Andijan Mashinasozlik instuti Elektra tehnika fakulteti K. 04;23 gurux talabasi Tursunov Asilbekning kimyo fanidan tayorlagan taqdimot ishi




Download 96,33 Kb.
bet1/3
Sana25.01.2024
Hajmi96,33 Kb.
#145800
  1   2   3
Bog'liq
Tursunov asilbek [Автосохраненный]

Andijan Mashinasozlik instuti Elektra tehnika fakulteti K.04;23 gurux talabasi Tursunov Asilbekning kimyo fanidan tayorlagan taqdimot ishi

Mavzu; Elektr toki Reja 1.Elektr toki haqida tushuncha 2.Tok kuchi 3.Zanjirning bir qismi uchun om qonuni.

Elektr toki — elektr zaryadlarining tartibli harakati. Elektr toki paydo boʻlishi va doimo paydo boʻlib turishi uchun: moddada erkin elektr zaryadlari; ularni tartibli harakatga keltiruvchi elektr maydon; zanjir berk boʻlishi kerak. Zaryadli zarralar tok tashuvchilar deb ataladi. Metallar va yarimoʻtkazgichlarda tok tashuvchilar elektronlardan, elektrolitlarda musbat va manfiy ionlardan, ionlashgan gazlarda musbat va manfiy ionlar hamda elektronlardan iborat.

Zaryadli zarralarning elektr maydon taʼsirida jismga nisbatan koʻchishi natijasida vujudga keladigan Elektr toki oʻtkazuvchanlik toki deb, zaryadlangan makroskopik jism (masalan, suyuqlik yoki gaz)larning koʻchishidan yuzaga keladigan elektr toki konveksion tok deb ataladi. Siljish toki deb ataladigan tok ham mavjud. Bu tok zaryadlar harakatiga bogʻliq boʻlmay, balki elektr maydon kuchlanganligining vaqt boʻyicha oʻzgarishiga mutanosib (proporsional) boʻladi. Siljish toki magnit maydon hosil qilish xususiyati jihatidangina oʻtkazuvchanlik va konveksion tokka ekvivalentdir.

Elektr tokining mavjudligini tok tufayli yuz beradigan quyidagi taʼsir yoki hodisalarga qarab bilish mumkin: issiqlik taʼsiri — tok oʻtayotganda oʻtkazgich (oʻta oʻtkazgich bundan istisno) qiziydi; kimyoviy taʼsiri — Elektr toki oʻtkazgichning kimyoviy tarkibini oʻzgartiradi (masalan, elektroliz hodisasi); magnit taʼsiri (masalan, tokli oʻtkazgich yonida magnit milining ogʻishi, elektromagnitlar); kuch taʼsiri (masalan, magnit maydonida tokli oʻtkazgichning ogʻishi, elektr dvigatellar); yorugʻlik taʼsiri (masalan, siyraklangan gazlarda razryad, elektr yoyi). Tok kuchi ampermetr, milliampermetr, mikroampermetr va galʼvanometr bilan oʻlchanadi.

Zaryadlarning tartibli harakatiga oʻzgarmas tok dеb ataladi. Tokning yo’nalishi sifatida musbat zaryadlarning harakat yo’nalishi qabul qilingan. elektr tokining ishi nima Elektr zaryadining harakati elektr toki sifatida tanilgan, uning intensivligi odatda amperlarda o'lchanadi. Oqim har qanday harakatlanuvchi zaryadlangan zarralardan iborat bo'lishi mumkin; ko'pincha bu elektronlar, ammo harakatdagi har qanday zaryad oqimni tashkil qiladi. Elektr toki ba'zi narsalar, elektr o'tkazgichlar orqali o'tishi mumkin, lekin elektr izolyatoridan o'tmaydi.


Download 96,33 Kb.
  1   2   3




Download 96,33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijan Mashinasozlik instuti Elektra tehnika fakulteti K. 04;23 gurux talabasi Tursunov Asilbekning kimyo fanidan tayorlagan taqdimot ishi

Download 96,33 Kb.