Andijon davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi magistratura talabasi No‘monova Yulduz Umarjon qizining 70111401-O‘zbek tili va adabiyoti




Download 56.5 Kb.
bet1/3
Sana01.06.2023
Hajmi56.5 Kb.
#68763
  1   2   3
Bog'liq
taqriz 2023
1-SINF, итог по менежм(очное), iqtisod 1 guls, 516-524, Mavzu ong taraqqiyoti va ongsizlik, valeologik ong


Andijon davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi magistratura talabasi No‘monova Yulduz Umarjon qizining 70111401-O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha magistr akademik darajasini olish uchun taqdim etilgan “Ommaviy axborot vositalari va nutq madaniyati” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
ilmiy rahbar xulosasi
Tildagi muttasil o`zgarishlar shu til egalarining lisoniy madaniyatiga ta'sir etmay qo`ymaydi. Shuning uchun globallashuv davrida milliy-madaniy o`ziga xoslikni, milliy qadriyatlarni, shu jumladan, til sofligini saqlash, til egalarining lisoniy kompеtеnsiyasini, muloqot madaniyatini rivojlantirish kabi masalalar kun tartibidagi asosiy masalalardan biriga aylandi. Ushbu masalalarni hal qilishda ommaviy axborot vositalarining o`rnini alohida etirof etish lozim. Zеro, jurnalistik etikеt, jurnalistik kompеtеnsiya jurnalistdan yuksak lisoniy saviya va madaniyatni, savodxonlikni hamda milliy-madaniy qadriyatlarni e`zozlashni talab qiladi.
Nutq madaniyati nafaqat alohida shaxsning, balki butun jamoaning, jamiyatning madaniyatidan dalolat bеruvchi ko`rsatkichdir. Shunday ekan, tilga bo`lgan munosabat milliy qadriyatlarning, milliy madaniyatning davomiyligini saqlashga xizmat qilishi muqarrar. Ommaviy lisoniy madaniyatning shakllanishini esa OAV siz tasavvur qilib bolmaydi.
Keyingi yillarda yurtimizdagi va butun dunyodagi ommaviy axborot vositalarining sezilarli rivoji natijasi o`laroq, nutqning erkin qurilishi bir tomondan, bizni monoton nutqdan xalos etgan bo`lsa, ikkinchi tomondan nutq madaniyati masalasini aktuallashtiradi
Magistrant No'monova Yulduzxon Umarjon qizining magistr akademik darajasini olish uchun taqdim etgan “OAV va nutq madaniyatii” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi bugungi kun uchun dolzarb muammo yechimiga qaratilgan.
Dissertatsiya kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, uning umumiy hajmi talabga javob beradi.
Ishning kirish qismida tadqiq uchun tanlangan mavzuning o‘rganilganlik darajasi baholangan. Tadqiqotning maqsadi, vazifalari tanlangan tadqiqot metodlari, himoyaga olib chiqilayotgan holatlar, ishning ilmiy yangilig, amaliy ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan. Tadqiqotning vazifasi, ilmiy farazi, yangiligi va himoyaga olib chiqilayotgan holatlarning bir-biriga mos kelishi disertatsiyaning umumiy tavsifi belgilangan talablarga to‘la mos kelishini tasdiqlaydi.
Dissertatsiyaning birinchi bobida Ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi o`rni va ahamiyati, shuningdek, o`zbek tilining madaniy nutq me`yorlari haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, OAV ning til xususiyatlari va adabiy mе`yor ahamiyati yoritilgan. OAV va nutq madaniyatining tilshunislikdagi o'rni va uning tahlilga doir izlanishlarning bugungi holati o‘rganilgan. Magistrant ilmiy tadqiqot ishining birinchi bobida nazariy ma’lumaotlarni izchil va o‘zaro aloqadorlik asosida yoritib bergan. Bob nazariy xarakterga ega. Nazariy ma’lumotlarni tizimlashtirishda vorisiylik, xolislik va tarixiylik tamoyillariga alohida e’tibor qaratilgan. Nazariy ma’lumotlar shunchaki keltirib o‘tilmagan, magistrant bu fiklalrga o‘zining ijmiy qarashlarini ham bayon qila olgan.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi Ommaviy axborot vositalarida nutq madaniyatining o`rni va ahamiyati tahliliga qaratilgan bo‘lib, bu bobda til va nutq madaniyatining jamiyatdagi o'rni, shuningdek, so'z qo'llash, semantik va uslubiy vazifalari ochib berilgan. Tahlil uchun aniq misollar tanlangan. Bu vositalarning OAVning jamiyatdagi o‘rni, o‘ziga xos xususiyatlari, uslubiy vazifalari, yutuqlari ko‘rsatib berilgan.
Dissertatsiya yuzasidan ishlab chiqilgan umumiy xulosalar faqatgina nazariy jihatdan tadqiq etilibgina qolmay, OAVda bugungi kunda uchrayotgan xato va kamchiliklar aniq statistik ma'lumotlarga ko'ra foizlarda aks ettirilgan va tadqiqot vazifalariga mos holda shakllantirilgan.
No'monova Yulduz Umarjon qizining 70111401-O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha magistr akademik darajasini olish uchun taqdim etilgan “OAV va nutq madaniyat” mavzusidagi magistrlik disertatsiyasi mustaqil bajarilgan tadqiqot ishi bo‘lib, DAK talablariga to‘liq javob beradi. Ishning umumiy saviyasi, amaliy ahamiyatga ega ekanligi va yangiligini hisobga olib, himoyaga tavsiya etaman.



Download 56.5 Kb.
  1   2   3




Download 56.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi magistratura talabasi No‘monova Yulduz Umarjon qizining 70111401-O‘zbek tili va adabiyoti

Download 56.5 Kb.