• Lug`atda so`zlar quyidagicha tavsiflangan
  • Lug`atda bosh so`z qoraytirib berilgan, lekin ular sinonimik qatorning turli o`rinlaridan joy olgan.
  • O`ZBEK TILINING ESKIRGAN SO`ZLAR O`QUV IZOHLI LUG`ATI»




    Download 40,1 Kb.
    bet2/10
    Sana15.12.2023
    Hajmi40,1 Kb.
    #119976
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    O’zbek tili leksikasining boyish manbalari. Sohaga xos o’z va o’

    O`ZBEK TILINING ESKIRGAN SO`ZLAR O`QUV IZOHLI LUG`ATI»

    «O`zbek tilining eskirgan so`zlar o`quv izohli lug`ati» – o`zbek adabiy tilining me’yoriy lug`atidan biri. Lug`at X.Norxo`jayeva tomonidan tuzilib, 2006- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko`p nusxada chop etilgan.

    Lug`atda so`zlar quyidagicha tavsiflangan:

    I. Har bir so`zning ma’nosi qisqa va aniq ifoda etilgan.

    II. Lug`atda so`zlarning, asosan, hozirgi o`zbek adabiy tilida iste’moldan qolgan, eskirgan ma’nolari berilgan.

    «O`ZBEK TILINING IZOHLI LUG`ATI»

    «O`zbek tilining izohli lug`ati» – o`zbek tilida istemolda bo`lgan o`z va o`zlashma so`zlarning ma’nosini umumiy tarzda izohlaydigan lug`at turi. Hozirga qadar ikki marta o`zbek tilida izohli lug`at yaratilgan: 1. 1981-yil Moskvada nashr qlingan. 2 jildli. Unda 60 ming so`z va birikma izohlangan. 2. 2006-2008 yil nasr etilgan. 5 jildli. 80 mingdan ortiq so`z va so`z birikmasi izohlangan.





    «O`ZBEK TILINING MA’NODOSH SO`ZLAR O`QUV LUG`ATI»

    «O`zbek tilining ma’nodosh so`zlar o`quv lug`ati» – maktab o`quvchilari uchun mo`ljallangan. Lug`at O.Shukurov va B.Boymatovalar tomonidan tuzilib, 2007-yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, unda sinonimik qatordagi bosh so`z hamda o`zlashma so`zlar aniqlangan.

    Lug`atda bosh so`z qoraytirib berilgan, lekin ular sinonimik qatorning turli o`rinlaridan joy olgan.

    «O`ZBEK TILINING ORFOEPIK LUG`ATI»

    O`zbek tilshunosligida hozirga qadar M.Sodiqova, U.Usmonovalarning «O`zbek tilining orfoepik lug`ati» 1977- yilda va O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti tomonidan «O`zbek adabiy talaffuz lug`ati» 1984- yilda nashr qilingan. Birinchi lug`atda o`zbek tilida faol qo`llanadigan 8000 ga yaqin so`z, ikkinchisida esa 20 000 dan ortiq so`z va so`z shaklining adabiy-me’yoriy talaffuzi belgilab berilgan, ba’zi so`z va grammatik shaklning talaffuzidagi noto`g`ri ko`rinishi inkor qilinib, uning to`g`ri aytilishi ko`rsatilgan.


    Download 40,1 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 40,1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`ZBEK TILINING ESKIRGAN SO`ZLAR O`QUV IZOHLI LUG`ATI»

    Download 40,1 Kb.