Ammofos ishlab chiqarish texnologiyasi




Download 47.62 Kb.
bet1/3
Sana27.02.2024
Hajmi47.62 Kb.
#163255
  1   2   3
Bog'liq
Ислам ОИХ
Yo’nalishga kirishish 7, KIMYOVIY MUVOZANATNING SILJISHI, Mavzu, sabo2, 6-tajriba, 1-Maruza, металларга босим остида ишлоу бериш, avtomatika1, Joba KOMPYUTER SISTEMALARI, 3 mustaqil ish I (3), 1-курсларга Оз бетинше жумыслар (2), 12-mustaqil ish, 5-o\'z betinshe 1a EE Djanabayev Diyorbek, sultan (2), Bеta-yemirilish turlari

Ammofos ishlab chiqarish texnologiyasi 1.Ammoniy fosfatlarning xossalari. 2.Ammofos ishlab chiqarish jarayonining texnologik sxemalari. 3.Ammofos ishlab chiqarish jarayoning texnologik hisoblari, moddiy va issiqlik balanslari.

Ma’lum xomashyo uchun fosfat kislotaning stexiometrik me’yori – ko’rsatilgan reaktsiyalarni va boshlang’ich ekstraksion fosfat kislota eritmasidagi neytrallovchi (CaO, MgO, P2O3) va kislotali (H2SO4) qo’shimchalarning bo’lishini e’tiborga olgan holda belgilanadi. Tabiiy fosfatni fosfat kislotali parchalashdan olinadigan bo’tqa tarkibidagi erkin fosfat kislotani gaz holatidagi ammiak bilan neytrallash jarayonida dastlab monoammoniyfosfat hosil bo’ladi: H3PO4 + NH3 = NH4H2PO4 Neytrallanish issiqligining ajralishi hisobiga massaning xarorati 80-90OC gacha ko’tariladi va buning hisobiga ammofosfat bo’tqasi birmuncha quriydi. Bunda suvda eriydigan P2O5 miqdori kamaymaydi.

Nisbatan kuchliroq ammoniylashtirish natijasida monokalsiyfosfat dikalsiyfosfatga aylanadi: Ca(H2PO4)2∙H2O + NH3 + H2O = CaHPO4∙2N2O + NH4H2PO4 Ca(H2PO4)2∙H2O + CaSO4 + 2NH3 + 3H2O = 2CaHPO4∙2H2O + (NH4)2SO4 Bunday chuqur ammoniylashtirish natijasida ammofosdagi suvda eriydigan P2O5 miqdori anchagina kamayadi, ammo o’zlashadigan P2O5 miqdori sezilarli o’zgarmaydi. Ammoniylashtirishni yanada davom ettirish P2O5 retrogradatsiyasiga olib keladi – dikalsiyfosfat o’simliklar qiyin o’zlashtiriadigan trikalsiyfosfat shakliga aylanadi: 3CaHPO4∙2H2O + 2NH3 = Ca3(PO4)2 + (NH4)2HPO4 + 6H2O NH4H2PO4 + NH3 = (NH4)2HPO4 (NH4)2HPO4 + 3CaHPO4∙2H2O = Ca3(PO4)2 + 2NH4H2PO4 + 6H2O 2CaHPO4∙2H2O + CaSO4 + 2NH3 = Ca3(PO4)2 + (NH4)2SO4 + 4H2O

Ammofos texnologiyasining qo’shaloq superfosfat texnologiyasidan farqi shundaki, bunda ishlatiladigan ikkilamchi fosfat oz miqdorda bo’ladi, ya’ni qo’shaloq superfosfat ishlab chiqarishdagi ikkilamchi fosfat bilan kiradigan umumiy miqdorining 25% o’rniga ammofos ishlab chiqarishda 10-15% P2O5 ishlatiladi. Ammofos ishlab chiqarishda kislota me’yorining haddan yuqori bo’lishi, xattoki quyi navlardagi fosfatli xomashyolardan olingan EFK ishlatilganda ham ikkilamchi fosfat parchalanish darajasining yuqori bo’lishini ta’minlaydi. Superfosfatlar samaradorligi bilan solishtirilganda ammofos agrokimyoviy samaradorligining yetarli darajada yuqori bo’lishi, ayniqsa quyi navli fosfatli xomashyolar ishlatilishi ammofos ishlab chiqarish sanoatini tashkil etish maqsadga muvofiqligini ko’rsatadi.


Download 47.62 Kb.
  1   2   3




Download 47.62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ammofos ishlab chiqarish texnologiyasi

Download 47.62 Kb.