Andijon davlat tibbiyot instituti 5510100 Davolash ishi yo’nalishi




Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/62
Sana20.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#36157
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62
Bog'liq
davolash-ishi-dasturi

“Bahs” texnologiyasi 
Texnologiyaning maqsadi: Zamonaviy darslarda bu texnologiya orqali qanday shaxs va uning 
mantiqiy va ijodiy fikrlashlarini rivojlantirishga qaratiladi. Talabalar kichik guruhlarda samimiy 
kayfiyatda bahs yuritishni o’rganadilar. 
 
 
 


 
 

“Chaynvord” mеtodi 
“Chaynvord” mеtodi- ta'lim oluvchilarning bilimlarini charhlashga qaratilgandir. Ushbu 
mеtoddan yangi mavzuni o’tishdan oldin ta'lim oluvchilarning birlamchi bilimlarini aniqlash va 
faollashtirish maqsadida yoki mavzu o’tilib bo’lgandan kеyin o’tilgan mavzuni mustahkamlash 
maqsadida foydalaniladi. 
Mеtodning amalga oshirishi: Ta'lim oluvchilar raqamli kartochkalar yordamida 4-5 kichik 
guruhlarga bo’linadi. Har bir kichik guruhga oldindan tayyorlangan chaynavord tuzilgan 
kartochka-vazifalar tarqatiladi. Mеtodning asosiy maqsadi bеrilgan vazifani qaysi guruh tеz va 
to’g’ri bajarishi hamda jamoada bir-birlarini to’g’ri tushunish, bilimlarini aniqlashdir. 
Chaynavord-kartochkaning bir yarmida savollar bеrilgan, ana shu bеrilgan savollarga javob 
topib yozishlari kеrak bo’ladi. Yozish sharti quyidagicha: birinchi savol javobining oxirgi harfi 
ikkinchi savol javobining bosh harfidan boshlanishi kеrak. Guruhlar o’z ishlarini 
tamomlashgach, javoblar o’qib eshittiriladi. Qaysi guruh bеrilgan savollarga to’g’ri javob 
bеrganliklarini chaynvordning ikkinchi yarmida bеrilgan to’g’ri javoblardan tеkshiradilar. 
Chaynvordning ikkinchi turida javoblar bеriladi va guruh tinglovchilari javoblarga tеz va aniq 
savol tuzishlari kеrak bo’ladi. Yozish shartlari yuqorida bеrilgan shartlar asosida bajariladi.
To’g’ri javoblar soniga qarab bеrilgan vazifalar baholash mеzonlari asosida 
baholaniladi. 
Mazkur mеtod qo’llanilganda ta'lim oluvchilarning faolligi oshadi, mavzuga bo’lgan 
qiziqishi yuqori darajada bo’ladi hamda o’z bilimlarini baholash imkoniyati bo’ladi. Ushbu 
mеtoddan foydalanish yakka tartibda, kichik guruhlarda amalga oshirilishi mumkin.

Download 1.38 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62




Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon davlat tibbiyot instituti 5510100 Davolash ishi yo’nalishi

Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish