• Katta kompyuterlar.
  • Andijon Mashinasozlik instituti “ib va kt” fakulteti “Mexatronika va robototexnika” yo`nalishi 339-19 guruh talabasi Qoramirzayev Boburjonning “Hisoblash mashinalari, tizimlari va tarmoqlari” fanidan mustaqil ishi




    Download 0.7 Mb.
    bet3/4
    Sana28.01.2023
    Hajmi0.7 Mb.
    #39923
    1   2   3   4
    Bog'liq
    HMTT(BOBUR)
    Ismoilova Mohina davomi, Alisherov Aminjon diskret, 2023-yil Yo\'l xaritasi 11-DMTT, kreativ fikir, Komila Kurs ishi TO\'MA 222, 3 kriptografiya xaqida, Tashkiliy tuzilma, portal.guldu.uz-Shaxsiy sug‘urtaning mazmuni va turlari, Python dasturlash tili, 1701370462, bernulli tenglamasi, KUNLIK CHEKLIST, Rostlagichlarni tanlash, Jarayonlarni loyihalash uchun asosiy meyoriy hujjatlar

    Tarixiy birinchi katta EHM paydo bо‘lgan, ularning element asosi elektron lampalardan to yuqori darajada integrallashtirilgan integral sxemalargacha bо‘lgan yо‘lni bosib о‘tdi. ENIAC (Electronic Numerical Integrator and Computer) birinchi katta EHM 1946 yili yaratilgan. U mashinaning og‘irlig‘i 30 tonnadan ortiq bо‘lib, sekundiga bir necha yuz amal tezligiga ega bо‘lgan, tezkor xotirasi esa 20 ta son sig‘imida bо‘lgan, katta zalda 150 m2 atrofidagi maydonni egallagan. Katta kompyuterlarning unumdorligi qator masalalarni yechish uchun yetarli bо‘lmay qoldi (ob-havoni bashorat qilish, murakkab mudofaa majmualarini boshqarish, biologik tadqiqotlarni, ekologik tizimlarni modellashtirish). Shu sabablar superkompyuterlarni, eng quvvatli hisoblash tizimlarini loyihalashtirib ishlab chiqishga olib keli, ularni hozirgi vaqtda ham jadallik bilan rivojlantirilmoqda. 1970 yillarda paydo bо‘lgan kichik kompyuterlarning paydo bо‘lishiga sabab, bir tomondan element asosining keskin rivojlanishi bо‘lsa, ikkinchi tomondan qator ilovalar uchun katta kompyuterlarning resurslarini ortiqchalik qilishi bо‘ldi. Kichik kompyuterlarni kо‘pincha texnologik jarayonlarni boshqarish uchun ishlatiladi. Ular ancha ixcham va katta kompyuterlarga nisbatan ancha arzon. Element asosining, texnologiyaning va arxitekturaviy yechimlarning keyingi yutuqlari tufayli supermini kompyuterlarni paydo bо‘lishiga olib keldi – ular о‘lchami, arxitekturasi va narxi bо‘yicha kichik kompyuterlar guruhiga tegishli bо‘lsa ham, ammo unumdorligi bо‘yicha esa katta kompyuterlarga tenglasha olgan. 1969 yilda mikroprotsessorlarning ixtiro qilinishi 1970 yillarda yana bir kompyuterlar guruhi – mikrokompyuterlarni paydo bо‘lishiga olib keldi. Aynan mikroprotsessorlarning mavjudligi mikrokompyuterlarning aniqlab beruvchi belgi bо‘lib qolishiga xizmat qildi. Hozir mikroprotsessorlar barcha kompyuter guruhlarida ishlatiladi. Ba’zi kompyuter guruhlarining hozirgi holatini qisqacha kо‘rib chiqamiz.

    Katta kompyuterlar. Katta kompyuterlarni kо‘pincha meynfreymlar (mainframe) deb ataydilar; ularga quyidagi kо‘rsatkichlarga ega bо‘lgan kompyuterlar kiritiladi: unumdorligi 100 MIPS dan kam bо‘lmagan; asosiy xotiraning sig‘imi 512 dan 10 000 Mbayt; tashqi xotira sig‘imi 100 Gbayt dan kam bо‘lmagan; kо‘p foydalanuvchini taʻminlash ish tartibi bо‘lgan (bir vaqtning о‘zida 16 dan 1000 tagacha foydalanuvchi); Meynfreymlarni samarali tatbiq etishning asosiy yо‘nalishlari – bu ilmiy-texnika masalalarini yechish, axborotlarga paketli ishlov berishli hisoblash tizimlarida ishlatish, katta axborotlar ombori bilan ishlashda, hisoblash tarmoqlarini va ularning resurslarini boshqarish. Oxirgi yо‘nalish – meynfreymlarni hisoblash tarmoqlarning katta serveri sifatida ishlatish – mutaxassislar tomonidan kо‘pincha eng dolzarb deb qayd qilinmoqda. Meynfreymlarni kо‘pincha katta server deb ataydilar (meynfreym - serverlar). Ba’zida bunday atalishi atamalarda chalkashlik tug‘diradi. Gap shundaki, serverlar – bu kо‘p foydalanuvchili kompyuter, hisoblash tarmoqlarida ishlatiladi. Serverlar odatda mikrokompyuterlarga mansubdir, lekin о‘zining kо‘rsatkichlari bо‘yicha quvvatli serverlarni kichik kompyuterlarga ham va hatto meynfreymlarga ta’luqli bо‘lishi mumkin, superserverlar esa superkompyuterlarga yaqinlashib qolmoqdalar. Server – bu kompyuterlarni ishlatilish sohasi bо‘yicha turlanishi bо‘lib, mikrokompyuterlar, kichik kompyuterlar, meynfremlar, superkompyuterlar deb nomlanishi esa о‘lchami va vazifasi bо‘yicha guruhlarga ajratishdir.


    Download 0.7 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0.7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon Mashinasozlik instituti “ib va kt” fakulteti “Mexatronika va robototexnika” yo`nalishi 339-19 guruh talabasi Qoramirzayev Boburjonning “Hisoblash mashinalari, tizimlari va tarmoqlari” fanidan mustaqil ishi

    Download 0.7 Mb.