• Linuxda fayllar tizimi. Linux operastion tizim ga quyidagi fayl tizimlari o’rnatilishi mumkin. Ext
  • Amaliyot hisoboti




    Download 157.1 Kb.
    bet6/16
    Sana14.09.2022
    Hajmi157.1 Kb.
    #25917
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Hisobot
    dorivor, 6, kundalik, Rye dagi Tikuvchi, tarmoq4, KT Lab 15
    2.2 Linux va Windows OT lari
    Linux operatsion tizimi haqida.
    Linux nomi esa 1991 yilda Linus Tovalds tomonidan o`z operatsion tizimini birinchi relizini dasturchilar uyushmasiga taklif etishdan kelib chiqqan.FSF xarakati xech kimning yuridik qiziqishlariga xalaqit qilmaydigan o`ziga tegishli bo`lgan operatsion tizimiga ega bo`ldi.
    GNU/Linux OT ni rasmiy relizi (operatsion tizimining yadrosi) 1994 yil yaratildi. Keyinchalik bu OT uchun dasturlarning ko`payishi Linux distributivlarni keltirilib chiqaradi.
    Rasmiy Linux distributivlarining soni yuztaga yaqin.Ba`zi bir distributivlar 1-3 ta Floppy disklarda bo`lsa, boshqalari 7 ta kompakt disklarda bo`lishi mumkin. Linux OT ustida butun jahon dasturchilar ish olib borganligi sababli, Linux ko`p tilni o`z ichiga olgan.
    Linuxda fayllar tizimi.
    Linux operastion tizim ga quyidagi fayl tizimlari o’rnatilishi mumkin.
    Ext – Linuks operastion tizimning birinchi fayl tizimi xisoblanadi, dastlabki linux versiyalarida qo’llanilgan. Jurnallar bilan ishlay olmaydi, mana shu uning kamchiligi hisoblanadi.
    Ext2 – 1993 yilda yaratilgan eski fayl tizimlaridan biri hisoblanadi. Ko’p yillar davomida bu fayl tizimi barcha distributivlarda asosiy fayl tizimi sifatida qo’llanilgan. Ext2 fayl tizimini ishlashi kesh xotira bilan bog’liq. Barcha disklarda bo’layotgan jarayonlarni kesh xotiraga tashlab, so’ng diskga tashlanadi. Shu sababli bu fayl tizimining tezligi juda baland, lekin ish jarayonida tok biror sababga ko’ra o’chib qolsa, kesh xotiradagi barcha ma’lumotlarni yo’qotib qo’yishimiz mumkin bo’ladi. Chunki qattiq diskga yozilmagan ma’lumotlar kesh xotiradan o’chib ketadi. Shu sababli bunday fayl tizimi bilan ishlayotganda uzluksiz tok manbaidan foydalanish zarur. Hozirgi kunda bu fayl tizimi o’zining muhimligini yo’qotgan.
    Ext3 (Third Extended Filesystem)– ext2 fayl tizimining yangilangan ko’rinishi, lekin bu tizimda yangi texnologiya (jurnallar bilan ishlash) qo’llanilgan. Diskda sodir bo’lgan o’zgarishlarning barchasi “jurnallarga” yozib boriladi va ma’lumotlarga zarar yetkanda shu jurnallar orqali fayllarni tiklash mumkin bo’ladi. Jurnallar bilan ishlashning quyidagi rejimlari mavjud:
    Ext4 – Linuksning yangi ishlab chiqilgan fayl tizimlaridan biri hisoblanadi. Bu fayl tizimi Linuks yadrosining 2.6.28 versiyasida paydo bo’lgan. Ext3 fayl tizimi bilan solishtiradigan bo’lsak, Ext4 fayl tizimi ishlashi va ishonchliligi 2 barobar oshganligini ko’rishimiz mumkin. Bu tizimda disk razdelining maksimal qiymati 1024Pbayt (1Ebayt), fayl xajmining maksimal qiymati 2 Tbayt qilib belgilangan.
    ReiserFS – Jurnallar bilan ishlay oladigan fayl tizimlaridan biri xisoblanadi. Bu fayl tizimi asosan kichik xajmdagi fayllar bilan ishlashda foydali. Bu fayl tizimining o’ziga xos tomoni shundan iboratki, bir necha kichik xajmdagi fayllarni bir blokda saqlash mumkin. Misol uchun, blok o’lchamingiz 4 Kbayt, siz bu blokga 1 Kbaytli 4 ta faylni joylashingiz mumkin. Shu tariqa siz diskdagi bo’sh shoylaringizni tejashingiz mumkin bo’ladi. Katta fayllar bilan bu fayl tizimi juda sekin ishlaydi va bu tizim uzilishlarga(tokning uzilib qolishi, kompyuterni o’chib qolishi) bardoshli emas, shu sababli ReiserFS fayl tizimini tez-tez defragmentatstiyadan o’tkazib turishingiz lozim. Agar siz ushbu fayl tizimidan foydalanmoqchi bo’lsangiz, albatta doimiy tok manbai (UPS) dan foydalaning.

    Download 157.1 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 157.1 Kb.