54
3.2.19-rasm. Kabellarning alyuminiy
tolalarinitermitli payvandlabulash:
a,b,v,g,d,e,j- operatsiyalartartibi:
1-shtativ, 2- termitli patronni belgilab
olish uchun yuza, 3-termitli patron, 4-
sovituvchi omburlar, 5-tolalarni
alangadan himoya-lash uchun taxta
asbest, 6- kabel tolalarida asbestni
mahkamlash uchun qisqich, 7-ekran, 8-
qo‗shimcha suyuqlantiriladigan chiviq,
9-po‗lat simli ilgak, 10-termit
qorishmasini yoqish uchun gugurt
Issiq (termik) kirishishli va sovuq kirishishli muftalar montaji
Kabel uchlarini trassada davomli yotqizilayotgan kabel uchlarini
o‗zaro, qurilma va qurilmalarga ulash maqsadida termik kirishishli
muftalar yordamida kabel uchlarini ajratib bajariladi. Kabellarning alohida
bo‗laklarini bir-biriga ulash, kabellarni ulash muftalari yordamida amalga
oshiriladi. So‗ngi muftalar KL boshlanishi va oxirida o‗rnatiladi. 1 km ga
kabel liniyalari muftalarining soni, kabelning yaratilish uzunligi bilan
aniqlanadi.
Muftalar har xil materiallardan tayyorlanadi. Kabel muftalariga
qo‗yiladigan asosiy talablar, uning ishonchli ishlashi hisoblanadi. Shu
sababli mufta berk zichlangan bo‗lishi zarur, namga bardoshli, mexanik va
elektrik mustahkamlikka, atrof muhit ta‘siriga bardoshli bo‗lishi kerak. Bu
quyiladigan
yuqori
darajadagi
talablarni
issiq
kirishishli
(termousajivaembie) va sovuq kirishishli (xolodnoy usadki) muftalar har
qanday izolyatsiyali kabellar uchun qo‗llanilishida qoniqtiradi.
Qizitib kirishish usulda muftalar montaji. Muftalarni montaj
qilishdan oldin kabel uchlari ajratiladi. Kabelni ajratish operatsiyasi
qatlamlarni bir muncha siljitib kabelning barcha tashqi himoya qobiqdan
faza tok o‗tkazish tolalari izolyatsiyasigacha ketma-ket chiqarib
tashlanishidan iborat. Ajratish o‗lchamlari kabel kuchlanishi, navi, tola
kesimlariga bog‗liq va ma‘lumotnomalarda va montaj qo‗llanmalarida
keltiriladi.