G’ildirakning aylanma-ilgarilanma harakatiga (gildirashiga) qarshilik kuchi




Download 10.21 Mb.
bet7/66
Sana03.05.2023
Hajmi10.21 Mb.
#56151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66
Bog'liq
Andijon mashinasozlik institut
Niyozova ingliz tili, 7-maktab Wifi, moychechak (1), resources-1, Ped kengash, black-cube-kurs-qoidalari
G’ildirakning aylanma-ilgarilanma harakatiga (gildirashiga) qarshilik kuchi.
Masalani xal etishni soddalashtirish uchun elastik g’ildirak deformatsiyalanmandigan yo’lda harakat qiladi, yahni yo’lning deformatsiyasi g’ildirak deformatsiyasiga nisbatan xisobga olmaslik darajada kichik deb xisoblanadi. G’ildirak aylanib harakat qilganda uning elastik-shinasi deformatsiyalanib, yo’lning mahlum yuzasiga tahsir qiladi. Yo’l esa aks tahsir ko’rsatib, elementar kuchlar bilan qarshilik qiladi. Kontakt yuzasidagi elementar kuchlarning teng tahsir etuvchisi, yo’lning g’ildirakka reaktsiyasi Zk bilan belgilanadi. SHunday kilib, yo’l g’ildirakning harakatiga qarshilik ko’rsatadi. Bu qarshilik shinaning yo’lda gildirash gisterezisiga, g’ildirak izini xosil qilishga, shinaning yo’lga ishqalanishiga, g’ildirak gupchagidagi podshipniklar qarshiligi va g’ildirakning aylanishiga, xavoning qarshiligini yengishga sarflangan energiyadir.
8-rasm, a da ko’rsatilganidek g’ildirakka Gk og’irlik kuchi tahsir etsin, lekin ilgarilama harakatda bulmasin (vk == 0, ωk==0) deb faraz qilamiz. SHinaning deformatsiyalanishi natijasida xosil bo’lgan reaktsiya zk g’ildirak simmetriya o’qi bo’ylab Gk ga qarama-qarshi yo’naladi. Agar g’ildirak og’irlik kuchi Gk va itaruvchi kuch R tahsirida harakat kilsa, elementar reaktsiyalarning teng tahsir etuvchisi zk simmetriya o’qidan a masofagacha harakat yo’nalashi bo’ylab siljiydi. (8-rasm, b)
8-rasm. Aylanmailgarilanma harakat qilayotgan (b) va harakatlanmayotgan (a) g’ildiraklar.

G’ildirakka tahsir etuvchi kuchlarning O nuqtaga nisbatan muvozanatlik sharti quyidagicha bo’ladi:


ΣM0=0

Zk a – Xk rk = 0

Xk=zk a/rk

Xk reaktsiyasi g’ildirakning gildirashiga qarshilik kuchi bo’lib, R, bilan belgilanadi.


fk=zk a/rk (13)

Rfk kuchning zk ga yoki a ning rk ga nisbati aylanma- ilgarilama harakatga (gildirashiga) qarshilik koeffitsienti f deb ataladi va u quyidagicha xisoblanadi:


f= ‘fk/zk yoki f= a/zk

G’ildirashga qarshilik kuchi hamma g’ildiraklarda teng desak, u umumiy xolda avtomobilg’ uchun quyidagicha yoziladi:

Rf= z f yoki Rf= Ga f cos α (14)

G’ildirashga qarshilik koeffitsnenti yo’lning xolati, shinaning konstro’qtsiyasi (kord qatlami, kord iplarining sonn va x. k.), shinaning texnikaviy xolati, avtomobilning tezligi, shinadagi bosim va avtomobilg’ G’ildiragining yonaki sirpanishiga bog’liqdir.


G’ildirashga qarshilik koeffitsientining qiymatini 50—60 km/soat tezlikkacha o’zgarmas desa bo’ladi. Tezlikning oshishi natijasida shinaning kontakt yuzasidagi ezilgan qismi uz xoliga kaytishga ulgurmaydi, shinadagi ichki ishqalanish ning qiymati va f ning qiymati oshadi. Bu koeffitsient quyidagicha aniqlanadi:
f=f0 (1+ va2/20000) (15)

f0—avtomobilg’ kichik (50 ... 60 km/soat) tezlikda harakatlangandagi G’ildirashga qarshilik koeffitsienti.


SHinadagi bosimiing kamayishi f koeffitsientining ortishiga sabab bo’ladi. G’ildirak orqali tortuvchi moment uzatilganda shina tangentsial yo’nalishda defformaniyalanganligi uchun f bir oz oshadi. G’ildirak ogganda yoki yonaki sirpanib G’ildiraganda shinaning kundalang deformatsiyalanishi sababli f ning qiymati kattalashadi.
G’ildirakning orish burchagi bilan f koeffitsienti to’g’ri proportsional bog’langan.
G’ildirashga qarshilik koeffitsientini tajriba yo’li bilan aniqlash uchun tortuvchi avtomobilg’ dinamometrik aravani dinamometr orqali shatakka oladi. Tajribada avtomobilg’ tezligi 10—12 km/soat bo’lganligi uchun Xavo qarshiligi xisobga olinmaydi. Dinamometr ko’rsatgan kuch: Rf=G f. Bu tenglikdan f ni aniqlash mumkin.
G’ildirashga qarshilik koeffitsentini avtomobil inertsiya bilan harakatlanayotgan davrda ham aniqlash mumkin, chunki avtomobil kichik tezlikda harakatlanganda uning kinetik energiyasi faqat G’ildirashga qarshilikni yengishga sarflanadi. Mahlum intervaldagi tezlikda avtomobilning o’zgar yo’li yoki vaqti T mahlum bo’lsa, yo’lning jami qarshilik koeffitsenti ψ=va/34T bo’ladi.
Avtomobil tepalikka yurganda ψ1=f+I, pastlikka yurganda esa ψ2=f-i bo’ladi. Bu yerda i – yo’lning qiyaligi.
Demak, f=0,5 (ψ1+ ψ2).
Avtomobilning G’ildirashga qarshiligini yengish uchun sarflangan quvvati quyidagiga teng:
Nf=‘f va/270 = Ga f cos va/270 o k (16)



Download 10.21 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66




Download 10.21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



G’ildirakning aylanma-ilgarilanma harakatiga (gildirashiga) qarshilik kuchi

Download 10.21 Mb.