|
Amaliy mashg‘ulot №11
|
bet | 3/11 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #256953 |
Bog'liq Solijonov (wecompress.com)Amaliy mashg‘ulot № 13
Kompyuter operatsion tizimini yangilash doim ham silliq ko‘chmagan. Yangi tizimda zarur dastur yoki sevimli biror ilovaning ishlamay qolishi foydalanuvchining ko‘nglini xira qilishi turgan gap. Shu sababli ham ko‘pchilik foydalanuvchilar kompyuterlaridagi operatsion tizimni yangisiga almashtirmaslikni ma’qul ko‘radilar.
Windows 10 operatsion tizimi e’lon qilinishi bilan bir qancha mish-mish, taxmin va munozaralar ham bolalab ketdi. Yangi operatsion tizimda noqonuniy tarqatilayotgan o‘yinlarga ta’qiq qo‘yilishi, litsenziyasiz o‘rnatilgan dastur va o‘yinlarning o‘chirilishi, operatsion tizimdagi ilova, dastur va hatto tizimning o‘zi pullik asosda bo‘lishi, pullik reklamalarning mavjud bo‘lishi kabi tasdiqlanmagan fikrlar ko‘payib ketgan edi.
Aslida esa unday bo‘lib chiqmadi. Windows’ning aksariyat ilova-dasturlari Windows 10 tizimida faoliyat ko‘rsatadi. Windows 7 qo‘llab-quvvatlagan barcha dasturlarni Windows 10 ham qo‘llab-quvvatlaydi. Ba’zi bir eskirib qolgan dasturlar esa faoliyatini tugatadi. Ammo, ularni ham Windows 10 tizimiga muvofiqlashtirishning bir qancha yo‘llari bor.
Sozlamalarning muvofiqligini tekshirish va sozlash
Windows 10 sozlamalarida eskirgan dasturlarni ham faollashtirish imkonini beradigan muvofiqlashtiruvchi jihat bor. Uni yoqish uchun dastur yoki ilova yoki faylning .exe yorlig‘iga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, “Muvofiq kelmaslik bilan bog‘liq nosozlikni tuzatish” buyrug‘ini bosing. Yoki Windows 10 “Pusk” menyusidagi dastur yorlig‘i ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, “Faylli papkani ochish” buyrug‘ini tanlang. Bu yerda ochilgan yorliq ustiga sichqonchani keltirib, “Xususiyatlari“ni tanlang. Ko‘rinib turgan 5 ta bo‘lim ichidan siz “Muvofiq kelishi” (Sovmestimost) bo‘limini tanlang. Bu yerda esa “Muvofiqlik bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish vositasini ishga tushirish” buyrug‘ini belgilab, buni tasdiqlang.
Boshqa qator sozalmalar orqali ham eski dasturlarni ishga tushirish mumkin. Misol uchun, juda eski o‘yinlar Windows 10 tizimida “Pasaytirilgan rangdorlik rejimi” (Rejim ponijennoy svetnosti)ni tanlaganda ham ishlab ketadi. DPI, ya’ni piksel sig‘imi juda yuqori bo‘lgan displeylarda esa “Yuqori sig‘imli ekranda tasvirni kengaytirishni o‘chirib qo‘yish” rejimi ham qurilmaga ba’zi eskirgan ilovalarni o‘qish yoki sifatli namoyish etish imkoniyatini yaratadi.
|
| |