Amaliy mashg`ulot. Mavzu




Download 23.84 Kb.
bet1/2
Sana25.03.2024
Hajmi23.84 Kb.
#176444
  1   2
Bog'liq
1-Amaliy mashg\'ulot
1. Работа с современными учебными техническими средствами по информационным технологиям1, Quchqorov Bahromning F.O`.M fanidan Slayd, 65dfb5a88b75b5da48b5a403fa4d41c2, CqAmAyPw4fTCALP4WYshpYdZitzfIdVeTpeXQRhQ, Toza qayta tiklanadigan energiyaga global talabning tobora ortib borayotgani bizning sayyoramizdagi kelajagimiz uchun katta iqtisodiy va ijtimoiy ta, 1, 1, 853777, O.S.Axmedov Python dasturlash tili fanidan yakuniy nazorat 30ta bilet [3 0], Fortuna akumliyatori, Презентация2, 1. Gravirazvedka — lotin, DMM6500-FRP-v1 7 12 Apr 2022 RNs DMM6500-FRP-V1.7.12, Microsoft Word Document, 1- 2Электромагнит нурланишларнинг муҳитлар билан таъсирлашуви фанининг предмети

  1. Amaliy mashg`ulot.

Mavzu. Kirish. Neftning tarkibidan yo‘ldosh gazlarni (NYG) ajratib olish va undan foydalanish.

Amaliy mashg`ulotning maqsadi: Talabalarni texnologik gaz va uning asosida mahsulotlar ishlab chiqarish faniga kirish, neflli yo‘ldosh gazlar (NYG) dan foydalanishning variantlari va muammolarni yechish imkoniyatlar to'g'risidagi bilimlar bilan tanishtirish.
Neft tarkibidan tabiiy va yo‘ldosh gazlarni ajratib olish
Bizga ma’lumki, neft va gaz konlarda quduqlardan burg‘ilash yo‘li
bilan qatlam bosimi ostida yoki nasoslar yordamida yer ostdan tortib olinadi. Dunyo olimlari fikriga ko‘ra neft organik modda mahsuli sifatida qaraladi. U dastlab dengiz loyqalari orasida qolib ketgan kimyoviy o‘zgarishlari orqali vujudga kelganligi qayd qilinadi. Neft bir jinsli suyuqlik bo‘lmay, turli molekula massasiga ega bo‘lgan uglevodorodlar aralashmasidan tashkil topgan. Tarkibi ham har xil bo‘lib, oltingugurtli, azotli, kislorodli va smolasimon (qatron) moddalar miqdori bilan farq qiladi.

Konlardan qazib chiqarilayotgan neftlar o‘zi bilan birgalikda
yo‘ldosh gazlar, mexanik qo‘shimchalar (qum yoki, mahsuldor qatlam tog‘
jinslari yemirilishidan hosil bo‘lgan zarralar), tuz (erigan yoki,
kristall holatda) va suvni olib chiqaradi. Neftdagi yo‘ldosh va erigan
gazlar gaz–ajratkich (separator) larda quduq bosimidan atmosfera
bosimigacha pasaytirish yo‘li bilan ajratiladi.

Separatorning yuqori qismidan ajratilgan gaz qisman kondensatdan ajratilib, gazni qayta ishlash zavodlariga yoki qatlam bosimini saqlash maqsadida haydovchi quduqlarda qayta haydaladi. Neft tarkibida separatorlardan o‘tgandan keyin ham erigan gazlar qoladi, ya’ni ularning miqdori 4 % (mass.) gacha bo‘lishi mumkin. Konlarda quduqdagi mahsulotlarni fazalarga ajratish maqsadida foydalaniladigan separatorlarning bunday turi– trap deb, nom olgan.
Trap– gaz separator (ajratgich) larda gazlarni ajratish bilan bir
vaqtda neftdagi mexanik jinslar va suvni katta miqdorini ajratish uchun tindirish jarayoni o‘tkaziladi. Neftni qayta ishlash zavodlariga beriladigan neftlar GOST 9965– 62 ga muvofiq undagi xloridlar, suv va mexanik ko‘shimchaga miqdori quyidagidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Xloridlar – 40 mg/l, suv – 0,1 % (mass), mexanik qo‘shimchalar – 0,05 %
(mass) Biroq ushbu talablarni hamma vaqt ham bajarish imkoni bo‘lmaydi, ayniqsa yangi konlari uchun, shunga ko‘ra 1971 yil 1 yanvardan neftni qayta ishlash zavodlarga quyidagi meyorlariga ko‘ra uzatiladi:
1– jadval


Download 23.84 Kb.
  1   2




Download 23.84 Kb.