• Yacheykali topologiyaning avzalliklari
  • Kamchiliklari
  • TARMOQ QURILMALARINI SOZLASH
  • Yacheykali topologiya (mesh)




    Download 2,35 Mb.
    bet7/9
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,35 Mb.
    #247788
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Amaliyot

    Yacheykali topologiya (mesh)
    Bu topologiya har bir kompyuterni tarmoqdagi boshqa kompyuterlar bilan alohida kabel orqali ulanishini nazarda tutadi. Bu usul ma’lumotlarni uzatishda qo’shimcha yo’llardan foydanalish imkonini beradi.

    8-rasm. Yacheykali topologiya.
    Biror kabel ishdan chiqqanda ma’lumot boshqa yo’l orqali uzatiladi va tarmoq normal faoliyat ko’rsatishda davom etadi. Bunday topologiya global hamda bir necha uzoqlashtirilgan tarmoqlarni optic tolali, ajratilgan yoki yo’ldosh aloqa liniyalari orqali birlashtirishda qo’llaniladi.
    Lekin lokal tarmoqlarda bir mashinada bir nechta tarmoq interfeyslari hamda ko’p hajmdagi kabellar talab etilgani uchun qo’llanilmaydi.

    • Yacheykali topologiyaning avzalliklari:

    • katta ma’lumot oqimlari bilan samarali ishlash;

    • qo’shimcha aloqa kanallaridan foydalanish hisobiga tarmoqning yuqori darajada barqarorligi;

    • yuqori darajadagi xavfsizlik; ma’umotlar oqimi uzatuvchidan to’g’ri qabul qiluvchiga uzatilib, nazariy jihatdan ma’lumotni o’g’irlashning imkoni yo’q.

    • Kamchiliklari:

    • kompyuterlarda tarmoqqa chiquvchi bir nechta tarmoq interfeyslariga bo’lgan talab;

    • tarmoqni tashkil etishning narxi yuqoriligi.

    Aralash topologiya (hybrid)
    Aralash topologiya o’zida ikki yoki undan ortiq topologiyani birlashtiradi ba shu bilan tugallangan tarmoq tuzilmasini hosil qiladi. Hozirda bu topologiya eng keng tarqalgan bo’lib, ko’pincha yulduzsimon va shina topologiyasi birga qo’llanadi.
    Bunda yulduz topologiyasiga ega bir nechta tarmoq bir shinaga ulanadi.Bu topologiyada bir kompyuterdagi nosozlik tarmoq ishiga xech qanday ta’sir ko’rsatmaydi, lekin agar markaziy component (konsentrator) ishdan chiqsa, tarmoqlar boshqa aloqa qilolmaydi.

    9-rasm . Aralash topologiya.


    TARMOQ QURILMALARINI SOZLASH

    Download 2,35 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 2,35 Mb.