O‘qituvchining barcha topshiriqlarini bajarib kelishi. 2




Download 21,38 Kb.
bet2/3
Sana22.09.2024
Hajmi21,38 Kb.
#271923
1   2   3
Bog'liq
1-amaliy 3-kurs 5-semestr

1. O‘qituvchining barcha topshiriqlarini bajarib kelishi.
2. Pedagogik texnologiyalar asosida dars namunasini yaratish.
3. Amaliy mashg‘ulotda faol ishtirok etish.
4. «4-sinfda "Tovushlar va harflar" bo‘limidagi mavzularni o‘rganish darslari rеjasini va ishlanmasini tuzish » ni o‘rganish dars ishlanmamasini tayyorlash va ishlanmasini amaliy ijro etish.

Ta’lim shakli

Yakka tartibdagi savol-javob, kichik guruhlarda ishlash

Ta’lim sharti

Auditoriya, TSOdan foydalanish

Dars bosqichlari va vaqti

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich
Kirish
(5 daqiqa)

1. Amaliymashg‘ulotmavzusini
(4-sinfda "Tovushlar va harflar" bo‘limidagi mavzularni o‘rganish darslari rеjasini va ishlanmasini tuzish.) s
2. Amaliy mashg‘ulot maqsadini
3. Amaliy mashg‘ulot rejasini
e’lon qilish.

Eshitadi, yozadi, javob beradi.

2-bosqich
Bilimlarni mustahkamlash (5 daqiqa)

Metod.Talabalar uch guruhga ajratiladi, ekspert guruhi (3 talabadan iborat) tuziladi. Ular talabalar bilimi, faoliyatini baholab beradi. Talabalarning javobini ham to‘ldirib, izohlab turadi.
Nazariy savol-javob. Blits metodi asosida talabalarning Ma’ruzadan olgan bilimlari tekshiriladi.
Blits savollari
1. Boshlang‘ich sinflarda qaysi metod o‘quvchilarning yoshi va eslab qolish holatiga asoslanib 3-5 daqiqaga mo‘ljallangan?
2. Qaysi metod Boshlang‘ich sinflarda keng qo‘llanadigan va shu bosqich o‘quvchilari tabiatiga mos sanaladi?
3. Qaysi metodga 1894 yil amerikalik pedagog va psixolog Dyun asos solgan.
4. Rus-tuzem maktablari va tatar o‘qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan metod ko‘rsatilgan qatorni toping.
5.Qaysi metodda o‘quvchilar o‘qituvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi, tahlil qiladi va shu asosida xulosa va ta’riflar keltirib chiqaradi?
6. O‘quvchi ta’rif, qoida bilan tanishib, uning mohiyatini til dalillari asosida ochadigan metod ko‘rsatilgan qatorni ko‘rsating.
7. Dasturda 1-sinf uchun “Tovushlar va harflar» qismiga necha soat ajratilgan?
8. Dasturda 2-sinf uchun “Tovushlar va harflar» qismiga necha soat ajratilgan?
9. Dasturda 3-sinf uchun “Tovushlar va harflar» qismiga necha soat ajratilgan?
10. Dasturda 4-sinf uchun “Tovushlar va harflar» qismiga necha soat ajratilgan?
Talabalarning nazariy bilimlarini baholash.

Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalarning javobi

3-bosqich
Umumlashtirish
(25 daqiqa)

Amaliy ish: 1. Mustaqil ish.
Talabalarga quyidagi jadval tarqatilib, uni to‘ldirish so‘raladi.

Dars qurilishi

Yangi mavzu o‘rganiladigan dars

Takrorlash darsi

1.Tashkiliy qism
2.Uy vazifasini so‘rash

1.Tashkiliy qism.
2.Uy vazifasini so‘rash

3. Darslik bilan ishlash. Uch guruhga ajaralgan talabalarga Boshlang‘ich sinf «Ona tili o‘qitish metodikasi»darsligidan quyidagi topshiriq beriladi.
1-guruh uchun topshiriq.Jadvalni to‘ldiring:

2-sinfda «Tovushlar va harflar» bo‘limini o‘rganishda

O‘rganiladigan mavzular

Takrorlanadigan mavzular

2-guruhga yuqoridagi jadval 3-sinf uchun, 3-guruh 4-sinf uchun
to‘ldirish topshiriq qilib beriladi. Guruhlar ish natijalari o‘qib eshittiriladi. Javoblar muhokama qilinadi.
Mini dars uyushtirish. Har bir guruh talabalari tayyorlab kelgan
dars ishlanmalarini o‘zaro muhokama qilib, bir darsni ko‘rsatib
beradilar. Bunda guruhdagi har bir a’zo ishtirok etishi shart.
Eshitilgan dars boshqa guruh a’zolari tomonidan tahlil qilinadi
O‘qituvchi talabalarning fikrlarini umumlashtiradi, xulosalaydi.







4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)



Talabalarning ishlari yig’ib olinadi. Mashg‘ulotda qatnashgan talabalarga reyting ballari qo‘yilib, mashg‘ulot yakunlanadi.






4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)

Talabalarning ishlari yig’ib olinadi. Mashg‘ulotda qatnashgan talabalarga reyting ballari qo‘yilib, mashg‘ulot yakunlanadi.









Download 21,38 Kb.
1   2   3




Download 21,38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qituvchining barcha topshiriqlarini bajarib kelishi. 2

Download 21,38 Kb.