144
tezlanishiga va muddatning qisqarishiga olib keladi. bu usullar katta
quvvatli motorlarni montajida borgan sari keng qo‗llanilmoqda.
Montaj va mahkamlash. Motorni yig‗ish va tekshirish ishlari tomom
bo‗lgandan keyin uni o‗rnatishga kirishiladi. Katta bo‗lmagan EMlarning
engillari (50 kg gacha) ularni past poydevorlarga va tizimlarga qo‗lda, qiya
qo‗yilgan taxtalardan foydalanib maxsus tizimga va еrga qo‗lda qo‗yiladi.
Og‗irligi 80 kg dan ortiq bo‗lgan EM oldindan tayyorlangan anker boltlar
bilan poydevorga mahkamlangan asoslarga - payvandlanadigan romlarga
cho‗yan plitalarga yoki salaskalarga o‗rnatiladi (10.3.1 - rasm). Motorlar
mexanizimlar yordamida (tal, chig‗ir va h.k.) ko‗tarilib o‗rnatiladi.
Ancha og‗ir elektr motorlar montajida devorlarga, poydevor ustiga,
qavatlararo mahkamlangan qatlamga, EMlarni to‗g‗ridan-to‗g‗ri kranlar,
tallar yoki polistpastlardan (bloklari bilan) va boshqa yuk ko‗tarish
mexanizmlarida ko‗tarish ishlari bajariladi va mexanizmlarda ko‗tarib
o‗rnatiladi (10.3.2-rasm).
O‗rnatilish tugatilgach sinov ishlari olib borilishida tarqatilgan
holatda kelganlari yoki tarqatilgan elektr motorlarning(EM) stator va rotor
po‗lati oraliqlari, sirpanish podshipniklari va titrash podshipniklari oralig‗,
rotorning o‗qibo‗ylab harakatlanishi ishlab chiqarish korxona texnikaviy
hujjatlarida ko‗rsatilganiga mos kelishi kerak.