|
Amaliyot o’talgan korxona haqida umumiy ma’lumot
|
bet | 2/17 | Sana | 05.10.2024 | Hajmi | 15,78 Mb. | | #273694 |
Bog'liq хисобот 620-21Amaliyot o’talgan korxona haqida umumiy ma’lumot.
Amaliyot o’talgan korxona Orziboy Ota Trans MCHJ haqida umumiy ma’lumot.
“Orziboy Ota Trans” MCHJ tashkiloti 2019 yil may oyida F.F.Ergashev boshchiligida tashkil etilgan bo’lib, faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biri o’laroq Farg’ona viloyati hududida avtomototransportlarni texnik ko’rikdan o’tkazish bo’yicha fuqarolarga hizmat ko’rsatish faoliyatini yo’lga qo’ydi.
Asosiy maqsadi fuqarolarga yengillik yaratish va ishchi o’rnini kengaytirishdir. “Orziboy Ota Trans” MCHJ da qulay shart sharoitlar mavjud. Fuqarolar uchun kutish zali, tehnik ko’rikdan o’tkazuvchi zamonaviy moslama va jihozlar, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash uchun zamonaviy kompyuterlar mavjud bo’lib, bu albatta nafaqat fuqarolar balki hodimlar uchun ham qulay sharoit yaratilganidan namuna.
Orziboy Ota Trans MCHJ faoliyat turlari
Orziboy Ota Trans MCHJ da quyidagi faoliyat turlari mavjud:
Avtomototransportlarni texnik ko’rikdan o’tkazish va talon berish;
Yuk va yengil avtomobillariga litsenziya berish (yo’lovchi va yuk tashish uchun ruxsatnoma);
Avtomobillarga 1 yillik sug’urta berish;
Ishonchnoma;
Avtomobil oynalari tusini qoraytirish uchun ruxsatnoma;
Avtomobil gaz muddatini yangilash va tekshiruvdan o’tkazish;
Yuk avtomobillariga chet davlatlariga yuk tashish uchun ruxsatnoma;
“Orziboy Ota Trans” MCHJ texnikalar bilan ishlash jarayonlari
Yuqorida sanab o’tganimizdek qator faoliyat turlari mavjud.
Avtomototransportlarni texnik ko’rikdan o’tkazish va talon berish uchun avvallo maxsus moslama yoradmida tekshiruvdan o’tkaziladi va soz yoki nosozligi tog’risida malumot olinadi.
Undan so’ng Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga texnik soz yoki texnik nosozligi haqidagi malumot kiritiladi va bu malumot YXXB ko’cha nazoratchilari planshetlari orqali tekshirilganda ham kelib chiqadi.
So’ng har bir fuqaroga avtotransportning ishlab chiqarilgan yiliga qarab 1 yillikdan 10 yillikgacha talon qog’ozi taqdim etladi.
|
| |