• CMY rang modeli.
  • YIQ rang modeli.
  • HLS rang modeli.
  • Amaliy matematika va informatika bakalavr kurs mutaxassisligi uchun «Kompyuter geometriyasi va grafikasi»




    Download 8,75 Mb.
    bet73/74
    Sana15.12.2023
    Hajmi8,75 Mb.
    #119132
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
    Bog'liq
    qatlamlar, kanallar, grafiklar formatlar bilan ishlash6

    RGB rang modeli. RGB (red-qizil, green-yashil, blue-ko’k) rang modeli eng oddiy deb hisoblanadi. Bu rang modeli additiv, yaьni biror bir kerakli rangni xosil qilish uchun uning asosiy ranglari yig’iladi. barchasi bu sistema orqali ifodalanuvchi ranglar birli kubni tashkil qiladi.
    CMY rang modeli. Rangli bosmaga chiqaruvchi qurilmalarda CMY (cyan-moviy, xavorang; magenta-pushti, malinoviy; yellow-sariq) rang modeli tez-tez ishlatiladi. Moviy, pushti va sarik asosiy ranglar qizil,yashil va ko’k ranglarni to’ldiruvchi bo’ladilar. CMY rang modeli-subtraktiv, ya’ni biror kerakli bo’lgan rangni xosil qilish uchun asosiy ranglar oq rangdan ayriladi. Moviy rang qog’ozga tushirilayotgan qizil rang to’liq yutiladi, ya’ni moviy rang tushayotgan oq rangdan (qizil, yashil va ko’k ranglarning yig’indisi) qizil rangni ayirib tashlaydi. Pushti rang yashil rangni yutadi, sarik rang esa – ko’k rangni. Moviy va sariq ranglar bilan bo’yalgan sirt qizil va ko’k ranglarni yutib faqat yashil rangni qoldiradi. Moviy, sarik va pushti ranglar qizil, yashil va ko’k ranglarni yutib natijada qora rangni qoldiradi.
    YIQ rang modeli. Televideniyada YIQ rang modeli keng foydalaniladi. Bu model RGB rang modelining bir varianti hisoblanadi, efirga uzatish effektivligini oshirish maqsadida ishlatiladi va oq-qora televideniya bilan ishlashni ta’minlaydi.
    HSV rang modeli. RGB, CMY(K) va YIQ rang modellari qurilmalar uchun mo’ljallangan va odam tomonidan rang berish uchun noqulay.HSV(Hue-ton, Saturation-to’yinganlik, Value-yorug’lik qiymati) rang modeli foydalanuvchiga mo’ljallangan bo’lib rangni ton, to’yinganlik, yorug’lik qiymati kabi tushunchalar orqali berish imkonini beradi. HSV modelida tsilindrik koordinatalar sistemasi ishlatiladi, barcha ifodalanuvchi ranglar esa olti qirrali konusni tashkil qiladi.
    HLS rang modeli. HLS (Hue-ton, Lightness-yorug’lik, Saturation-to’yinganlik) HSV modelining modifikatsiyasi bo’lib u orqali ifodalanuvchi ranglar ikkita olti qirrali va asoslari birlashtirilgan konusni tashkil qiladi. Oq rang yuqoriga siljitilgan.


    Download 8,75 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




    Download 8,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy matematika va informatika bakalavr kurs mutaxassisligi uchun «Kompyuter geometriyasi va grafikasi»

    Download 8,75 Mb.