|
Microsoft ClearType yangi texnologiyasi
|
bet | 4/4 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 31,01 Kb. | | #99990 |
Bog'liq 2-Amaliy ishMicrosoft ClearType yangi texnologiyasi.
Zamonaviy Windows oilasidagi operatcion tizimlar yuqori ko’rgazmali vizual effektlari bilan ajralib turadi. Uz navbatda, ular interfeysni susayib ketishiga olib keladi. Vizual effektlari salbiy ta’sirlarini ClearType texnologiyasi yordamida tez va oson yo’qotishimiz mumkin. Bu texnologiya maxsus avtokonfiguratsiya testlari yordamida foydalanuvchi interfeysini sozlash imkonini beradi.
Ish stolini tozalash ustasi.
Vaqti-vaqti bilan ish stolidagi yorliqlarni ishga solmoq-solmasligini tekshiradi va keraksizligini o’chiradi.
“Автозагрузка”.
Ba’zida, kompyuterga o’rnatilgan dasturlar “Автозагрузка” ro’yhatiga avtomatik tarzda kiritiladi va kompyuter yuklanish jarayonida Windows bilan birgalikda aktivlashishadi. Natijada, kompyuter unumdorligi pasayadi va OTning yuklanish vaqti sezarli darajada oshadi.
Bunday holatda, “Автозагрузка” ro’yhatini tozalash uchun Windowsda maxsus vositalar mavjud.
Foydalanuvchining qayd yozuvi (учётная запись).
Windows 7,8 foydalanuvchilar ma’lumotini xavfsizligi va konfidentsialligini ta’minlovchi yangi vosita va dasturlarning keng majmuasini o’z ichiga oladi va kompyuterda ishlashning yuqori samaradorligini oshiradi. Bular: kompyuterning har bir foydalanuvchi uchun qayd yozuvi va paroli, kompyuterning blokirovka (qamal) qilish, fayl va papkalarni arxiv nusxalarini yaratish va h.k. Foydalanuvchilarning qayd yozuvi haqidagi axborot ximoyalangan ma’lumotlar bazasi – Security Accounts Manager (SAM) da saqlanadi.
Foydalanuvchining qayd yozuvi bu – Windows operatsion tizimda foydalanuvchinining tavsifidir. Odatda u o’z ichiga, foydalanuvchining tarmoqdagi ismi yoki tizimga kirishdagi ismi, haqiqiy ismi, paroli, foydalanuvchi a’zo bo’lgan guruh nomi, shuningdek, tizimda ishlashidagi huquq va ruxsati va undagi resurslardan erkin foydalanishi kabi barcha ma’lumotlarni oladi.
Windows XP Professional va boshqa bir qator serverlarda foydalanuvchilar qayd yozuvi «Локальные пользователи и группы» - “Lokal foydalanuvchilar va guruhlar” vositasi orqali boshqariladi.
|
| |