Andijon avtotexxizmat mchj




Download 1.03 Mb.
bet1/6
Sana12.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#72129
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Andijon Avtotexxizmat
sinf faollari, Мия қариши уни секинлаштиришга ёрдам берадиган 3 та оддий одат, Kirish (1), Mavzu To`rt qutbliklarni matritsa usulida hisoblash, Mikromarketing-i-Makromarketing, 11-sinf darslik

ANDIJON AVTOTEXXIZMAT MCHJ

Reja :




  1. Kirish

  2. Andijon Avtotexxizmat MCHJ haqida

  3. Rahbarlar haqida ma'lumot

  4. Kasaba uyushmasi qo`mitasi faoliyati

  5. Texnik xizmat ko’rsatish sexlari

  6. Xulosa

  7. Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko`lamini kengaytirish muhim rol o`ynadi. So`nggi 3 yilda mamlakatimizda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ikki barobar ortdi. 2013 yilda 455 ta korxonada mahalliylashtirish dasturi asosida 1140 ta loyiha amalga oshirildi. 2013 yilda eksport va importni ijobiy saldosi 1,3 milliard dollarni tashkil etdi. Oltin zahira fondi 2 foizga o`sdi.
GM-Uzbekiston yopiq aktsiyadorlik jamiyatida 2013 yilda johon andozalariga mos jami 246641 ta avtomobil` ishlab chiqarildi ( O`zbekiston ovozi 9.01.2014 y). Mahsulotning 157751 tasi o`zimizda qoldirildi. 90795 tasi eksport qilindi. Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qozog`iston, Ozarbayjon, Armaniston davlatlarida ham O`zbekiston avtomobillarining xaridorlari ko`paymoqda.
Neksiya, Matiz, Lasetti, Kobal`t ham xaridorlar e`tiborini qozondi. 2014 yilda GM-Uzbekistonda texnologik modernizatsiya tadbirlari yanada jadal davom ettiriladi. Chunonchi Chevrolet Orlando avtomobili ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. 7 kishiga mo`ljallangan yangi rusumdagi bu avtomobil` ham tazda xaridorlarini topishi shubhasiz.
Mamlakatimiz 2013 yilda yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o`sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo`jaligi- 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi -14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi 6,8 foizni tashkil etdi.
2013 yil hisobotiga ko`ra, tashqi davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 17 foizni, eksport hajmiga nisbatan 60 foizni tashkil etdi.
Yurtimizda sanoatni ustvor darajada rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modemizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat tarkibida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo`lgan, raqobatdosh mahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining o`rni tobora ortib bormoqda. Bu 2013 yilda sanoat mahsulotlarinf 78 foizni tashkil etdi.
2013 yilda yuqori texnologiyalarga asoslangan mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati 121 foizni tashkil etdi. Iqtisodiyotimizning deyarli barcha tarmoqlari modemizatsiya qilinib, amalda texnologik jihatidan yangilanmoqda. Ana shunday o’zgarishlar hisobiga yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 2013 yilda 24,2 foizni tashkil etdi. Bu 2000 yilda 14, 2 foizdan iborat edi. Ma’lumki, ushbu avtomobillarni ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish maqsadida viloyatimizda 30 ga yaqin butlovchi qismlar ishlab chiqaruchi korxonalar ishlab turibdi, 2013 yilda ularda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar sonini va sifatini oittirish ustida ishlar olib borilmoqda.
2013 yilda umumiy eksport hajmining 72 foizi raqobatbardosh tayyor tovarlarga to’g’ri keldi.
Mahsulot eksport qilishga 450 ta yangi korxona jalb qilishga erishildi.
2013 yilda xalqimizning real daromadlari 16 foizga oshdi, o`rtacha oylik ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa va stipendiyalar 20,8 foizga oshdi. O`zbekistonda eng past va eng yuqori daromad oladigan aholi guruhlari o`rtasidagi tafovut darajasi 8 barobarga to`g`ri keldi.

Andijon Avtotexxizmat MCHJ haqida


Andijon “Avtotexizmat” aksiyadorlik jamiyati 1969-yili “Uzavtotexxizmat” aksiyadorlik birlashmasi tarkibida tashkil topdi. Andijon va Asaka shaharlaridagi ustaxonalar hamda viloyat tumanlaridagi mayshiy xizmat ko`rsatish korxonalari ihtiyorida bo`lgan 220 ga yaqin kichik ustaxonalarni uning tarkibiga kiritildi.
Respublikamiz 1991 yilda mustaqillikka erishgach mamlakat rivojlanish jarayonlarida jamiyatga tashqaridan ehtiyot qismlar va boshqa materiallar kelishi chegaralanib, ish yuritishda turli muammolarni yechishga to`g`ri keldi. Bu holatda ham jamiyat jamoasining ahilligi, mahorati va yuqoriga intilishi natijasida barcha qiyinchiliklar ortda qoldirildi.
Aholiga har tomonlama qulaylik yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida Respublika Prezidentining 1994 yil 21 yanvar va 15 mart farmonlari Vazirlar mahkamasining 29 mart 171-sonli, 1995 yil 27 fevraldagi 71-sonli qarorlariga asosan jamiyatimizda mavjud 8 ta stansiya va 22 ta avtoustaxonalardan 5 ta stansiya va 22 ta avtoustaxonalar joylarda ishlovchi ilg`or ishchi va xodimlarga xususiylashtirilib berildi. 1995 yil noyabr oyida jamiyatimiz o`z ihtiyorida qolgan 3 ta TXKS bilan hissadorlik jamiyatiga aylantirildi.
Jamiyatimizni asosiy rivojlanishiga Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 26 mart kungi «UzDEUavto» qo`shma korxonasining samarali faoliyatini ta’minlash chora tadbirlari to`g`risidagi» qarori sabab bo`ldi. Ushbu qarorga asosan jamiyatimiz Viloyat Xokimligi, Uzavtosanoat uyushmasi, Uzavtotexxizmat birlashmalarining bevosita ko`magi va rahbarligida «UzDEU avto» avtomobillarini sotish va ularga texnik xizmat ko`rsatishga moslashtirib qayta rekonstruksiya qilinib katta xajmdagi obodonlashtirish ishlari bajarildi.
Rekonstruksiya ishlarini bajarishda Turkiyaning «Demir», Xorvatiyaning «Ingra» qurilish kompaniyalari, Respublikamiz va viloyatimizning eng ilg`or qurilish jamoalari ishtirok etishdi. Rekonstruksiyadan keyin stansiyadagi asbob uskunalari ham Italiyada ishlab chiqarilgan eng zamonaviy ikki ustunli ko`targich, balansirovka, razval-sxojdeniya stendi, avtomobillarni bo`yash va quritish kamerasi, fara sozlash stendi, gazoanalizator va boshqa zaruriy jixozlar bilan almashtirildi.
Rekonstruksiyadan keyin jamiyatimizni «UzDEUavto» avtomobillarini sotish va ularga texnik xizmat ko`rsatishga moslashtirishga tayyorgarlik ko`rish maqsadida mamlakatimiz Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning avtosalonga tashrif buyurishlari va bajargan ishlarimizga ijobiy baho berishlari jamoamiz a’zolarini ruhlantirdi.
Prezidentimizning «O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatish va servis sohalarini rivojlantirishni jadallashtirish chora tadbirlari to`g`risida»gi 325-sonli va 640-sonli qarorlarini amalda bajarib 2007 yil Oltinko`l tumanida 806,0 mln so`m mablag` sarflab 25 ish o`rniga ega bo`lgan 3-sonli zamonaviy, salobatli va ko`rkam stansiyasi qurildi, 2008 yilda Andijon shahri Tojik ko`chasida 306 mln so`mm sarflanib 15 ish o`rniga ega bo`lgan o`ta ixcham hamda xamma tomonlama qulayliklarga ega bo`lgan 2-sonli stansiya qurib bitkazildi, natijada shuncha miqdorida yangi ish o`rinlari barpo etildi. 
1-stansiya va yangidan qurilgan 2-3-sonli stansiyalarni zamonaviy va ilg`or texnologiyalar bilan jixozlash maqsadida Janubiy Koreyadan to`g`ridan-to`g`ri konvertatsiyalash yo`li bilan 108 ming AQSH dollari evaziga mashxur «Heshbon» kompaniyasida ishlab chiqarilgan asbob uskuna va jixozlar olib kelib o`rnatildi. 
Bundan tashqari jamiyatimiz ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib respublikamiz va viloyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy sohalari, sportni rivojlantirish, obodonchilik, qariya va nogironlik uylari xolidan xabar olish kabi ko`plab homiylik ishlarida ishtirok etib kelmoqda. Jamiyatimiz viloyatimizda har yili o`tkazib kelinayotgan «Andijonimizni gullar shahriga aylantiraylik» konkursida faol qatnashib yuqori o`rinlarni olib kelmoqda. Jamiyatiz avtoustalari har yili o`tkazilayotgan «Eng yaxshi usta» respublika musobaqasida xam sovrinli o`rinlarni egallab kelyapti.
1-TXKS «Uzavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi bilan respublika «Uzmetmashsanoat» kasaba uyushmasi qo`mitasi tomonidan tashkillashtirilgan «Ishchi-xizmatchilarga xavfsiz mexnat sharoitlari, ishlab chiqarishning yuqori estetikasi va madaniyatini ta’minlagan eng yaxshi uchastka» unvonlariga bir necha bor sazovar bo`ldi. Mahalliy yoshlarga xunar o`rgatish va shogirdlik sohasiga bergan axamiyatimiz tufayli jamiyatimizga yangi ishga kirgan avtoustalarni deyarli barchasi jamiyatimizda faoliyat ko`rsatib kelayotgan malakali ustalardan ustachilik sirarini o`rganib ish boshlaganlar. 
Jamiyatimiz avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish, ehtiyot qismlar va avtomobillar savdosida yuqori ko`shatkichlarga erishish natijasida korxona daromadi muntazam ortib bormoqda. Bular evaziga ishchi xizmatchilarni oylik maoshlari bosqichma-bosqich oshirilmoqda. Jamiyatimizda ishchi xizmatchilarni unumli va samarali mehnat qilishlari uchun xam yaxshi shart sharoitlar yaratilgan.

Rahbarlar haqida ma'lumot



Download 1.03 Mb.
  1   2   3   4   5   6




Download 1.03 Mb.