|
Virtual tashqi xotirani boshqarish
|
bet | 5/7 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 102,25 Kb. | | #143451 |
Bog'liq 1- amaliy mashg’ulotVirtual tashqi xotirani boshqarish. Virtual tashqi xotirani boshqarish virtual ichki xotirani boshqarishga nisbatan bir muncha murakkabroq. Buning asosiy sababi ularning hajmidadir.
Himoya. OSda ishlatiladigan berilganlar Himoyalangan bo’lishi kerak. Himoyalanish OS tarkibiga kirgan dasturdan, foydalanuvchi dasturdan va foydalanuvchining biron-bir harakatidan bo’ladi. Har qanday OS o’z tarkibiga kirgan dasturlarni Himoyalashi ko’zda tutilgan bo’ladi. Biroq bu Himoyalanish buzilishi mumkin, buzilish odatda tashqi aralashuv natijasida amalga oshiriladi. Shu sababli OS tarkibidagi ayrim dasturlarga kirish umuman taqiqlab qo’yiladi.
Kompyuterning dasturli ta’minoti
Fayl va katalog tushunchasi
Ixtiyoriy belgilar ketma-ketligining xotirada biror nom bilan saqlanishiga fayl deb aytiladi. Masalan, dasturlar, hujjatlar va shu kabi ma’lumotlar. Fayllar 2 xil ko’rinishda bo’ladi: matnli va ikkilik tizimida. Matnli fayllar foydalanuvchining o’qishi uchun mo’ljallangan bo’lib, ixtiyoriy belgilardan tuzilgan satrlardan tashkil topadi. Har bir satr Enter klavishasi bilan yakunlangan va yangi satrdan boshlangan bo’ladi. Ma’lumki, matnni tahrirlash va ko’rish paytida Enter klavishasining belgisi ekranda ko’rinmaydi.
Xotirada saqlanayotgan informatsiya turiga qarab foydalanuvchi yoki ShK tomonidan faylga qo’shimcha tur- fayl kengaytmasi beriladi. Fayl kengaytmasi sifatida uzunligi 1 tadan 3 tagacha bo’lgan lotin harflari, raqamlar va ba’zi belgilar ishlatilishi mumkin. Umuman olganda, fayl kengaytmasi ishlatilmasligi ham mumkin. Faylning to’liq nomi ikki qismdan iborat bo’lib, unda fayl nomi va nuqta bilan ajratib yozilgan fayl kengaytmasi yoziladi. Masalan: win.com, lola.bat, pr1.bas, pr2.txt.
Bu yerda win, lola, pr1 va pr2lar fayl nomlari bo’lib, com, bat, bas va txt lar esa fayl kengaytmalaridir. Aslida fayl nomida fayl kengaytmasi bo’lishi shart emas. Agar u bor bo’lsa, mazkur faylning xususiyatini aniqlaydi va foydalanuvchi uchun qulaylik yaratadi.
|
| |