• Magistratura talabasi
  • Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati.
  • Fakultet: Geografiya va agronomiya Kafedra: Agrokimyo va ekologiya O‘quv yili




    Download 24.86 Kb.
    bet1/6
    Sana09.06.2023
    Hajmi24.86 Kb.
    #71376
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    annotatsiya
    1-laboratoriya ishi, Maxmudov Sherzod, Asliddinga annotatsiya (1) (1), javlonbek

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

    Fakultet: Geografiya va agronomiya
    Kafedra: Agrokimyo va
    ekologiya
    O‘quv yili: 2021/2023

    Magistratura talabasi: Dilmurodov Asliddin Nizomiddin o’g’li.
    Ilmiy rahbar: q.x.f.f.d.PhD.Aminova.D.
    Mutaxassisligi: 70530701 -Tuproqshunoslik (tadqiqot turlari bo’yicha)

    Sug‘oriladigan qumli cho‘l tuproqlarining texnogen buzilishida mikroorganizmlarga ta’sirini o‘rganish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga




    ANNOTATSIYASI


    Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati. Bugungi kunda respublikamiz qishloq xo‘jaligida, jumladan, yer resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish sohalarida ilmiy, ilmiy-amaliy ishlar tizimli yo‘lga qo‘yildi hamda muayyan natijalarga erishilmoqda. Bu borada turli tuproq tiplari bo‘yicha sanoat chiqindilari, texnogen moddalar, og‘ir metallar deb ataluvchi kimyoviy birikmalarning tuproqqa ta’siri yuzzasidan respublikamiz miqyosida tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, neft mahsulotlarini tuproq tarkibidan tozalash bo‘yicha ishlanmalar ishlab chiqilgan, sug‘oriladigan tuproqlar tarkibida og‘ir metallar harakatini kamaytirish va tozalash texnologiyalari yaratilgan. Shu bilan birgalikda tuproq-iqlim sharoitiga mos, atmosfera havosida tarqalayotgan turli xil kimyoviy birikmalarning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish borasida chora-tadbirlarga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida «...qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni muttasil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishini kengaytirish, agrar sektorining eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish» muhim strategik vazifalar sifatida belgilab berilgan. Shuning uchun ham turli-tuproq iqlim sharoitida sanoat chiqindilaridan ajralayotgan kimyoviy toksik ta’sir e’tuvchi omillarni aniqlash, atrof-muhitni ekologik jihatidan tozalash bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi 4947-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 27 maydagi «2013-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi to‘g‘risida»gi 142-sonli va 2018 yil 13 fevraldagi «Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi 375-sonli Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

    Download 24.86 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 24.86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fakultet: Geografiya va agronomiya Kafedra: Agrokimyo va ekologiya O‘quv yili

    Download 24.86 Kb.