|
Amaliy mashg’ulot. Ikki to’G’ri chiziqning
|
bet | 3/4 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 192,54 Kb. | | #156032 |
Bog'liq 4-amaliyKesishuvchi to’g’ri chiziqlar. Agar ikki to’g’ri chiziq fazoda umumiy bir (xos) nuqtaga ega bo’lsa, ularni kesishuvchi to’g’ri chiziqlar deyiladi. Kesishuvchi to’g’ri chiziqlar proyeksiyalarining kesishish nuqtalari to’g’ri chiziqlar kesishish nuqtasining proyeksiyalari bo’ladi (6.1-shakl). Kesishuvchi to’g’ri chiziqlarning bir nomli proyeksiyalari ham chizmada o’zaro kesishadi va kesishish nuqta proyeksiyalari bir proyeksion bog’lovchi chiziqda bo’ladi.
Fazoda umumiy vaziyatda kesishuvchi to’g’ri chiziqlar berilgan bo’lsa, bu to’g’ri chiziqlarning faqat ikkita bir nomli proyeksiyalarining kesishishi kifoya qiladi.
b) v)
6.1-shakl
Agar kesishuvchi chiziqlarning biri proyeksiyalar tekisligining birortasiga parallel bo’lsa, u holda ularning ikkita bir nomli proyeksiyalarining o’zaro kesishuvi yetarli bo’lmaydi. Masalan, AB va EF to’g’ri chiziq kesmalarining biri (EF) W tekislikka parallel joylashgan. Bu chiziqlarning o’zaro vaziyatini ularning profil proyeksiyalarini yasash bilan aniqlash mumkin. Agar kesishish nuqtasining proyeksiyalari bir bog’lovchi chiziqda joylashsa, bu to’g’ri chiziqlar o’zaro kesishadi, aks holda to’g’ri chiziqlar kesishmaydi.
Parallel to’g’ri chiziqlar. Agar ikki to’g’ri chiziq bir tekislikka tegishli bo’lib umumiy kesishuv nuqtasi bo’lmasa yoki cheksiz uzoq (xosmas) nuqtada kesishsa, ular o’zaro parallel to’g’ri chiziqlar deyiladi.
Parallel proyeksiyalarning xossasiga asosan parallel to’g’ri chiziqlarning bir nomli proyeksiyalari ham o’zaro parallel bo’ladi (6.2-shakl), ya’ni a||b bo’lsa, u holda a’||b’, a”||b” va a’"||b’" bo’ladi.
Fazodagi umumiy vaziyatda joylashgan parallel to’g’ri chiziqlarning ikkita bir nomli proyeksiyalari o’zaro parallel bo’lsa, ularning uchinchi proyeksiyalari ham o’zaro parallel bo’ladi.
Ammo to’g’ri chiziqlar biror proyeksiyalar tekisligiga parallel va ularning shu tekislikdagi proyeksiyalari berilmagan bo’lsa, u holda yuqorida keltirilgan shart bajarilmaydi. Masalan, W tekislikka parallel bo’lgan profil to’g’ri chiziq kesmalarning bir nomli gorizontal va frontal proyeksiyalari (r1 va r2) ning o’zaro parallel bo’lishi yetarli bo’lmaydi (6.3,a- shakl). Bunday hollarda to’g’ri chiziqlarning profil proyeksiyalarini yasash va ularning paralleligini tekshirish zarur. Shuningdek, bu to’g’ri chiziqlarning o’zaro vaziyatini profil proyeksiyalaridan foydalanmasdan ham aniqlash mumkin.
|
| |