2.4. Kompyuter tarmoqlarining aloqa kanallari va liniyalari
Axborotlarni uzatish uchun xizmat qiladigan vositalar to’plami quyidagilar:
axborotlar uzatgichi, aloqa kanali va axborotlar qabul qiluvchi birligi
hisoblanadi. Axborotlarni qabul qiluvchi va uzatuvchi sifatida kompyuterlarni
bevosita aloqa liniyalariga ulanishini ta’minlaydigan ma’lumotlarni uzatish
apparaturasidir. Bular modemlar (telefon liniyalari uchun) va tarmoq adapterlari
hisoblanadi. Kompyuter tarmoqlari ma’lumotlarni fizik uzatish muhiti signallar
uzatiladigan elektr va optik o’tkazgichlar (o’tkazish muhiti), shuningdek, yer
yuzidagi va sun’iy yo’ldoshli aloqa radiokanallar tarzidagi simsiz muhit
hisoblanadi. Ishlatiladigan chastota diapazoni va kanalning uzunligi bilan
farqlanadigan ko’pllab xilma-xil radiokanallar turlari mavjud.
Kompyuter tarmoqlarida ham o’tkazgichli, ham simsiz muhitlar
qo’llaniladi. Hozirgi kunda Ethernet standartidagi mobil kompyuter tarmoqlari
texnologiyalari rivojlanmoqda. Ko’p hollarda, xususan, global va mintaqaviy
kompyuter tarmoqlarida foydalanuvchilar qanday oraliqda ma’lumotlar
o’tkazgichlar orqali emas, simsiz radiokanallar va sun’iy yo’ldoshli aloqa
kanallari orqali uzatilishini har doim ham bilishmaydi.
Kabelli
aloqa
liniyalari
kengroq
tarqalgan.
Kompyuter
va
telekommunikasion tarmoqlarda bir necha turlardagi kabellar qo’llaniladi. −
Ekranlashtirilmagan o’rama juft UTP (Unshielded Twister Pair); −
Ekranlashtirilgan o’rama juft STP (Shielded Twister Pair); − Koaksial kabel
(“yo’g’on yoki “ingichka”); − Optik tolali kabel. Bu kabellarning tuzilishi va
parametrlarini ko’rib chiqamiz. Izolyasiya bilan qoplangan juft o’ralgan mis
o’tkazgichlar o’rama juft kabel deyiladi.O’rama juft asosidagi kabel yagona
plastik qoplamdagi bir necha o’ralgan izolyasiyalangan o’tkazgichlar juftligi.
O’tkazgichlarning o’ralishi uzatiladigan tashqi va o’zaro holatlarning ta’sirini
kamaytiradi. Odatda, kabelga ikki yoki to’rtta o’ralgan juftliklar kiradi, bunda
har bir juftlik ma’lum rangga ega bo’ladi.
Ekranlashtirilmagan o’rama juftlar holatlardan kuchsiz himoyalangan va
binolarning ichkarisiga o’rnatiladi. Ular montaj, ta’mirlashning osonligi, 100m
kam chegara masofaga ega, 1000 Mbit/s gacha tezliklarda ishlaydi.
Ekranlashtirilgan o’rama juft uzatiladigan signallarni tashqi eletromagnit
maydonlardan yaxshi himoya qiladi, chunki u kabelning ichki tomonida
26
izolyasiya va qobiq orasida to’r yoki zar qog’oz tarzdagi yerga ulanadigan
metall ekranga ega bo’ladi. O’rama juftlarni ulash uchun RJ-45 turidagi maxsus
raz’yom (konnektorlar) ishlatiladi. Ular to’rt kontaktli telefon raz’yomlaridan
farqli ravishda sakkizta kontaktlarga ega bo’ladi.
Ko’pincha o’rama juftlar bir yo’nalishda ma’lumotlarni uzatish uchun,
ya’ni “yulduz” yoki “halqa” topologiyalarida ishlatiladi. Koaksial kabel
markaziy o’tkazgich (mis sim) va ekran vazifasini bajaradigan metall
qoplamadan tashkil topgan elektr o’tkazich hisoblanadi. Metall o’tkazgich va
ekran izolyasiya bilan ajaratilgan. Tayyorlanish texnologiyasi va parametrlari
bo’yicha koaksial kabellar “yo’g’on” va “ingichka” koaksial ikki guruhga
bo’linadi. 90 “Yo’g’on” koaksial kabel 12.5 mm tashqi diametrga va yaxshi
elektr hamda mexanik xarakteristikalarni ta’minlaydigan 2.17 mmli diametrdagi
yo’g’on o’tkazgichga ega. Ma’lumotlarni uzatish tezligi yo’g’on koaksial
kabelda yuqori bo’lib, u 50 Mbit/s gachani tashkil etadi.
U yuqori halaqitbardoshlikka va bir kilometrgacha hamda undan ortiqcha
ruxsat etiladigan uzatish masofasiga ega. Biroq bunday kabelni montaj va
ta’mirlash o’rama juftga nisbatan murakkab, chunki yo’g’on kabelni ulash
uchun qimmat qurilmalarni ishlatish kerak bo’ladi. Ular “ingichka” kabellardan
ko’ra kam qo’llaniladi. “Ingichka” koaksial kabel ingichka ichki o’tkazgichga
(0.89 mm) va 5.6 mm tashqi diametrga ega, u arzon va ishlatishda qulay, lekin
yomon elektr va mexanik xarakteristikalarga ega. “Ingichka” kabel bo’ylab
uzatish tezligi 10 Mbit/s dan ortmaydi. Optik tolali kabel qattiq shisha qobiq
bilan o’ralgan va tashqi himoyaviy plastik qobiqqa ega bo’lgan yupqa ixcham
(50-60 mikron) shisha tolalardan iborat. Bitta kabelda bir necha yuzlab bunday
o’tkazgichlar bo’lishi mumkin. Bir modli tola bo’ylab (8-10 mikron dimetrli)
optik signal oynali qobiqqa va kichik sindirish koeffisiyentiga ega bo’lgan tola
devorlaridan qaytmasdan tarqaladi. Tola bo’ylab yorug’lik turi tarqalib uning
chegaralaridan tashqariga chiqmaydi, bu bilan keng o’tkazish yo’lagi (yuzlab
GGs gacha) ta’minlanadi.
Bunda signalda yo’qotish sezilarsiz bo’ladi, bu signallarni uzoq masofaga
yuborish imkonini beradi. Bir modli kabel uchun yorug’likni talab qilinadigan
to’lqin uzunligida generasiyalaydigan lazerli qabul qiluvchi uzatgichlar
qo’llaniladi. Ko’p modli kabelda yorug’lik nurlarining trayektoriyasi sezilarli
og’ishlarga ega. Shisha tola 62.5 mikron diametrga ega, tashqi himoya qobig’i
esa 125 mikronga teng. Uzatish uchun lazerli uzatgich emas, oddiy yorug’lik
diodi ishlatiladi, shuning uchun tola bo’ylab birdaniga turli uzunliklardagi ko’p
27
to’lqinlar tarqaladi, ulardan har biri o’z tushish burchagiga va turli qaytarish
burchagiga ega bo’ladi.
Vujudga keladigan interferensiya uzatiladigan signalning sifatini
yomonlashtiradi, shuning uchun ko’p modli signallarning xarakteristikalari
yomon hisoblanadi. Ko’p tolalar soniga ega bo’lgan optik tolali kabel bo’ylab
ko’p miqdordagi xabarlarni uzatish mumkin. Axborotlarni kodlash yorug’lik
nurining kuchini o’zgartirish bilan amalga oshiriladi. Kabelning boshqa oxirida
qabul qiladigan asbob yorug’lik signallarini elektr signallarga o’zgartiradi.
Optik tolali kabel bo’ylab ma’lumotlarni uzatish tezligi juda yuqori va 1000
Mbit/s gacha qiymatga yetadi. Bunday kabel qimmat turadi va undan kompyuter
tarmoqlari telekommunikasiyalarining magistral, yuqori tezlikli segmentlarni
yotqizishda foydalaniladi. Simsiz radiokanal havo muhiti orqali ishlaydi.
Radiokanal bo’ylab uzatish tizimi o’sha bir chastota diapazoniga sozlangan
radiouzatgich va radioqabullagichni o’z ichiga oladi. Radiokanal bo’ylab
uzatish tezligi faqat qabullash/uzatish apparaturasining o’tkazuvchanlik
xususiyati bilan cheklangan. Tezkor kanallar 2 Mbit/s va undan yuqori uzatish
tezliklarni ta’minlaydi. Simsiz aloqa kanallari yomon halaqitbardoshlikka ega,
lekin foydalanuvchiga maksimal mobillikni va tezkorlikni ta’minlaydi.
Kompyuter tarmoqlarida simsiz kanallar kabel texnologiyalarining qo’llanilish
qiyin bo’lgan joylarda ishlatiladi. 91 So’ngi vaqtlarda qisqa masofalarda
radiokanallar bo’ylab ma’lumotlarni uzatish Bluetoth texnologiyasi rivojlandi.
Bu texnologiya simsiz telefonlar, kompyuterlar va turli tashqi qurilmalar orasida,
hatto to’g’ri ko’rinish bo’lmaganda aloqani amalga oshirish imkonini beradi.
Bluetoth texnologiyalarning rivojlanish yo’nalishlaridan biri uncha katta
bo’lmagan tashkilotlar, ofislari lokal tarmoqlari bo’ldi.
Bluetoth simsiz aloqa texnologiyasining kamchiligi nisbatan kichik 720
Kbit/s gacha ma’lumotlarni uzatish tezligi hisoblanadi. Oraliq apparatura turiga
bog’liq ravishda kompyuterlar orasidagi barcha aloqa liniyalari analog va
raqamli liniyalarga bo’linadi. Analog liniyalarda oraliq ulaydigan va
kommutasiyalovchi apparatura analog signallarni kuchaytirish uchun
mo’ljallangan. Raqamli liniyalarda signallar diskret ko’rinishda uzatiladi,
bunday kanalga kiritilishidan oldin signal raqamli shaklga o’zgartiriladi va
analog signalning joriy qiymati 8 razryadli ikkilik kod bilan akslantiriladi.
Standart raqamli kanal bo’ylab uzatish tezligi (diskretlashtirish chastotasi 8 kbs
bo’lganda) 64 kbit/s ni tashkil etadi.
|