Amaliy mashgʻulot materiallari




Download 85.19 Kb.
bet1/6
Sana23.09.2023
Hajmi85.19 Kb.
#83801
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu Soha sirtqi
Savollar RT, Abdumannopov Ozodbek1, 1.Гидростатика Слайдлар ТХТИ 2022й., 1Тохиров Р.А.18.8 3.1.уз.Центр, 3-kurslar GPA bali yetmayatganlar, ILOVA FAXRIY YORLIQ, 128-maktabbb, Mualliflar uchun ko, SIMSIZ, table-of-irregular-verbs

AMALIY MASHGʻULOT MATERIALLARI


1-MAVZU: “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari. Tilning jamiyatda tutgan o‘rni. Til va tafakkur, til va madaniyat munosabati. “Davlat tili” tushunchasi. Davlat tili haqidagi hujjatlar va ularning mazmun-mohiyati.


1-topshiriq. Matnni o‘qing. Matnni so‘zlab bering.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan bugungi kunda dunyo andozalari darajasidagi bilimdon, zukko, har tomonlama yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa ta‘lim andozalariga yangi, zamonaviy fanlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va “Ta‘lim to‘g‘risida”gi Qonun talablaridan kelib chiqqan holda Institutimizda bakalavrlarga “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fani kiritildi. Bu fanni o‘qitishdan maqsad bo‘lajak kadrlar ongida sohaviy nutq asoslarini shakllantirish, iqtisodiy va ishlab chiqarish tili, atamashunosligi, sohaga oid matnlarni yaratishni o‘rgatishdan iboratdir.

Mazkur fan talabalarga muloqot va uning turlari, ma’lum
Sohada samarali muloqot tashkil qilish yo‘llari, matnlar, ularning
turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma‘lumotlar,
axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy hayotimizga oid
hamda o‘rganilayotgan mutaxassisliklarga doir terminlar,
ularni tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish uchun
mo‘ljallangan.

“O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fani iqtisodiyot, siyosat, madaniyat, ishlab chiqarish va boshqa sohalarning barchasida ham ahamiyatlidir. Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda soha tili va uslubi, sohaviy terminologiya va atamashunoslik, ish yuritish va hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, o‘z fikrini ifodalamoqchi bo‘lgan sohaga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak siz kabi yoshlar soha tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim. Bakalavrlar, o‘z ixtisosligingizdanan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston iqtisodini yuksaltirish, uni jahonda munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shish davlat tili – o‘zbek tilini mukammal, aniq va ravshan egallashsiz amalga oshirib bo‘lmaydigan jarayondir.





Mazkur o‘quv kursining o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga ega bo‘lib, bakalavr soha tili bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, o‘z sohasiga oid so‘zlarni va hujjatlarni to‘gri yozish malakasini hosil qilishni ko‘zda tutadi.




Download 85.19 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 85.19 Kb.