–
grafika va multimedia elementlari joylashtirilgan gipermedia
hujjatlari ko`rinishidagi mantiqan butun axborot hajmidir.
Multimedia
–
kompyuterda axborotning turli xil ko`rinishlari : rangli
grafika, matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning chiqishi va
sintezlangan musiqalar, animasiya, shuningdek to`laqonli videokliplar, hatto
videofilmlar bilan ishlashdir.
Hozirgi kunda axborot tarmog’idan foydalanish an’ananaviy tus olgan.
Bugungi kunda milliy axborot tizimini shakllantirish jarayonida Internet va
22
boshqa global axborot tizimlaridan keng foydalanish, ayniqsa muhim
ahamiyatga ega. Bu «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» da ham ta’kidlanadi.
Darhaqiqat, kundalik turmushda bilish zarur bo’lgan axborotlarning ko’pligi,
ularni topish, olish va foydalanishni rejalashtirishni talab qiladi. Ya’ni, qanday
turdagi axborotlarni gazeta, jurnal, televidenie yoki radiodan va qanday
axborotlarni boshqa manbalardan, masalan, Internet yoki E-maildan
o’zgartirilgan ma’lumotlar chiqariladi. Bunda ma’lumotlarni o’zgartirishning
qonuniyatlari doimiy bo’ladi.
Internet tizimidan foydalanish uchun eng avvalo, bu axborot tarmog’’iga
ulanish lozim. Quyida bu tarmoqqa ulanish va undan foydalanish tartib-
qoidalarini ko’rib chiqamiz.
Kompyuterlar bir-biri bilan qanday bog’lanadi, degan savol tug’ilishi
mumkin. Internetga bog’lanishning bir nechta usuli mavjud. Bog’lanish turlari
o’zaro imkoniyatlari va ma’lumotlarni uzatish tezligi bilan farqlanadi.
Bog’lanish imkoniyati va tezligi internetdan foydalanish narxini belgilaydi. Sifat
va tezlik o’shishi bilan narx ko’tariladi. Bog’lanish turlarini narxining pasayishi
tartibida quyidagicha keltirish mumkin:
1.
Tog’ridan-tog’ri bog’lanish.
2.
SLIP va RRR yordamida bog’lanish.
3.
«Chaqiruv» asosida bog’lanish.
4.
UUCP yordamida bog’lanish. Bu usullarning mazmuni bilan tanishib
chiqamiz. Tog’ridan-tog’ri bog’lanish usuli tarmoqning barcha
imkoniyatlaridan tulik foydalanishga imkon beradi. Bunda foydalanuvchi
uchun alohida tarmoq, ajratiladi va buni provayder ta’minlaydi.
Bunday bog’lanishda kompyuteringiz server sifatida ishlaydi va bu
bog’lanishning eng sifatli usuli xisoblanadi. Siz server—kompyuter yordamida
23
maxalliy tarmoqdagi kompyuterlarni internetga bog’lashingiz mumkin. Bunda
ma’lumotlarni uzatish tezligi 10 Mb/sekundga teng bo’ladi.
Tog’ridan-tog’ri bog’lanishni Radio Ethernet orqali ham amalga oshirish
mumkin. Bunday bog’lanish radiokanal bog’lanishdir. Bu bog’lanish
radioantennalar yordamida amalga oshiriladi va tarmoq simlarining zarurati
bo’lmaydi. Shu bois, bu bog’lanish uzoq masofalarda ham aloqani ta’minlaydi
(provaydergacha bo’lgan masofa 50 km gacha bo’lishi mumkin). Ma’lumotlarni
uzatish tezligi 11 Mbit/sekundga etadi. Sarkor — Telekom provayderi shu
usuldan foydalanadi.
SLIP va RRR orqali bog’lanish oddiy telefon tarmoqlarida standart
modem yordamida ishlovchi Internet dastur ta’minotidir. Bunda siz oddiy
telefon tarmog’idagidek ishlaysiz. Ish seansini tugatgandan so’ng telefon
tarmog’ini bushatasiz va unda boshqa foydalanuvchi ishlashi mumkin bo’ladi.
Bunday bog’lanishning yutug’i shundaki, ular internetga tog’ridan-tog’ri
kirishga imkon beradi.
SLIP — bu oddiy telefon tarmog’i va modemdan foydalanadigan Internet
bayonnomadir.
RRR — bu SLIP ga o’xshash va undan keyinroq yaratilgan bayonnoma.
Uning imkoniyatlari SLIP ga nisbatan ko’proq.
«Chaqiruv» asosida bog’lanish internetga kirishga imkon beradi. Bunda
foydalanuvchi mantiqiy nom va parol yordamida internetga tog’ridan-tog’ri
kirib ishlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Bunday tarmoqdan bir nechta
foydalanuvchi foydalanadi va shuning uchun tarmoqning tezligi sustroq bo’ladi.
Internet bilan bog’lanish davomida uning imkoniyatlaridan mumkin qadar
to’laroq foydalanish lozim. Chaqiruv bo’yicha bog’lanishni o’rnatish juda
oddiydir. Bu usulning narxi kamroq bo’lganligi tufayli undan foydalanuvchilar
ko’p. Bu usulda bog’lanishdir. Bu bog’lanish radioantennalar yordamida amalga
oshiriladi va tarmoq simlarining zarurati bo’lmaydi. Shu bois, bu bog’lanish
24
uzoq masofalarda ham aloqani ta’minlaydi (provaydergacha bo’lgan masofa 50
km gacha bo’lishi mumkin). Ma’lumotlarni uzatish tezligi 11 Mbit/sekundga
yetadi. Sarkor — Telekom provayderi shu usuldan foydalanadi.
SLIP va RRR orqali bog’lanish oddiy telefon tarmoqlarida standart
modem yordamida ishlovchi Internet dastur ta’minotidir. Bunda siz oddiy
telefon tarmog’idagidek ishlaysiz. Ish seansini tugatgandan so’ng telefon
tarmog’ini bo’shatasiz va unda boshqa foydalanuvchi ishlashi mumkin bo’ladi.
Bunday bog’lanishning yutugi shundaki, ular internetga tog’ridan-tog’ri kirishga
imkon beradi.
SLIP — bu oddiy telefon tarmog’i va modemdan foydalanadigan Internet
bayonnomadir.
RRR — bu SLIP ga uxshash va undan keyinrok yaratilgan bayonnoma.
Uning imkoniyatlari SLIP ga nisbatan ko’proq.
«Chaqiruv» asosida bog’lanish internetga kirishga imkon beradi. Bunda
foydalanuvchi mantiqiy nom va parol yordamida internetga tog’ridan-tog’ri
kirib ishlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Bunday tarmoqdan bir nechta
foydalanuvchi foydalanadi va shuning uchun tarmoqning tezligi sustroq bo’ladi.
Internet bilan bog’lanish davomida uning imkoniyatlaridan mumkin kalar
tularok foydalanish lozim. Chaqiruv bo’yicha bog’lanishni o’rnatish juda
oddiydir. Bu usulning narxi kamroq bo’lganligi tufayli undan foydalanuvchilar
ko’p. Bu usulda honadonlardagi kompyuterlarni ham internetga ulash va
foydalanish qulay. «Chaqiruv» asosida bog’lanishning sifatli usuli ISDN dir.
ISDN (Integrated Service Digital Network) — bu raqamli telefon
tarmog’idir. U odatdagi telefon tarmog’idan ma’lumotlarni uzatish tezligi bilan
fark qiladi. Bu tezlik telefon tarmog’iga qaraganda 4,5 barobar oshadi va 120
Kbit/sekundni tashkil etadi. ISDN ning narxi boshqalariga nisbatan baland.
25
UUCP yordamida bog’lanish. UNIX operatsion tizimi UUCP deb
ataluvchi servisdan foydalanadi va ma’lumotlarni standart telefon tarmog’i
orqali uzatish imkonini beradi.
|