Termik kirishishli muftalar afzalliklari
.
Kabellarni barcha xildagi joylashtirishlarda qo‗llanilishi mumkin,
(ishlatilish muddati 30 yildan kam emas) ishlatishda ishonchligi,
montajning oddiyligi (6 - 10kV kuchlanishli kabellarni ulash uchun 2soat
va so‗ngi muftalar uchun 1soat) bilan tavsiflanadi. Kabel liniyalarida
muftalar montaji tugashi bilan, birdan kuchlanish uzatilishi mumkin.
55
Keng ko‗lamli termik kirishishli muftalar bir nav o‗lchamli muftalar
xarxil navli va tola kesimlari harxil bo‗lgan kabellar uchun qo‗llash
imkonini beradi, bu esa omborda bir qancha navdagi zahira muftalarni
saqlash sonini sezilarli darajada kamaytiradi. Misol, faqat ikki nav
o‗lchamli butun keng ko‗lamli kabellar tolasi kesimini qoplay oladi. 6-10
kV kuchlanishli taqsimot tarmoqlarida qo‗llanilayotgan, (bir nav
o‗lchamlisi 70-120 mm
2
kesimlilar uchun qo‗llanilishi mumkin, ikkinchisi-
150-240 mm
2
kesimlilar uchun).
Termik kirishishli muftalar armaturasi amaliy jihatdan eskirishga
moyilligi yo‗q va chegarasiz uzoq muddat saqlanishi mumkin.
Termik kirishishli texnologik tayyorlanish prinsipi plastik xotira
shaklli ko‗ndalang tikilgan polimerlar asosida tayorlanadi.
Termik kirishishli muftalar to‗plamiga quyidagi elementlar
(naychalar, englar (manjet), qopqoqlar, shlanglar va boshkalar) kiradi,
cho‗zilgan holatga keltirilgan, bu esa ularni ajratilgan kabel uchlariga
(elementlarga)
oson
o‗rnatish imkonini beradi. Propan-butanli
yondirgichda yoki qurilish fenida qizdirilganida bu detallarni va kabel
elementlarini zich qoplaydi va ularning tashqi yuzalarini siqib kirishishadi
va bu bilan berk zichlanish va mexanik mustahkam konstruksiyaga
eruvchaniladi. Kirishishi harorati 120-150
0
С ni tashkilqiladi va bu kabel
izolyatsiyasiga havf tug‗dirmaydi.
Muftaning ichki elementlari yuzalariga so‗rilgan maxsus еlimlar va
mastikali zichlagichlar ishonchli berk zichlanishni ta‘minlaydi. Termik
kirishishli elementlarni qizdirish bilan bir vaqtda eruvchan yuzaga keladi
va barcha bo‗shliqlarni zichlagich matyeriallar oqib to‗ldirilishi sodir
bo‗ladi.
Zichlagichli
matyeriallar
maxsus
(ZnO)
qo‗shilma
yarim
o‗tkazgichli xususiyatga ega va, shunday qilib elektr maydon muvozanatni
to‗g‗rilaydi. SHu sababli yuqori kuchlanishli mintaqa elektr maydonida
(tolalar ulanish kontaktlarida, ekran qirqilgan joylarida) razryadlar sodir
bo‗lish imkoni yo‗q.
3.2.20-rasmda uch tolali kabellarni ulash uchun termik kirishishli mufta
ko‗rsatilgan.
|