Andijon mashinasozlik instituti “mashinasozlik” ilmiy-texnika jurnali




Download 202.72 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.03.2024
Hajmi202.72 Kb.
#180367
Bog'liq
Mashinasozlik jurnali haqida
Sanoat binolari va binolariga qo, semenar, Lok va buyoqlar, intefaol metoddoc, 1-Amaliy mashg\'ulot Choynak yopqich, 111, 1, Psixologiya (B.Umarov), Документ Microsoft Word, Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf, 2-k Chizma geometriya bilet, Estrada, Аброрники оҳирги варианти, Rangtasvir (S.Abdirasilov, N.Tolipov, N.Oripova), Hisobot Xudayberdiyeva


ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI 
“MASHINASOZLIK” ILMIY-TEXNIKA JURNALI 
 
Andijon mashinasozlik institutida “Mashinasozlik” ilmiy-texnika jurnali tashkil etilgan. Jurnal 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-
yil 30-dekabrdagi 310/10-son qarori bilan “IQTISODIYOT” va “TEXNIKA” fanlari bo‘yicha ilmiy natijalarni
chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yhatiga kiritilgan. Shuningdek, jurnal materiallari Axborot 
agentligi portalida ham yoritib boriladi. 
“Mashinasozlik” ilmiy-texnika jurnalining maqsadi “IQTISODIYOT” va “TEXNIKA” fanlari bo‘yicha 
falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiyalari asosiy ilmiy
natijalarini chop etish hisoblanadi.
“Mashinasozlik” ilmiy-texnika jurnali texnika fanlari bo‘yicha quyidagi ixtisosliklarni o‘z ichiga oladi. 
1. 05.02.00 - Mashinasozlik va mashinashunoslik. Mashinasozlikda materiallarga ishlov berish. 
Metallurgiya. Aviasiya texnikasi 
2. 05.05.00 - Energetika va elektrotexnika. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini elektrlashtirish 
texnologiyasi. Elektronika 
3. 05.07.00 - Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash texnologiyasi 
4. 05.08.00 – Transport 
5. 08.00.00 – Iqtisodiyot
Jurnalning bir yilda to‘rtta soni nashr etiladi.
 
Ilmiy maqolaga qo‘yilgan talablar quyidagicha: 
1. Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. O‘zbek tilida taqdim qilinayotgan 
maqolalar lotin alifbosida hamda rus va ingliz tillarida taqdim qilinayotgan maqolalarning o‘zbek tilidagi 
maqola nomi, annotatsiyasi va kalit so‘zlari lotin alifbosida bo‘lishi kerak. 
2. Maqola birinchi betining yuqori qismida muallif to‘g‘risida maʼlumotlar ko‘rsatilishi kerak (familiyasi, 
ismi, otasining ismi to‘liq ko‘rsatilishi, ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi (agar bo‘lsa) va unvoni, E-mail va 
muloqot telefonlari). 
3. Maqola 3 ta (o‘zbek, rus va ingliz) tillardagi maqola nomi, kalit so‘zlar va annotatsiya bilan elektron 
variantda belgilangan elektron pochtaga yuborilishi kerak. Maqola 5 betdan kam bo‘lmagan, A4 formatda, 12 
pt. shriftida, 1.0 intervalda, yuqoridan, o‘ngdan, chapdan, pastdan 25 mm joy qoldirib, MS-WORD 2003-2010 
dasturida, Times New Roman shriftida rasmiylashtirilishi lozim.
4. Maqola tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha fan doktorining rasmiy taqrizi hamda chop etish mumkinligi 
haqida ekspertiza xulosasi bilan birga qabul qilinadi. Shu bilan birga, tahririyat maqolani qo‘shimcha ravishda 
taqrizga taqdim etishi va ushbu taqriz natijalari asosida maqolani chop etish masalasi bo‘yicha tegishli qarorga 
kelishi mumkin. 
5. Maqoladagi maʼlumotlar, faktlar va statistikalarning to‘g‘riligiga mualliflar masʼuldir. 
6. Maqolada albatta jadval (chizma yoki rasm)lar manbalari aniq ko‘rsatilishi, qisqartma so‘zlarga izoh 
berilishi lozim. 
7. Maqolalarning nomi, qisqacha annotatsiyasi, tayanch so‘zlar (5-6 qator) 3 ta tilda (o‘zbek, rus va ingliz 
tillarida) beriladi.
8. Maqola ichidagi havolalar “[1]” kabi tartibda belgilanadi. Maqola so‘ngida foydalanilgan adabiyotlar 
foydalanish ketma-ketligi bo‘yicha yozilishi hamda havola qilingan adabiyotlar foydalanilgan adabiyotlar 
ro‘yxatiga kiritilishi, havola qilinmagan adabiyotlarni foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatiga kiritilmaslik kerak. 
9. Ilmiy maqolalar tahririyatga kelib tushish tartibi bo‘yicha jurnal sonlarida ketma-ketlikda chop etilib 
boriladi. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan ko‘rib chiqilmaydi. 
10. Chop etishga tayyor maqolalar tahririyatga mualliflar tomonidan topshiriladi yoki muallifning manzili 
(boshqa shaharliklar uchun) ko‘rsatilgan holda elektron pochta orqali jo‘natiladi 
11. Ilmiy maqolalar mualliflarining huquqlari O‘zbekiston Respublikasining 20.07.2006 yilda qabul 
qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonun asosida himoyalanadi. 
12. Diqqat! Maqola muallif tomonidan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (plagiat) bo‘yicha tekshirilib 
ma’lumotnomasi taqdim qilinishi shart.
O‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan maqolalar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi. 
E-mail: andmi.jurnal@mail.ru 
Muharrirlar: X.Akbarov, M.Joʼraxonov, O.Mirzaev.
Tel.:(74) 2247088. 

Download 202.72 Kb.




Download 202.72 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon mashinasozlik instituti “mashinasozlik” ilmiy-texnika jurnali

Download 202.72 Kb.
Pdf ko'rish