|
Amaliy mashg’ulot №6 Mavzu : Yuritmani kinematik hisoblash Mashg`ulotning maqsadi
|
bet | 1/2 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 35,26 Kb. | | #156188 |
Bog'liq Amaliy mashg`ulot 6
Amaliy mashg’ulot № 6
Mavzu : Yuritmani kinematik hisoblash
Mashg`ulotning maqsadi: Yuritmalarning ishlash prinsipi, tuzilishi, asosiy qismlari, elementlari va kinematik sxemalarda qo’llaniladigan shartli belgilar bilan tanishish, Yuritmalarning kinematik hisoblashni o`rganish..
Yuritmalarning turlari bilan tanishish va ularni kinematik hisoblash.
Mexanik yuritmalarning kinematik hisobi yuritmani tashkil etuvchi uzatma, mufta, podshipnik, vallarni hisoblashning ilk dastlabki hisobi sanaladi. Mexanik yuritmalar kinemtik belgilar yordamida belgilanadi. Asosiy mashina detallarining uzatmalar, muftalar podshipniklari shartli belgilashlari standart bo‘yicha qabul qilinadi. «Mashina detallari» fanida mexanik yuritmalarning harakat manbai sifatida 4A seriyali elektrodvigatellar ishlatiladi. Mexanik yuritmalarda ochiq uzatma sifatida tasmali, zanjirli yoki tishli uzatmalardan foydalaniladi. Yopiq tishli uzatmalar aksariyat hollarda tishli yoki chervyakli bir, yoki ikki pog‘onali reduktor sifatida qo‘llanadi. Mexanik yuritmaning kinematik hisobida quyidagi hisoblash ishlari bajariladi.
1. Elektrodvigatelning zarur qiymat miqdori aniqlanadi, bu qiymat asosida maxsud jadvaldan 4A seriyali asinxron elektrodvigatel tanlanadi.
2. Tanlangan elektrodvigatelning aylanishlar takroriyliklari asosida mexanik yuritmaning uzatmalarini uzatish nisbatlari taqsimlanadi. Uzatish nisbatlari tavsiyaviy qiymatlarini qabul qilishda ishchi val aylanishlar takroriyligi va uni hisobiy qiymatini berilgan farqi tekshiriladi va uni tavsiyaviy oraliqda bo‘lishiga e‘tibor berish kerak.
3. Mexanik yuritma vallarining kinematik va kuch parametrlari hisoblanadi, vallarning kinematik parametrlarida aylanish takroriyliklari va burchak tezliklari aniqlanadi, kuch parametrlari bo‘yicha esa vallardagi quvvat va burovchi momentlari hisoblanadi.
Lentali konveyer yuritmasi.
1- elektrodvigatel; 2- yassi tasmali uzatma; 3- to’g’ri tishli silindrik g’ildirakli reduktor;
|
| |