Analog imslar. Barqaror tok generatori (btg) sxemasi Darlington juftligi. Uilson tok kо‘zgulari sxemasi




Download 222,62 Kb.
bet3/4
Sana16.05.2024
Hajmi222,62 Kb.
#238445
1   2   3   4
Bog'liq
Analog imslar. Barqaror tok generatori (btg) sxemasi Darlington
Bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligi, Zokirov Dasturlash xx, Роль компьютера в жизни современного человека, Шахсий компютернинг асосий компонентларилот, Kompyuterni tashkil etilishining mantiqiy asoslari, 40 IELTS Listening Tests - Section 3 (with answers), Murodali, 4-deadline, Deadline 3(21-30), Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya, 1 амалий машгулотга топширик, 2 амалий машгулотга топширик, 1-mavzu Qattiq jismlarda diffuziya xodisasi, round-up-0, 5G security
Differensial kuchaytirgich (DK) deb ikki kirishga ega bо‘lgan kuchaytirgichga aytiladi. Uning chiqishidagi signal kirish signallari farqiga proporsional bо‘ladi.
8.8 – rasmda sodda simmetrik DK sxemasi keltirilgan. Kuchaytirgich ikkita simmetrik yelkaga ega bо‘lib, birinchi yelka VT1 tranzistor va RK1 rezistordan, ikkinchi yelka esa VT2 tranzistor va RK2 rezistordan tashkil topgan. Sxemaning dastlabki ish rejimi IE toki yordamida ta’minlanadi. Bu tokning barqarorligi esa barqaror tok generatori (BTG) tomonidan ta’minlanadi.

8.8 – rasm.
Mazkur sxema 8.5 – rasmdagi sxemaga aynan о‘xshashligini kuzatish mumkin. Buning uchun R2 va R3 rezistorlarni VT1 va VT2 tranzistorlar bilan almashtirish va R1= RK1, R4= RK2 deb hisoblash kerak. Agar RK1 va RK2 qarshiliklar bir – biriga teng bо‘lsa va VT1 tranzistor parametrlari VT2 niki bilan bir xil bо‘lsa, u holda bu sxema simmetrik bо‘ladi.
Amaliyotda tо‘rtta ulanish sxemalardan ixtiyoriy biridan foydalanish mumkin: simmetrik kirish va chiqish, simmetrik kirish va nosimmetrik chiqish, nosimmetrik kirish va simmetrik chiqish, nosimmetrik kirish va chiqish. Simmetrik kirishda kirish signali manbai DK kirishlari orasiga (tranzistorlarning bazalari orasiga) ulanadi. Simmetrik chiqishda yuklama qarshiligi DK chiqishlari oralig‘iga (tranzistorlarning kollektorlari orasiga) ulanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, DK kuchlanishlari qiymati (moduli bо‘yicha) bir – biriga teng bо‘lgan ikkita manbadan ta’minlanadi. Ikki qutbli manbadan ta’minlanish sokinlik rejimida umumiy shinagacha tranzistor baza potensiallarini kamaytirishga imkon beradi. Bu holat DK kirishlariga signallarni qо‘shimcha sath siljitish qurilmalarini kiritmasdan uzatishga imkon yaratadi.
Ikkala yelka ideal simmetrikligida kirish signallari mavjud bо‘lmaganda (UKIR1=0, UKIR2=0) kollektor toklari va tranzistorlarning kollektor potensiallari bir xil bо‘ladilar, chiqish kuchlanishi esa UCHIK1,2 =0. Sxema simmetrik bо‘lganligi sababli, tranzistor xarakteristikasining sabablarga bog‘liq bо‘lmagan ravishda ixtiyoriy о‘zgarishi, ikkala yelka toklarinig bir xil о‘zgarishiga olib keladi. Shu sababli sxema balansi buzilmaydi va chiqish kuchlanishi dreyfi deyarli nolga teng bо‘ladi.
DK ikkala kirishiga fazasi va amplitudalari bir xil bо‘lgan signal (sinfaz signal) berilsa UKIR1=UKIR2 , yelkalarning simmetrikligi va
BTGning mavjudligi tufayli kollektor toklari о‘zgarmaydi va ular о‘zgarishsiz va bir - biriga tengligicha qoladi.
IK1 + IK2 =0,5IE
bu yerda IE- emitter tokining uzatish koeffitsiyenti.
Demak, kollektor potensiallari tengligicha qoladi, chiqish kuchlanishi esa UCHIK -UK1 -UK2 =0. Bu deganiki, idel DK sinfaz kirish signallariga sezirsiz.
Agar kirish signallari amplitudasi bо‘yicha bir xil, lekin fazalari qarama – qarshi bо‘lsa, u holda ular differensial deb ataladi. Differensial signal ta’siri natijasida bir yelkadagi tok ikkinchi yelkadagi tok kamayishi hisobiga ortadi IE1 IE2 , chunki toklar yig‘indisi doim IE(IE1 +IE2 = IE) . Bir tranzistor kollektori potensiali kamayadi, ikkinchisiniki esa xuddi shu qiymatga kamayadi. DK chiqishida potensillar farqi hosil bо‘ladi, demak, chiqish kuchlanishi
UCHIK1,2 =UCHIK1 +UCHIK2 .
Umumiy emitter ulanish sxemasida ishlaydigan kuchaytirgich tahlili natijalaridan foydalangan holda, differensial signal (simmetrik kirish va chiqishga ega bо‘lgan) ning kuchaytirish koeffitsiyenti qiymatini olamiz

Download 222,62 Kb.
1   2   3   4




Download 222,62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Analog imslar. Barqaror tok generatori (btg) sxemasi Darlington juftligi. Uilson tok kо‘zgulari sxemasi

Download 222,62 Kb.