suvdagi aralashmasini maxsus idishlarda singdirish yoki 1 m yog’ochga 50 kg quruq tuzni issiq-sovuq vannalarda singdirish orqali; yongindan himoyalovchi tuzlarning suvdagi aralashmasi bilan (100 gr quruq tuz 1 m yuzaga) materiallarga yuza ishlov berish; yongindan himoyalovchi buyoqlar, suyuq shisha, tuproqli aralashma va boshqa shu kabilar bilan yuza ishlov berish; tuproqli garqons bilan suvash, garqons tolali plitalar o’rnatish, asbestosement materiallar qoplash. Koridorlar, yo’laklar, zinalar va II hamda IV yonginga chidamlililik darajasidagi yordamchi binolar sirtiga yongindan himoyalovchi qoplamalar bilan ishlov berish takiqlanadi. Yongindan himoyalovchi qoplamalar atmosferaga chidamli, namlikga chidamli va nam bo’lmagan muhitga chidamli bo’lishi mumkin. Atmosferaga chidamli qoplamalarga perxlorvinil buyoqlar PXVO, ISX, XL; namlikga chidamli qoplamalarga XD-SJ markali buyoqlar; nam emas muhitga chidamli qoplamalarga XL-K tarqonidagi, SK-L markali silikat buyoqlar, superfosfat va sho’rtuproqli surkamalar kiradi.
    O’t o’chiruvchi moddalar va ularning xususiyatlari. Eng keng tarqalgan o’t o’chirish moddalariga suv, suv bug’i, uglekislota, namlagichlar, ximiyaviy va havo-mexanik ko’piklar, galoid tarkibli uglevodorodlar, kukun tarkibli aralashmalar, uglerod ikki oksidi, brometil birikmalar, inert gazlar va boshqa mexanik vositalar (qum, tuproq, brezent va h.k) kiradi.
    O’t o ’chirish moddalari quyidagicha tasniflanadi:
    Yonginni o’chirish usuliga ko’ra - sovutuvchi (suv va qattiq uglekislota); suyultiriluvchi, ya’ni yongin zonasidagi kislorod miqdorini kamaytirish (ma’lum miqdordagi uglekislota gazi, yupqa zarrali suv, suv bug’i yoki inert gaz aralashmasi); izolyatsiyalovchi (yonish zonasi, atrof muhit bilan ko’pik yoki kukun pardasi hosil qilish orqali izolyatsiyalanadi); ingibir xususiyatli (tarkibi brometil, dibromtetraftor etan va brom metildan iborat galoid tarkibli uglevodorodlar, tarkibi 3,5-4 ND freondan iborat moddalar va b.);
    Elektr o ’tkazuvchanligi bo ’yicha - elektr o’tkazuvchi (suv, suv bug’i va ko’pik); elektr o’tkazmaydigan (gazlar va kukunlar);
    Zaharliligi bo ’yicha - zaxarsiz (suv, kupik va kukunlar), kam zaxarli (uglekislota va azot) va zaxarli (3,5-brometil, freon tarkibli).
    Suv o’t o’chirishda aloxida yoki turli xil ximiyaviy moddalar bilan aralashma holatida foydalaniladi. Suvning o’t o’chirish xususiyati yonuvchi moddani yonish haroratidan past haroratgacha sovutishga asoslangan. Suvning hajmi bug’lanish davrida 1700 va undan oshiq martagacha ortadi va bug’ yonish zonasidan kislorodni siqib chiqaradi.

    Download 182,41 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6




    Download 182,41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari

    Download 182,41 Kb.