|
Kabel liniyalarini ishlatishda texnik xizmat ko‗rsatishBog'liq Andijon mashinasozlik instituti mualliflar Maxsudov Moxirbek ToKabel liniyalarini ishlatishda texnik xizmat ko‗rsatish.
Kabel liniyasining o‗zunligi yotqizilayotgan kabel o‗zunligidan katta
bo‗lganida kabellarning tok o‗tkazuvchi tolalari maxsus kabel muftalarida
ulanadi. Uzunligi 1 km, bo‗lgan kabel liniyasida ko‗pi bilan oltita mufta
qo‗llashga ruxsat etiladi.
Kabel muftasidagi ulanishlarga germetik, namlikka chidamlik,
mexanik va elektr jixatdan mustaxkamlik, va zaglashga turg‗unlik kabi
talablar qo‗yiladi.
Kabel muftalari quyidagi sinflarga bo‗linadi: kuchlanishi bo‗yicha
(1000 Vdan 6,10 gacha, yoki 35 kV ga mo‗ljallangan) ishlatilishi bo‗yicha
[ulaydigan, shahoblovchi va berkitishli (zadyelka)]; o‗lchamlari bo‗yicha
maromli o‗lchamli yoki kichik o‗lchamli; qobig‗ining matyeriali bo‗yicha
(Ch-cho‗yan, C-qo‗rg‗oshin, E-epoksid); tayyorlanish shakliga qarab (Ou -
U - simon, Ot - T -simon, Ok - xochsimon); o‗rnatiladigan joyiga qarab
(ichkarida yoki tashqarida montaj uchun); fazalar soniga qarab (uch fazali
yoki turt fazali tugatishli) va boshqa qator ko‗rinish va matyerialiga qarab
tanlanadi.
Kabel uchlariga ishlov byerish. Kabel uchlarini ulash uchun ularning
uchlariga
ishlov
byerilishi
zarur.
Kabellarning
saqlovchi
va
izolyatsiyalovchi qismlarini birin-ketin olib tashlash ishlari, kabelning
uchlariga ishlov byerish deyiladi. Uchlariga ishlov byerish, muftalar
montaj ishining bir qismi hisoblanadi.
Kabellarga ishlov byerish maxsus ЛК-2 lineykalarda aniqlanadi. ЛК-
2 lineykasiga mos holda kuchlanishi 10 kV li kabellarni qo‗rg‗oshin
muftalarda va kuchlanishi 6 va 10 kV li kabellarni chuyan va epoksidli
muftalarda ulash uchun, ma‘lumotlar berilgan.
Uchi qirqilgan kabeldan, kabel to‗qimalarini tashqariga belbog‗
o‗rnatlgan joygacha o‗rab tashqariga chiqariladi, va to‗qimani pichoq bilan
kesib olinadi.
Kabel uchlariga ishlov byerishdan oldin kabelning uchlari
to‗g‗rilanadi va A masofada tashqi o‗rov qoplamasi ustidan ruhlangan
po‗lat simdan 2-3 o‗ram belbog‗ o‗raladi, 3.2.12, a- rasm. Kabelning
uchidan belbog‗gacha o‗ram qoplamasi echiladi va kesib tashlanmaydi,
chunki u zirh pog‗onasini zanglashdan himoyalash uchun (mufta
o‗rnatilganidan so‗ng) qoldiriladi. 3.2.12, b- rasm. So‗ng zirhga birinchi
belbog‗dan Б masofada ikkinchi sim belbog‗ o‗raladi. Birinchi va ikkinchi
belbog‗lar orasidagi qism o‗zunligi 50-70 mm. Shu qismlarda еrga ulangan
sim zirhning tasmasiga mahkamlanadi, 3.2.12, v- rasm.
|
| |