• Bajardi: 4-kurs S 90-20-guruh «Iqtisodiyot» yoʻnalishi. Talabasi: ___________________________________ Tekshirdi: __________________________________
  • Kurs ishining maqsadi.
  • Kurs ishining predmeti.
  • Andijon mashinasozlik instituti «iqtisodiyot»




    Download 161,5 Kb.
    bet1/9
    Sana13.05.2024
    Hajmi161,5 Kb.
    #230118
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    E\'LON, 1 mavzu Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy, Tursunova dilbarhonning botanika darslarida masalalar ishlash ma-fayllar.org, metodikaa, 8-sinf-geografija (1), o\'qimagan bolalar SHE\'RINI MATNI, lekciya-1, 1 matem, 9-IHT Python dasturlari, 9-лекция, 6- Mavzu, Mavzu-13 Psixoprofilaktika va psixogigiena., Шаблон, 2Bajarilgan ishlar



    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
    «IQTISODIYOT»
    kafedrasi
    «Makroiqtisodiyot» fanidan
    KURS ISHI
    Mavzu: Oʻzbekiston Respublikasida ishsizlikning oʻziga xos xususiyatlari.
    Bajardi: 4-kurs S 90-20-guruh «Iqtisodiyot» yoʻnalishi.
    Talabasi: ___________________________________
    Tekshirdi: __________________________________
    Reyting bali _________________________________


    Andijon – 2024


    Reja:


    Kirish
    1. Ishsizlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni.
    2. Ishsizlikning kelib chiqish sabalari va uning namoyon bo’lish
    Shakllari.
    3. Ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari.
    4. O’zbekistonda ishsizlik darajasini pasaytirish va oldin iolish istiqbollari.
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar va internet materiallar

    KIRISH


    Mavzuning dolzarbligi. Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari yuksalib borar ekan, ana shu ehtiyojlarni qondirishning yagona yo‘li iqtisodiy o‘sishdir. Iqtisodiy o‘sish tufayligina ijtimoiy taraqqiyotga erishiladi. Iqtisodiy o‘sish mamlakatning kuch-qudrati o‘sayotganini ko‘rsatadi. Mikroiqtisodiy o‘sish firma, korxona va ayrim sektor (tarmoq) miqyosidagi rivojlanishni ifoda etadi va ularda o‘sish yaratilgan tovarlar va xizmatlarning bozor narxida hisoblangan hajmiga qarab aniqlanadi. Mikroiqtisodiy miqyosda tadbirkorlar o‘z oldilariga iqtisodiy o‘sish orqali maksimal darajada foyda olishni qo‘yadilar. Makroiqtisodiy o‘sish milliy iqtisodiyot, ya’ni muayyan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy taraqqiyotni ifoda etadi va yalpi milliy mahsulotning (YAMM) ko‘payishini bildiradi. Makroiqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishga erishishning optimal maqsadi barcha aholini hayot kechirishini yaxshilash, turmush darajasini ko‘tarishdir. Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli erishiladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi, chunki har bir ishlovchiga to‘g’ri keladigan mahsulot miqdori, ya’ni mehnat unumdorligi avvalgicha qoladi. Ekstensiv o‘sishning afzalligi shundaki, u iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning eng oson yo‘li. Bunda tabiiy resurslarni tezda o‘zlashtirish hamda nisbatan tez fursatda ishsizlikni qisqartirish mumkin. Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi yanada progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan
    yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi, balki bir- biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi. Birinchi Prezidentimiz Islom karimov istiqlolning ilk yillaridan odamlarning mulkdor bo’lishini kafolatlash , o’z aqli va salohiyati bilan mahsulot yarataman degan insonni qo’llab quvvatlash yo’lida kurashdi. Bunda, avvalo, bozor iqtisodiyotining asosi bo’lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi, uni jadal amalga oshirish uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratishga kirishildi . Davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz g’oyalarini izchil davom ettirish yo’lida yangi strategik vazifalarni kun tartibiga qo’ydi. Xalqimiz bugun izchil va barqaror rivojlanayotgan , erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini barpo etish yo’lini avvalo, o’zi va oilasi uchun yanada barqaror va to’kin hayotga erishishning mustahkam zaminini yaratish uchun ter to’kib harakat qilmoqda. Kurs ishining maqsadi. Mustaqil ishining maqsadi ishsizlikning nima ekani
    haqida tushunchaga ega bo’lish, uning iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlari bilan tanishish,
    va O’zbekistonda ishsizlik darajasi bilan tanishib, uning oldini olish istiqbollarini haqida fikr yuritish. Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
    -ishsizlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni bilan tanishish
    -ishsizlikning kelib chiqish sabablari va namoyon bo’lish shakllarini o’rganish
    -ishsizlik natijasida kelib chiqadigan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni tahlil
    qilish
    -O’zbekistonda ishsizlik darajasini pasaytirish va uni oldini olish istiqbollarini o’rganib , qanday qilib ishsizlikning oldini olish va aholining bandligini ta’minlash xususida so’z yuritish. Kurs ishining predmeti. Mustaqil ishining predmeti bu ishsizlikning kelib chiqish sabalari va nayon bo’lish shakllarini tadqiq etish va unga qarshi kurash usllari bilan tanishib, O’zbekistonda ham ishsizlik darajasini pasaytirish xususida fikr yuritish. Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslari. Mustaqil ishining nazriy asoslari shundan iborat - ishsizlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni bilan tanishish , ishsizlik darajasi va ishsizlik hamda inflatsiyaning o’zaro bir –biriga bo’g’liqligini o’rganish, Mustaqil ishining uslubiy asoslari esa , ishsizlikning kelib chiqish sabalari va namoyon bo’lish shhakllarini hayotiy tajribalar orqali tushuntirib berish, ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini to’g’risidagi amaliy ishlanmalar bilan tanishish hamda O’zbekistonda ishsizlikning darajasini pasaytirish va uning oldini olish istiqbollariga oid qonun hujjatlari yoki ilmiy-amaliy ishlanmalarni ko’rib chiqib xulosa chiqarishdan iborat.



    Download 161,5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 161,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon mashinasozlik instituti «iqtisodiyot»

    Download 161,5 Kb.