|
Avvalgi drayverlarni nima qilish kerak?
|
bet | 4/11 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #256953 |
Bog'liq Solijonov (wecompress.com)Avvalgi drayverlarni nima qilish kerak?
Windows 10 tizimi siz kompyuterda operatsion tizimni yangilaganingizga qadar unda ishlagan barcha qurilma va aksessuarlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shu sababli, drayverlarga o‘zgartirish kiritish shart emas. Biror bir qurilma drayveri yangi tizimga mos kelmagan taqdirda tizim bu haqda sizni ogohlantiradi.
Kamdan-kam holda va nisbatan malakali bo‘lgan foydalanuvchilargina kompyuterdagi operatsion tizimni yangisiga almashtirgach, muayyan qurilma yoki aksessuar ishlab chiqaruvchisining saytidan drayverning yangilagan talqinini yuklab oladi.
To‘g‘ri, ba’zida nosozlik ham bo‘lishi mumkin. Ularni to‘g‘irlash uchun esa bu drayverni Internetdan qayta yuklab olish shart emas. Uni sozlash uchun qurilmalar Dispetcherini oching (buni oddiy usuli – sichqonchaning o‘ng tugmasini Pusk menyusiga bosing –> kerakli qurilma drayverini toping. Agar bu yerda qurilma drayveri sariq tusda bo‘lsa, unda bu yerda chindan ham nosozlik bor. Siz “Drayver –> Yangilash (Obnovit) –> Bu kompyuterda drayver qidiruvini amalga oshirish (Vipolnit poisk drayvera na etom kompyutere) –> O‘rnatilgan drayverlar orasidan drayver tanlash” amalini bajaring.
Tizim uni yangilashi uchun bir oz vaqt talab etiladi. Bu drayver qidir Internet tarmoqlarida sarson kezgandan ko‘ra yaxshiroq.
Windows 10’da faylni “beso‘roq ravishda” ochishga sozlash
Tizim ishlab chiqaruvchisi tomonidan foydalanuvchiga biror faylni muayyan ilova yoki dastur orqali ochish taklif qilinadi. Bu ilovalar ba’zi fayllarni to‘liq hajmda ochmasligi yoki yaxshi o‘qimasligi mumkin. Shu sababli, foydalanuvchi mazkur taklifni rad etib, o‘zi ma’qul ko‘rgan ilovadan ham foydalanishi mumkin. Buning uchun shu turdagi faylni “beso‘roq ravishda” ochishga sozlash lozim. Ya’ni, bundan keyin shu turdagi fayllar faqat tanlangan ilovada ochiladi. Tizim har gal buni foydalanuvchidan so‘rab o‘tirmaydi.
Foydalanuvchi ilova, filmlarni qaysi usulda ochishi, misol uchun, film yoki fotosuratlarni qay yo‘sinda ochishi, Internetda qaysi brauzerdan foydalanishini belgilab olsa, Windows 10 juda qulay tizimga aylanadi.
Windows 10 operatsion tizimida dasturlarni beso‘roq ravishda (po umolchaniyu), har doim muayyan ilova yoki dastur orqali ochishning yangicha talqini taklif etilmoqda.
Dasturni kontekst menyusidan bu usulda tanlash uchun sichqonchaning o‘ng tugmasini kengaytirish kerak bo‘lgan fayl ustiga bosing va ochilgan kontekst menyusidagi “Ko‘mak orqali ochish” (Otkrit s pomoщyu)ni tanlang.
Bu faylni boshqa bir ilova yordamida bir marta ishga tushirish uchun ro‘yxatdan unga mos keladigan dasturni tanlang. Agar faylni boshqa ilova orqali ishga tushirish zarurati tug‘ilsa, “Boshqa dasturni tanlash” punktini tanlang. Shunda turli ilovalar o‘rin olgan menyu paydo bo‘ladi. Bu yerdan esa faylni o‘qiy oladigan boshqa ilovani tanlang. Modomiki, ular orasida kerakli ilova bo‘lmasa, “Yana ilovalar” (Yeщye prilojeniya)ni bosish orqali menyuni kengaytirish mumkin.
Shuningdek, menyu ostidagi “Tanlangan dasturni shu turdagi barcha fayllarni ochishda foydalanish” yozuvini tasdiqlasangiz, har doim shu fayllar mazkur dastur orqali ochiladigan bo‘ladi.
Shu bilan bira, Windows 10 tizimida buni “Tizimlar parametrlari” (Parametri sistemi) dan qilish ham qulay. «Pusk» menyusiga kiramiz –> “Tizimlar parametrlari“ni ochamiz –> keyingi qadamda “Tizim“ni tanlab, “Beso‘roq ravishda ochish kerak bo‘lgan ilova” (Prilojeniya po umolchaniyu) buyrug‘ini tanlaymiz. Bu yerdagi “Sozlamani tatbiq etish” (reset-sbros) tugmasi asosiy deb hisoblangan ilovalar nosoz ishlagan taqdirda buning oldini oladi. Uni bosish orqali barcha sozlamalarni dastlabki holatga qaytarish mumkin.
|
| |