Rivojlanayotgan davlatlarda biogaz
Hindiston, Nepal, V'etnam va boshqa davlatlarda bir oilaga mo'ljallangan kichik biogaz qurilmalari qurilmoqda. Ulardan olinayotgan biogaz taom tayyorlash uchun ishlatiladi. Kichik biogaz qurilmalari bo'yicha etakchi davlat – Hitoy. Birgina o'tgan asrning 90-yillarining ohiriga kelib Hitoyda 10 mln.dan ortiq qurilma bor edi. Ular yiliga 7 mlrd.m3 biogaz ishlab chiqaradi. Shuncha miqdordagi biogaz Hitoydagi 60 mln. dehqonning yoqilg'iga bo'lgan ehtiyojini qondiradi. 2010 yilning ohirlarida Hitoyda 40 mln.ga yaqin biogaz qurilmasi ishga tushirildi. Sohada 60 ming kishi mehnat qilmoqda.
Hindistonda 1981 va 2006 yillar oralig'ida 3,8 mln. kichik biogaz qurilmalari qurildi.
Nepalda biogaz energetikasini rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan. Dastur asosida 2009 yil qishloq aholisi uchun 200 ming kichik biogaz qurilmalari o'rnatildi.
|