Bu maʼlumotlarning
asosiy tashuvchi protokoli
TCP/IP
dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar
yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini
minglab
akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet
elektron
pochta
,
chat
hamda
oʻzaro bogʻlangan
sahifalar va boshqa
Butunjahon oʻrgimchak
toʻri
servislaridan tashkil topadi.
Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi
butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim
kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil
etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila
tarmoqlar hamkorlikda
isteʼmolchilarga ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum
boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush,
videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b.
koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi.
Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha
paytlarda Amerika mudofaa
departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab,
bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib
borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti
urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga
yangi qoʻshimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va
70-yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn
yillik xalqaro tarmoq,
asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi.
Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning
oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi.