• A S O S N O M A
  • KIRISH Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati
  • Andijon davlat chet tillari instituti




    Download 30.68 Kb.
    bet1/4
    Sana07.01.2024
    Hajmi30.68 Kb.
    #131715
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Buzurxanova asosnoma real
    CONVERSION, 1-ilova Ta\'lim sifati yul xarita oxirgi, Microsoft Word dasturi yordamida matnlarni tahrirlash asoslari. -fayllar.org, turizm namuna, turizm namuna 1, EGOTENTRIZM IJTIMOIY VA PSIXOLOGIK hususiyat sifatida to\'grilangani, tizimli blok

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI
    Ingliz tili oqitishning integrallashgan kursi kafedrasi erkin tadqiqotchisi Buzurhanova Kamola Sanjarovnaning
    10.00.06. – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik" ixtisosligi bo’yicha
    " O'zbek va ingliz tillarida "Non/Bread" konsepti verbalizatorlarining lingvokognitiv va lingvokulturologik hususiyatlari”
    mavzusidagi filologiya fanlari doktori, (PhD)
    ilmiy darajasini olish uchun yoziladigan dissertasiyasi uchun

    A S O S N O M A
    Tadqiqotchining maqomi va Erkin tadqiqotchi
    qabul qilingan sanasi
    Tadqiqotchining F.I.Sh Buzurhanova Kamola Sanjarovna

    Bajarilishi rejalashtirilayotgan dissertasiya ishi mavzusi: " O'zbek va ingliz tillarida "Non/Bread" konsepti verbalizatorlarining lingvokognitiv va lingvokulturologik hususiyatlari”


    Ilmiy rahbar: Filologiya fanlari nomzodi, professor Abduvaliev
    Muxammadjon Arabovich.
    Ixtisoslik shifri: 10.00.06- Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
    Ish bajariladigan tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti


    KIRISH
    Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati: Jahon tilshunosligida XXI asrning birinchi va ikkinchi o‘n yilliklarida jaxon tilshunosligida inson tiliga xos xodisalar tadqiqiga antroposentrik yondashuvlar asosida amalga oshirilayotgan izlanishlar umumiy va xususiy til nazariyalari, shuningdek fanlar kesishuvi negizida paydo bo`lgan lingvokognitologiya, lingvistik pragmatika, lingvomadaniyatshunoslik kabi zamonaviy yosh yo`nalishlarning rivojiga ham sezilarli darajada turtki bo`lmoqda. Bu yetakchi soxalar mikyosida kiyosiy va chogishtirma planda bajarilgan tadqiqotlar ko‘lami xam kengayib, til xodisalari tadqiqiga xar tomonlama va kompleks yondashuv til va tafakkur, olamni konseptuallashtirish va atash, olamning kognitiv va lisoniy tasavvurlari nutkiy mulokot kommunikativ intensiya, nutqiy vaziyat (kontekst), adresant belgi adresat munosabatlarini, til va nutk birliklarining milliy madaniy xususiyatlari kabilarga taalukli kator baxsli va munozarali xodisalarga oydinlik kiritilmokda.
    Bizni o`rab turgan olam, voqea xodisalar haqidagi bilimlar, ular haqidagi obrazlar, ularga nisbatan bo‘lgan munosabat va baxolashlar ong birligi bo‘lmish konseptlarda o‘z ifodasini topadi. Xar bir konseptda u yoki bu predmet xodisaning barcha muxim va muxim bo‘lmagan belgilari uz ifodasini topmada. Bu belgi, xususiyatlar obrazlar va sub'ektiv baxolarning ko‘lami, miqyosi va tarkibi turli millat va elatlarda turlicha buladi. Bu tabiiy xol chunki, xar bir millat, elat dunyoni, undagi predmet va xodisalarni turlicha ko‘radi, kabul kiladi, idrok etadi, o‘zi uchun muxim belgi, xusuiyatlarni tanlaydi, unga o‘z baxosini beradi. Moxiyatan yakin yoki uzoq bo‘lgan boshqa konseptual soxalar bilan mavjud o‘zaro munosabatlarni qiyoslaydi va farqlaydi. Konseptlar tilda voqelashadi, lekin ularning ifoda vositalari turli tillarda turlicha bo‘ladi. Ular konsept Non/Bread nominativ maydonida o`z o`rni maqomiga ega bo‘ladilar. Konseptning lisoniy ifoda vositalari shakl, ma'no, vazifa va milliy madaniy, xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Yuqorida ta'riflab o‘tilgan masalalar "Non/Bread" universal konseptiga xam taluqli bo‘lib, uning dolzarbligi kuyidagilarda namoyon buladi:
    -Mavzu O`zbek va ingliz tillarida, ya`ni chogishtirma planda tadqiq etilmagan.
    -Kognitiv jarayon maxsuli bo‘lgan "Non/Bread" konseptiga xos umumiy belgi xususiyatlar, ularni ongdagi konseptual tasviri, ob'ektiv va subektiv baxosi, konseptual maydon va uning mikyosi kabi kator masalalar ilmiy talkini va tadqiqini topmagan.
    -" Non/Bread " konseptini lisoniy voqelanish masalasi, uning lisoniy ifoda vositalari ko‘lami, ularning maydoniy xususiyati, maydonni tashkillovchi birliklar Urtasidagi ma'noviy, mazmuniy munosabatlar, konsitituetlarning o‘rni, maqomi va vazifasi kabilar xam xanuzgacha tadkik etilmagan.
    -"Non/Bread" konseptini ifoda vositalari kompleks ravishda (semantik, struktur, funksional nuktai nazardan) stilistik va kommunikativ tadkik etilmagan. Ushbu pragmatik konseptning verbalizatorlarining tillararo korrespondensiyasi masalasi ingliz, O‘zbek va boshka tillar misolida aloxida tadqiqot ob'ekti bo‘lmaganligi kabilardir.

    Download 30.68 Kb.
      1   2   3   4




    Download 30.68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon davlat chet tillari instituti

    Download 30.68 Kb.