Andijon mashinasozlik instituti “avtomobilsozlik” fakulteti avtomobilsozlik va traktorsozlik yo‘nalishi k-02-20 guruh talabasi olimov tursunboyning aqboich va pt fanidan tayyorlagan taqdimoti




Download 2.21 Mb.
bet2/4
Sana20.12.2022
Hajmi2.21 Mb.
#36188
1   2   3   4
Bog'liq
1-qoldirilgan dars maruza
шахриёр диссертация, МАЖМУА 2022-23, Лабаротория № 2, togri javoblar, Erkinov Muhammadali, fizika 2 mavzu 10, KATTA ASHULA VA UNING IJROCHILIK ANANALARI, Sobirjon KURS ISHI, 3-topshiriq, 63ed0704130b8 19 respublika ilmiy onlayn 10-TA, IQTISODIYOTDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALAR VA TIZIMLAR, Dissertatsiya mavzulari

Avtomobilsozlikda bosim bilan ishlash texnologiyasi uchun asosiy poydevor bo‘lib, reologiya, ya‟ni moddalarning oqishi to‘g`risidagi fanning bo‘limi bo‘lgan, metallarning plastik deformatsiyasi haqidagi fan hisoblanadi. Metallning plastik deformatsiyalari haqidagi fan quyidagi, metallarga bosim bilan ishlov berish nazariyasi uchun birdek muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zaro bog`liq uchta asosiy yo‘nalishlarda birgalikda rivojlanmoqda:

1. Metallning plastik deformatsiyasi jarayoni fizikasi. Bu yo‘nalish metallning plastik shakl o‘zgarishi mexanizmini tajribada va nazariy o‘rganadi, turli omillarning, asosan temperaturani, deformatsiya tezligi va kuchlanganlik holatining turini bu jarayonga ta‟sirini belgilaydi, demak metall elastik holatdan plastik holatga o‘tish shartlarini belgilaydi.

2. Plastik deformatsiyani metallning kimyoviy tarkibi va fazaviy holati bilan bog`lanishini ko‘rib chiqadigan deformatsiya jarayonining fizikaviy kimyosi.

2. Plastik deformatsiyani metallning kimyoviy tarkibi va fazaviy holati bilan bog`lanishini ko‘rib chiqadigan deformatsiya jarayonining fizikaviy kimyosi.

3. Kuchlangan va deformatsiyalangan holatlarni, plastik deformatsiyalanuvchi jismda kuchlanishlarning kattaligi va taqsimlanishi masalalarini matematik ishlab chiquvchi, jismni plastik holatga o‘tish shartlarini tahlil etuvchi plastik deformatsiya mexanikasi.

Plastik deformatsiya nazariyasi nisbatan yosh fan hisoblanadi. Uning jadal rivojlanishini boshlanishi yaqin yuz yillikka tegishli. Metallarni bosim bilan ishlash nazariyasi yanada yangi hisoblanadi. Uni ishlab chiqish faqat asrimizning 30-yillarida, bunday ishlov berishning sanoatdagi ahamiyati keskin o‘sishi munosabati bilan boshlandi.

Avtomobilsozlikda bosim bilan ishlash texnologiyasi va metallarni bosim bilan ishlash nazariyasi ko‘plab zamonamiz olimlari mehnati bilan yaratildi. Ular orasidan S.I.Gubkin, Ye.P.Unksov, G.A. Smirnov-Alyaev, N.I. Korneev, I.M. Pavlov, shuningdek bu nazariyaning alohida boshqa ko‘plab bo‘limlari va masalalarini ishlab chiqqanlar: L.A. SHofman, A.D. Tomlenov, K.N. SHevchenko, I.A. Noritsin, M.V. Storojev, Ye.A. Popov va A.G. Ovchinnikovlarni birinchi navbatda eslab o‘tish lozim. O‘zbekistonda fanning bu tarmog`ini rivojlanishi va joriy qilinishiga M.T.O‘rozboev va boshqalar o‘z xissalarini qo‘shganlar. Bu ishlarning ahamiyati beqiyosdir. Ular texnologik jarayonlarni ijodiy va tushungan holda takomillashtirish, sanoatimiz texnikasini yanada baland pog`onalarga ko‘tarish imkoniyatini beruvchi muhandislik fani sifatida metallarga bosim bilan ishlov berish texnologiyasi ilmiy asosini yaratishni ta‟minladilar.


Download 2.21 Mb.
1   2   3   4




Download 2.21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon mashinasozlik instituti “avtomobilsozlik” fakulteti avtomobilsozlik va traktorsozlik yo‘nalishi k-02-20 guruh talabasi olimov tursunboyning aqboich va pt fanidan tayyorlagan taqdimoti

Download 2.21 Mb.