Laboratoriya ishi
Ishning maqsadi:
Botryococcus braunii suv o’tidan lipidlarni ekstraksiyalab olish
Kerakli jixozlar va reagentlar:
-tubi yumaloq kolba
-sentrifuga
-rotorli bug’latgich
-pipetka
- B.braunii suv o’tining quruq biomassasi
-metanol
-DMSO
-geksanning dietil aralashmasi
-2 n HCL
Ishni olib borish tartibi:
100 mg suv o’tining quruq biomassasi 200 mkl DMSO da 700 C da 10 daqiqa ekstraksiyalanadi. So’ngra 5 ml metanol qo’shiladi va namunalar muzda 1 soat davomida aralashtiriladi. Aralashma 5 daqiqa sentrifugalanadi va supernatant 40 ml hajmdagi Teflon probirkaga o’tkaziladi. Cho’kmaga qayta 5 mkl DMSO qo’shiladi va lipidlar 700 C da 5 daqiqa ekatraksiyalanib, aralashma sentrifugalanadi. Supernatantga 2 xil faza hosil bo’lishi uchun 6 ml suv va 12 ml geksan dietil aralashmasi qo’shiladi. Yuqori faza lipidlar, quyi faza suv, methanol va DMSO saqlaydi. Probirkada emulsiya hosil bo’lmasligi uchun extiyotkorlik bilan chayqatiladi. So’ngra aralashma 5 daqiqa sentrifugalanadi, yuqori faza Paster pipetkasi yordamida yigib olinadi va tagi yumaloq kolbaga o’tkaziladi. Suvli fazaning pH muhitini 2- 3 ga o’zgartirish uchun unga 4 tomchi 2 n HCL qo’shiladi va suvli faza 6 ml dietil efiri bilan qayta ekstraksiyalanadi. Bu bosqich nordon lipidlar va fazalarni ajratib olishni osonlashtirish uchun bajariladi. Turli bosqichlarda olingan yuqori faza yumaloq kolba tubida yig’iladi va quriguncha rotorli bug’latgichda bug’latiladi.
|