• Arduino
  • Yorug’lik diodlarni Arduinoga ulash printsipial elektr sxemasi
  • 3.1-rasm. Yorug’lik diodlarni Arduinoga ulash printsipial elektr sxemasi Zanjirni qurish
  • Dasturni yuklash
  • 3.2-rasm. Yorug’lik diodlari ketma-ket yonib-o`chishi Ishni bajarish tartibi
  • Topshiriqlar
  • Takrorlash uchun savollar
  • Amaliy mashg’ulot №3 “Arduino Uno” ga yorug’lik diodlarni ulash




    Download 327.26 Kb.
    Sana08.11.2023
    Hajmi327.26 Kb.
    #95784
    Bog'liq
    2 5442801953010614851
    1-amaliy, 1-amaliy mashg\'ulot, geokniga gornaya elektrotehnika capenko efred mirskiy mi suharev, 27-Ma\'ruza, Tyutor M. Saitovning hisoboti, Гурунтлар.тест, amaliyot dasturi (EEE), 5f6c41bc6a0f77.76404169Exsel жадвал хисоблагичларида иктисодий ва молиявий масалалрни ечиш (1), Намуна штат жадвали учун, Ma\'ruza-3, 3-amaliy mashg\'ulot, 5A, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 31 январдаги 59, Илмий ишлар рўйхати, Илмий ишлар 3.5 шакл

    Amaliy mashg’ulot №3
    Arduino Uno” ga yorug’lik diodlarni ulash


    Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarda Arduino ga yorug’lik diodlarni ulash va ularning yonish ketma-ketligini boshqarish ko`nikmalarini shakllantirish.
    Amaliy mashg’ulot jarayonida talabalar quyidagilarni bilib olishadi:

    • Yorug’lik diodlarni ulash uchun Arduino dastur tuzishni;

    • Yorug’lik diodlarni yonish/o`chishini ketma-ketligini boshqarish uchun Arduino interfeysi bilan o`zaro muloqot qilishni.

    Ishni bajarish uchun kerakli jihozlar:
    1. Rezistor 470 Om - belgilanishi R1;
    2. LED – belgilanishi D1;
    3. Maket platasi;
    4. Maket platasi uchun o`tkazgichlar;
    5. Arduino platasi;
    6. USB standart kabeli.

    Yorug’lik diodlarni Arduinoga ulash printsipial elektr sxemasi

    Printsipial elektr sxemasi 3.1-rasmda ko`rsatilgan. Bu juda oddiy bo`lib, olti dona yorug’lik diodi Arduino bilan 3-raqamli portdan to 8 – portgacha chiqish portlari orqali ulangan.



    3.1-rasm. Yorug’lik diodlarni Arduinoga ulash printsipial elektr sxemasi


    Zanjirni qurish


    Svetodiodlarni bir-biriga yaqin holatda maketga shunday joylashtiringki anod (uzun oyoqlari) maketning chap tomonida joylashgan bo`lsin (maketni vertikal joylashuviga ko`ra), katod oyoqchalari esa maketning o`ng tomonida joylashgan bo`lsin.
    470 Om rezistorlarni bir tomonini svetodiodning anod tomonida ulash zarur, ikkinchi tomonini esa o`tkazgichlar yordamida 2-raqamli portdan boshlab 8-raqamli portgacha Arduino ga ulab chiqing.
    Zanjirni ulash ishi tugagach Arduino platasini USB kabel yordamida kompyuterga ulang.
    Dasturni yuklash
    Yorug’lik diodlarni ketma-ket boshqarish dasturi Knight Rider birlamchi kodi quyida keltirilgan. Ushbu kodni nusxalang va Arduino IDE ga joylashtiring.
    void setup() {
    for (int i = 2; i < 8; i++) {
    pinMode(i, OUTPUT);
    }
    }
    void LEDlar(void)
    {
    for (int i = 2; i < 8; i++) {
    digitalWrite(i, LOW);
    }
    }

    void loop() {


    for (int i = 2; i < 8; i++) {
    LEDlar();
    digitalWrite(i, HIGH);
    delay(200);
    }
    for (int i = 7; i > 1; i--) {
    LEDlar();
    digitalWrite(i, HIGH);
    delay(200);
    }
    }
    Dasturni Arduino ga yuklang va agar tuzilgan zanjir to`g’ri bo`lsa ushbu dastur ishini boshlaydi va yorug’lik diodlari ketma-ket yonib-o`chishni boshlaydi.
    Shuni ham aytish mumkinki, dastur kodini o`zgartirish orqali yorug’lik diodlarni yonib-o`chish ketma-ketliklarini boshqarish mumkin.

    3.2-rasm. Yorug’lik diodlari ketma-ket yonib-o`chishi
    Ishni bajarish tartibi
    1.Talabalar o`qituvchi tomonidan berilgan ma`lumotlar asosida 1 ta “Arduino Uno”ga yorug’lik diodlarini ulab yig’adi.
    2.Talaba bajargan ishlari bo`yicha o`qituvchiga yozma hisobot tayyorlab topshiradi.
    Topshiriqlar:

    1. Arduino UNO kontrolleri yordamida 4 ta LED asosida mexatronik modulni yig`ing va ushbu LED larning yonib o`chish ketma-ketligini kontrollerning 3 raqamli chiqishidan boshlab amalga oshiring, 1 sekund farq asosida o`chib yonish dasturini tuzing hamda yuqoridagilar asosida yozma hisobot tayyorlang.

    2. Arduino UNO kontrolleri yordamida 5 ta LED asosida mexatronik modulni yig`ing va ushbu LED larning yonib o`chish ketma-ketligini kontrollerning 4 raqamli chiqishidan boshlab amalga oshiring, 2 sekund farq asosida o`chib yonish dasturini tuzing hamda yuqoridagilar asosida yozma hisobot tayyorlang.

    3. Arduino UNO kontrolleri yordamida 6 ta LED asosida mexatronik modulni yig`ing va ushbu LED larning yonib o`chish ketma-ketligini kontrollerning 2 raqamli chiqishidan boshlab amalga oshiring, 0,5 sekund farq asosida o`chib yonish dasturini tuzing hamda yuqoridagilar asosida yozma hisobot tayyorlang.

    4. Arduino UNO kontrolleri yordamida 4 ta LED asosida mexatronik modulni yig`ing va ushbu LED larning yonib o`chish ketma-ketligini kontrollerning 4 raqamli chiqishidan boshlab amalga oshiring, 0,4 sekund farq asosida o`chib yonish dasturini tuzing hamda yuqoridagilar asosida yozma hisobot tayyorlang.

    5. Arduino UNO kontrolleri yordamida 5 ta LED asosida mexatronik modulni yig`ing va ushbu LED larning yonib o`chish ketma-ketligini kontrollerning 2 raqamli chiqishidan boshlab amalga oshiring, 1 sekund farq asosida o`chib yonish dasturini tuzing hamda yuqoridagilar asosida yozma hisobot tayyorlang.

    Takrorlash uchun savollar:

    1. Mashg’ulotning maqsadini ayting.

    2. Ishni bajarish uchun kerakli jihozlarni sanab o’ting.

    3. Yorug’lik diodlarni Arduinoga ulash printsipial elektr sxemasi zanjirini yig’ishni tushuntiring.

    4. Dasturni yuklash tartibini tushuntiring.

    Download 327.26 Kb.




    Download 327.26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy mashg’ulot №3 “Arduino Uno” ga yorug’lik diodlarni ulash

    Download 327.26 Kb.